II BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZMINI YANA-DA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI 2.1 Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
2.2 Oʻzbekistonning viloyatlararo sayyohlik salohiyati hamda Buxoroning ziyoratgoh qadamjolari dunyo turizmi nigohida.
XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOT
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy rivojlanishiga aholiga xizmat koʻrsatuvchi sohalarning oʻrni va roli sezilarli boʻlib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat koʻrsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda Oʻzbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog‘liq boʻlgan masalalarga juda katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yoʻllari shakllanmoqda va qaror topmoqda. “2012-yilda xizmat koʻrsatish sohasi ham yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Aholiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga oʻsdi, ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etmoqda” 1. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi toʻg‘risida dasturiy rejalar tuzilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat yuzaga kelayotgani turistik faoliyatda ilg‘or texnologiyalarni qoʻllashni taqoza etmoqda. Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish zamon talabi boʻlib qolmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham shundan kelib chiqqan boʻlib, respublikamizda turizmni rivojlantirishning global marketing va raqobat usullarini topish va asoslab berish vazifasini qoʻyadi. Mazkur muammolarni oʻrganish, ularni ilmiy tahlil qilish, bu borada toʻplangan bilim va tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qilishga doir takliflar kiritish tanlangan mavzuning dolzarbligini koʻrsatadi.