Mundarija. Kirish. I bob oʻzbekistonda turizmning taraqqiyotida tutgan oʻrni


Oʻzbekistonning viloyatlararo sayyohlik salohiyati hamda Buxoroning ziyoratgoh qadamjolari dunyo turizmi nigohida



Yüklə 264 Kb.
səhifə7/8
tarix06.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108706
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi

2.2 Oʻzbekistonning viloyatlararo sayyohlik salohiyati hamda Buxoroning ziyoratgoh qadamjolari dunyo turizmi nigohida.
Ayni damda Buxoro viloyatida hozirgi kungacha saqlanib qolgan koʻpgina tarixiy obidalar mavjud. Ushbu tarixiy obidalarga sayohat amalga oshirish uchun sayyohlar asosan, Buxoro viloyatining jami yodgorliklarning 10 foizginani tanishish, bilish va oʻsha obyekt joyida boʻlishadi. Buxoro shaharidan joy olgan asosiy obyektlarning roʻyxati quyidagicha:
Buxoroning asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklari.
1-jadval.
Yuqoridagi asosiy tarixiy va arxitektura yodgorliklar roʻyxati keltirilgan boʻlib, sayyohlar esa asosan ushbu obyektlar bilan tanishishi va koʻrishiga ega boʻlishadi, ammo Buxoro viloyatida bunday tarixiy yodgorliklar esa talayginadir,jumladan:
Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni 365 ta boʻlib, shulardan 255 tasi Buxoro shahariga toʻg‘ri keladi. Hamda, quyidagicha tahlili keltirib oʻtilgan:
1-diagramma.
B
uxoro shahrining jami yodgorliklari.

Manba: Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamentining statistik maʼlumoti.
Buxoro shahrining jami yodgorliklari 255 ta boʻlib, shulardan ba’zi asosiy tarixiy obidalar soni 14 ta, madrasalar – 30 ta, masjidlar – 48 ta, karvonsaroylar – 15 ta, tim va toqlar – 4 ta, boshqa yodgorliklar esa 145 tani tashkil etib, sayyohlikda foydalanib kelinmoqda.
Jahonga mashhur ushbu yetti pir:
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirrihu – Xojai Jahon. 1103-1179-yillarda yashaganlar. Xojagon tariqatining asoschisi hazrat Abduxoliq avliyolarning sultoni va boshqa nomlar bilan sharaflangan. Abduholiq G‘ijduvoniyning “Risolai Soxibiya”, “Risolai tariqat”, “Vasiyatnoma”, “Maslak al orifin”, “Maqsad as-solikin”, “Az sufar Xoja Ahmad abduhalil G‘ijduvoniy”, “Maqomat Xoja Yusuf Xomadoniy” kabi asarlarida ilmu odob, inson va uning jamiyatdagi oʻrni, din va dunyoviy munosabatlar toʻg‘risida fikr yuritilgan. Hozirda Abdulxoliq G‘ijduvoniyning muborak xoklari Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahri markazida joylashgan.
Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy quddisu sirrihu Xoʻja Orif Mohi-tobon nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Xoʻja Orif Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Revgar qishlog‘ida tug‘ilganlar, yuz yildan ortiq umr koʻrib, 1259-yilda vafot etganlar. U kishining “Orifnoma” kitobining muallifi. Qabrlari Shofirkon markazida obod ziyoratgohga aylantirilgan. 1996-yil Xoja Orif jomesi qurildi.
Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy quddisu sirrihu Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘ni qishlog‘ida tug‘ilib, oʻsha yerda vafot etgan. Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog‘dir. Bugungi kunda Fag‘naviy qabrlari Vobkent tumanida obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Xoja Ali Romitoniy quddisu sirrihu Xojai Azizon nomi bilan mashhur. Bu zoti sharif Romitonning Koʻrgon qishlog‘ida tug‘ilganlar. Xoja Ali Romitoniyning “Risolai Azizon” kitoblari mashhurdir. Xoja Ali Romitoniy haqlarida Alisher Navoiy oʻzining “Nasoimul muhabbat” asarlarida ham “Xoja Mahmud xulososidandur va bu silsilada alarming laqablari hazrati Azizondir va alarga oliya maqomot va zokira karamot koʻp erkandur va toʻqmoq san’atiga mashg‘ul boʻlur emish” deya ta’rif berib oʻtganlar.Xoja Alining Romitondagi Qoʻrg‘on qishlog‘ida tabarruk qadamjolari bor.
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisa sirrihu . Bu muborak zotning qabri Buxoro viloyatining Romiton tumanidagi Simos qishlog‘idaida. Sayyid Amir Kulol quddisu sirrihuning asli ismi Sayyid Amir Kalon boʻlib, Buxoro yaqinidagi Suxor qishlog‘ida tug‘ilgan 1287-yillarda dunyoga kelganlar. Bu zotning qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Hazrati Sayyid Muhammad Bahoul-haq val-millat vad-dunyo ud-din Naqshband ibn Sayyid Jaloliddin. Bahouddin Naqishband hazratlari 1318-yil Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Naqshband soʻzi Hazrati Xojaning laqablari boʻlib, ma’toga naqsh (gul) solishni bildiradi. “Maqomot” ning bir yerida Hazrati Xoja mato toʻqiydigan doʻkonlari borligiga ishora qiladilar. Bu soʻzning ramziy ma’nosi ham boʻlib, muridning qalbiga Alloh muhabbatining naqshlanganligini bildiradi. Ul zoti sharif sharofatidan qishloqning nomi Qasri Orifonga aylangan. Bahouddin Naqishband 1389-yilda Qasri Orifonda vafot etganlar. U kishining qabrlari bugungi kunda obod ziyoratgohga aylantirilgan.
Nafaqat “Yetti pir” balki Buxoro oʻzida juda koʻplab me’moriy obyetlarni oʻzida jamlagan hudud sifatida ham bu yerda erkin turistik zonani shakllantirish imkoniyati mavjud. Bu yerdagi har bir me’moriy obida, arxitektura yodgorliklari butun dunyodan kelgan mehmonlarni oʻziga maftun qila oladi. Chunki viloyat hududida 660 ta madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, ularda 997 ta arxitektura yodgorliklari roʻyxatga olingan. Shu jumladan, Buxoro shahrida 264 ta madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, ularning tarkibida 350 dan ortiq arxitektura yodgorliklari bor. Yuqorida koʻrsatilgan 264 obyektdan 183 tasi jamoat, 81 tasi turar joy binolaridir. Birgina Bahouddin Naqshbandiy madaniy merso obyektida 30 dan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjuddir.


XULOSA
Mazkur yoʻriqnomada keltirib oʻtgan fikrlarimizga yakun yasab shuni aytishimiz mumkinki, "Tarixiy oʻlkashunoslik va turizm" hozirgi kunda juda ham zarur fanlardan biri hisoblanadi. Biz ushbu fanda turizm faoliyatida endigina boshlanadigan va uchraydigan masalalarni - mavzularni, hatto tushunchayu atamalarni oʻrganib chiqishga harakat qildik. Xususan, turizm tushunchasi va uning tarixi masalasi - bu juda katta va dolzarb ahamiyatli mavzudir. Insoniyat tarixi, sayohati, dam olishi - ushbu mavzuning asosini tashkil etadi. Oʻtmishda minglab odamlar turli maqsadlarda oʻzga hududlarga borib, sayohatchi dеgan nomga musharraf boʻlganlar. Bunga tarix guvoh. Qanchadan - qancha sayohatlar, ekspеditsiyalar, koʻchib yurishlar, savdogarlik, ziyoratchilik tarixi manbaalari tufayli ular haqida ma’lumotga ega boʻlamiz. Xalqlar oʻtmishi, merosidan esa unga ajoyib javoblarni olamiz. Biz ham imkoni qadar oʻrganiladigan masalalarga oʻtmishdan manbaalar izlab topishga harakat qildim.
Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o’zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi.
Men “Turistlarning sayohat maqsadlari” mavzusini yoritish jarayonida turizmning maqsadlariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, maqsadsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi.
Umuman olganda, Оʻzbekistonda 7 mingdan ortiq tarixiy obidalar mavjud bоʻlib, 200 dan ortigʻi YUNESKO rоʻyxatida. Islom madaniyati obidalarini asrab-avaylash va tarixiy obidalarga boy davlat sifatida Оʻzbekiston 9-оʻrinni egallab turibdi. Buxoro hududdi esa oʻzining jozibali, tarixiy va madaniy meros obyektlari оʻzining оʻtmishdagi umumiy ma’no anglatuvchi tushuncha beradi.


Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin