Mundarija: Kirish I bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar



Yüklə 74,95 Kb.
səhifə5/6
tarix07.06.2023
ölçüsü74,95 Kb.
#126104
1   2   3   4   5   6
«Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari»

2.2. Elchilik xizmati
Hindistonda elchi ma’nosidagi «duta» atamasi mil avv. I ming yillikning dastlabki choragiga borib taqaladi. Kautilyaning «Artxashastra»sida elchilarga bag‘ishlangan maxsus bob mavjud. Unga ko‘ra elchilar – «vakolatli», «cheklangan vakolatli» va «chopar» (nomani yetkazuvchi) larga bo‘lingan. Birinchi klassifikatsiyadagi elchilar «ideal mansabdor»ga tenglashtirilgan, 2- va 3-darajadagi elchilar «ideal mansabdor»ning to‘rtdan uch va yarim sifatini tashkil qilgan.
Mazkur asarda Qadimgi Hindiston davlat ma’muriy boshqaruvi apparatida elchining roli va o‘rni aniq ifoda etilmagan. Uning «Davlat amaldorining ta’minoti haqidagi» bobida bo‘lsa, elchilar mansab pillapoyasining eng quyi pog‘onasida keltirilib o‘tilgan. Bu esa qator tarjimonlarga «Artxashastra» da tilga olingan «duta» atamasini «chopar» sifatida tarjima qilishlariga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Shunga asoslanib, mazkur asarda elchi asosiy davlat xizmatchilari ro‘yxatidan tushib qolgan yoki bunaqa mansab bo‘lmagan degan xulosaga kelmaslik kerak. Bu esa elchi vazifasini asosiy kasbi ma’muriyatda boshqa bo‘lgan mansabdorlar bajargan degan xulosa beradi. Yuqoridagilarga asoslanib «Artxashastra»ga asosan elchilarni funksiyasiga ko‘ra 2 ta kategoriyaga bo‘lish mumkin. Bular: oddiy choparlar (ancha past narhda oylik olgan, ya’ni bosib o‘tilgan har bir «yodjanga o‘n pan» miqdoriga teng) va yuqori mansabdorlar vakillari, ular orasida qirollik kengashi a’zolari va hatto podsholik oilasi a’zolari ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan. O‘sha davr manbalarida berilgan ma’lumotlar orqali hatto hukmdorlarning o‘zlari ham elchilik ishlarida qatnashganligini ko‘rish mumkin. «Maxabxarata» dostonida ham qadimgi Hindistondagi elchilik xizmati haqidagi shunga o‘xshash ma’lumotlar saqlanib qolgan13.
Yuqorida tilga olgan tarixiy-adabiy manbalarda qadimgi Hindiston tarixida mahalliy, ya’ni Hindistondagi hukmdorlar o‘rtasidagi elchilik almashinuvlaridan tashqari, boshqa, olis mamlakat va davlatlarga yuborilgan hind elchiligi haqida ham qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Strabon asarida Antioxiyada Nikolay Damasskiy tomonidan kutib olingan hind elchiligi haqidagi ma’lumotlar bor: «Yuborilgan nomada ko‘pchilikning ismi keltirilsada, ammo mening oldimda bor yo‘g‘i uch kishi bor edi. Qolganlari sayohat mashaqqatlaridan holdan toyib, halok bo‘lishgan. Pergamentga yozilgan nomda keltirilishicha, u 600 ta hukmdorlar ustidan turuvchi Por tomonidan yozilgan, u shu darajada bo‘lsa-da, ammo Kesar (qaysar, ya’ni Avgust) bilan do‘stlik o‘rnatishga yuqori baho bergan». Bu kabi uzoq davlatlarga jo‘natilgan elchiliklar kam bo‘lgan. Asosiy hind elchiliklari Hindiston doirasidagi davlatlarga to‘g‘ri kelgan.
Hindiston hududidagi davlatlarning ko‘p sonliligi ular o‘rtasidagi elchilik almashinuvlarining ham soni ko‘p bo‘lishiga ta’sir etgan, ammo bu elchiliklarning ko‘pchiligi tarkib jihatidan kam sonli bo‘lgan. Manbalarda hatto bir kishidan iborat bo‘lgan elchilik yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Qaram holatda bo‘lgan davlatlarning oliy hukmdor poytaxtida doimiy bir nafar vakili faoliyat yuritgan. Davlatlar o‘rtasida dushmanlik munosabatlari kelib chiqqan taqdirda ham to elchining hayotiga havf tug‘ilmaguncha elchiliklar almashinuvi to‘xtamagan.
Tabiiyki, elchilliklar tarkibining miqdori ular yuborilgan masofaning uzoqligiga ham bog‘liq bo‘lgan (masalan, Upaplavyadan Xastinupurgacha juda yaqin bo‘lgan, shuning uchun ham bu hududlar o‘rtasidagi elchilik almashinuvida minimal miqdordagi elchilar bo‘lishi kifoya qilgan). Agar elchilik o‘rmon qabilalari istiqomat qiladigan hududdan o‘tishiga to‘g‘ri kelsa, u holda qo‘riqchilar miqdori oshirilgan (ayniqsa elchilar sovg‘a-salomlar yoki boshqa qimmatbaho narslalar olib ketayotganda), sababi elchilik talanishi mumkin bo‘lgan. Bu esa elchilikning katta harajatlar talab etishini ko‘rsatadi. «Artxashastra» da elchilikka ketayotgan harajatlar qo‘shin, ommaviy hasharlarga ketadigan harajatlar qatorida keltirib o‘tilgan. Bu harajatlar sirasiga sovg‘a-salomlar, ta’minot va «mahfiy maqsadlar» kirgan.
Strabon hind hukmdorining Avgustga yuborgan ekzotik sovg‘alari ro‘yxatini keltirib o‘tadi: «Peredniklar kiygan va badaniga xushbo‘y moddalar sepgan (yarim) yalong‘och 8 nafar xizmatchilar Kesarga sovg‘a keltirishdi: …katta yexidnalar, o‘n tirsak hajmidagi ilon, uch tirsakka teng quruqlik toshbaqasi, kalxatdan kattaroq kaklik». Lekin Hindistonning ichkarisida amalga oshirilgan elchiliklarda, aniq maqsadlarga erishish uchun haqiqatda ham qimmatli bo‘lgan oltin, qimmatbaho toshlar kabilar sovg‘a sifatida olib borilgan. Elchi shuningdek mansabdor shaxslarni sotib olish va ayg‘oqchilar xizmatini to‘lash uchun ham qimmatbaho buyumlar olib borgan. O‘z hududi va begona davlat hududida elchilarning harakati uchun ularga maxsus hujjatlar berilgan: chegaralardan o‘tish va poytxatga kirib kelish faqatgina hukmdorning ruxsati bilan amalga oshgan, tegishli hujjatga ega bo‘lgan choparlar daryolarda bojsiz harakatlanishlari mumkin bo‘lgan.
Umuman olganda Qadimgi Hindistonda elchilik xizmatini tashkil etish mazkur davlatning taraqqiyot darajasiga bo‘gliq bo‘lgan. Maxsus diplomatik vazirlik bo‘lmaganligi aniq, ammo elchilar funksiyasini hukmdor nomidan faoliyat olib boruvchi oliy mansabdorlar yoki uni o‘tkazish bo‘yicha ipidan-ignasigacha ko‘rsatma olgan oddiy mulozimlar bajargan14.
Elchilikka yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari tarixiy manbalarda ularga qo‘shimcha ravishda «mahfiy agentlarga» rahbarlik qilish, razvetka ma’lumotlarini to‘plash va mahfiy operatsiyalarni amalga oshirishish, davlatning oliy mansabdor shaxslari bilan o‘z xo‘jasiga xiyonat qilish maqsadida muzokaralar o‘tkazish kabilar ham yuklatilganligi keltiriladi.
Elchilar shuningdek, nomani yetkazishda raqibni yoki uning nisbatan qudratli bo‘lgan mulozimini yo‘q qilishda (yani nomani berishda tan jarohati yetkazish) foydalangan. Shu bilan bog‘liq ravishda «Artxashastra»da hukmdorga elchini, xususan, u «qaram qo‘shni (samanta)» tomonidan yuborilgan bo‘lsa, «maslahatchilar kengashi» bilan birgalikda qabul qilishni tavsiya qilingan. «Maxabxarata» dostonida bo‘lsa elchilar barcha vaziyatlarda kengash huzurida qabul qilingan.
«Artxashastra»dagi 12 kitobning dastlabki bobi «Elchi faoliyati» (ajablanarlisi shundaki, matnda umuman elchi degan atama qo‘llanilmagan) deb nomlanib, unda elchining muhim vazifalari haqida ham so‘z yuritilgan. Ulardan birida elchi «mahfiy agentlar» bilan birgalikda fitna uyushtirishni tashkillashtirish haqida so‘z boradi.
Qadimgi Hindistonda choparlar shuningdek, dushmanni aldash yoki chalg‘itish uchun ham foydalanilgan. Masalan, qamal qilingan dushman qal’asiga maxsus chopar yuborilib, u orqali qal’adagilarga «qamal qiluvchi oxir ahvolga tushib qoldi, u o‘z tomonidan dushmanning ichdan zarbasiga uchradi, unda boshqa zaif tomonlar ham namoyon bo‘lib qoldi, u boshqa joyga ketishga hozirlik ko‘rmoqda», - degan gapni yetkazish va shu tariqa dushmanni qal’adan chiqarish va mag‘lub qilish tavsiya qilinadi.
Yana elchilar dushmanning joylashgan hududi, kuchlari va resusrlari haqida ham ma’lumot to‘plagan. «Artxashastra»da elchilarning mazkur vazifalari haqida shunday ma’lumot berib o‘tiladi: «O‘z qo‘shinlarimiz va dushman qo‘shinlarning joylashgan yerlari, jang yerlari va chekinish hududlarini u kuzatsin. U davlat va uning qal’alarining kattaligi haqida axborot to‘plasin va qimmatbaho narsalar, oziq-ovqat manbalari, mudofaasi va zaif tomonlari haqida ham o‘rgansin».
«Artxashastra»ning ayrim o‘rinlaridagi ma’lumotlar orqali elchilik maqsadida yuborilgan nomalarni rasmiylashtirishda ma’lum bir qoidalar joriy qilinganligini bilish mumkin. Turli mazmundagi nomalar qatorida diplomatik mazmundagi nomalarning rasmiylashtirilishi haqida so‘z yuritiladi15.
«Artxashastra»da ichki va tashqi siyosatga doir buyruqlar va nomalarni rasmiylashtirish qoidalari mavjud bo‘lsada, ammo ichki va tashqi siyosat o‘rnatish qanday tafovutlar bo‘lganligini aytish qiyin. Bu aftidan qadimgi Hindistondagi davlatlar siyosiy strukturasining o‘ziga xosligi bilan bog‘liqdir.


Xulosa
Xulosam shuki, Qadimgi Hind tashqi siyosat nazariyasi bo’yicha asosiy manba Kautilyaning Artxashastra-si hisoblanadi va hozirda uning sanasi milodiy birinchi asrlar bilan belgilanadi. Ushbu asarda davlat tuzilishi, mamuriy-xo’jalik boshqaruvi, sud ishlari, harbiy va diplomatik san’at bo’yicha ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari nitishastra turidagi asarlar ham borki, ularning asosiy mazmuni podsholarga ahloqiy nasihatlar, shuningdek ichki va tashqi siyosatiga oid maslahatlardan iborat. Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlar nazariyasining asosida mandala (yani doira, odatda davlat doirasi ma’nosida izohlanadi) konsepsiyasi yotadi. Mandala - bu tashqi siyosatga oid muayyan harakatlar va chora-tadbirlar majmuasi sifatida tasavvur qilish mumkin-ki, u yanada yirik davlatga aylanib ketish tendensiyasiga egadir. Buyuk davlatning (va oxiri kelib jahon saltanatining) barpo etilishi siyosatning oxirgi maqsadi deb hisoblangan.
Dushman ustidan g’olib chiqishning eng muhim vositasi sifatida u va uning ittifoqchilari orasida adovatni keltirib chiqarish, raqib ittifoqchilari bilan separat (boshqalar bilan kelishilmagan, bir tomonlama) shartnomalar imzolash yoki ularga to’g’ridan-to’g’ri harbiy yordam ko’rsatish, yani dushman mandalasini parchalab tashlash tan olingan. Mandalaning yana bir ahamiyatli xususiyatini ta’kidlash kerak: podshoning ittifoqchilari, taxtda otirib va xokimiyatga ega bo’lib, oz ittifoqchilarini ham saqlab qolishgan. Mandala tushunchasi bilan bir qatorda qadimgi Hind siyosiy nazariyasida yetti xadli (azoli) davlat konsepsiyasi muhim o’rin egallaydi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: podshoning o’zi, vazirlar, shahar-qal’alar, qishloq yerlari, xazina, qo’shin va ittifoqchilar.
Artxashastrada tez-tez tilga olinadigan qo’shinlar yoki ittifoqchilarning tavsifida alohida to’htalish kerak, chunki davlatlararo munosabatlarga oid ko’plab maslahatlarning katta qismi aynan ular bilan bog’liqdir. Artxashastraga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati - foyda keltirish. Itoatkorlik - uning eng muhim fazilatidir. Siyosat san’atini egallagan podsho, birinchi galda shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka xokimlikka intilishi lozim. Har xil tinchlik bitimlari siyosatining eng birinchi va muhim vositasi sifatida nazarda tutilgan. Tashqi siyosatning ananaviy usullari orasida ahamiyati jihatdan ikkinchi o’rinda urush turadi. Urush barcha usullardan foydalanib bo’lgandan keyingina, oxirgi vosita sifatida ko’rilgan. Podshoga g’alabalarga jangsiz erishish tavsiya qilingan, chunki tinch yo’l bilan bo’ysundirish kamroq kuchni va harajatni talab qiladi. Duta (elchi) atamasining braxmanlarda tilga olinishi elchilik xizmati Hindistonda davlatchilik taraqqiyotining ilk bosqichida (mil. avv. I ming yillikning birinchi choragi) vujudga kelgan deb so’z yuritishga imkon berardi. Kautilyaning Artxashastrasida maxsus bob elchining vazifalariga bag’ishlangan. Shu yerda, jumladan, elchilarning turkumlari keltirilgan - muxtor, cheklangan vakolatlarga ega va chopar (maktublar yetkazuvchi). Elchilik xizmatini bajargan amaldorlar boshqa, doimiy vazifalarga ham ega bo’lgan-ki, ularning mamuriy apparatdagi o’rni va mansablarining nomlari aynan shu orqali belgilangan. Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga kora man etilishi yoki cheklanishi mumkin edi. Siyosiy asarlarda elchiga ko’proq sukut qilish va eshitish qat’iyan tavsiya etiladi. Elchi o’zga mamlakatga jo’nab ketar ekan, sayohati uchun zarur bo’lganlarning barchasini - otlarni, aravalarni, pullarni puxtalik bilan tayyorlagan. Uzoqda joylashgan mamlakatlarga elchiliklar juda kam yuborilgan.
Manbalarda, asosan, Hindiston ichkarisida mavjud bo’lgan davlatlarga yuborilgan elchiliklar haqida gap yuritiladi. Hindiston hududida ko’plab kichik davlatlarning mavjud bo’lishi elchiliklar sonining shunga mos bo’lishini talab qilardi. Tobe davlatlar oliy xukmdor poytaxtida doimiy vakillariga ega bo’lishgan. Elchilik xizmatining tashkil qilinishi Qadimgi Hindiston davlatlarining rivojlanish darajasiga mos bo’lgan. Maxsus diplomatik muassasa, aftidan, shakllanmagan bo’lsa ham, elchilik vazifalarini podsho nomidan ish olib borgan oliy mansabdor shaxslar yoki batafsil ko’rsatmalar olgan oddiy amaldorlar bajargan. Elchilardan nomalarni (maktublarni, xatlarni ) yetkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli amaldorini yo’q qilish maqsadida ham foydalanilgan. Shuningdek, elchilar dushmanning joylashuvi, kuchlari, zahiralari haqida ma’lumotlar to’plagan. Artxashastrada turli xil nomalarning (maktublar va xatlarning), shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning formulyarlari berilgan.

Yüklə 74,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin