Mundarija: Kirish I bob. Qadimgi Hindistonda diplomatik munosabatlar tarixi bo‘yicha manbalar


II Bob. Qadimgi Hindistonda davlatlararo savdo-sotiq va pul, elchilik munosabatlari



Yüklə 74,95 Kb.
səhifə4/6
tarix07.06.2023
ölçüsü74,95 Kb.
#126104
1   2   3   4   5   6
«Qadimgi Hindistonda davlatlararo munosabatlari»

II Bob. Qadimgi Hindistonda davlatlararo savdo-sotiq va pul, elchilik munosabatlari
2.1. Qadimgi Hindistonda savdo-sotiq va pul munosabatlari
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (m.a.IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo'ysunish Hindistondagi institutlarining iqtisodiy mavjudligi g'oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxashastra» (m.a.IV-III asrlar oralig'ida)dir (tom ma'nosi bo'yicha ifoda, amaliy hayot to'g'risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilibqo'yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko'tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag'batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Qadimgi Hindistonda savdo sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlar mehnat va jangovar qurollar, muhrlar, uy-rozg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar, toʻqimachilik, kulolchilik buyumlarini chet davlatlarga olib borib sotishgan yoki ayriboshlashgan. Ayniqsa bu davrda hind zirovorlariga talab katta boʻlgan. Hind savdogarlari quruqlik va dengiz yoʻllaridan foydalanishgan va savdo sotiqda koʻplab yutuqlarga erishishgan chunki hind mollariga talab katta boʻlgan va bu maxsulotlarni chet elda qadrlashgan. Manbalarga qaraganda, quruqlikdagi savdo barcha yo‘nalishlarda, hatto Himolay tog‘lari orqali ham olib borilgan. Ammo eng muhim yo‘l shimoli-g‘arbiy yo‘l edi10. Bu yerdan mamlakatni Qobul va u orqali boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan eng serqatnov yo‘l o‘tgan. Savdogarlar Taksila va Purushapura orqali Parfiyaga va undan so‘ng O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi mamlakatlarga chiqar edilar. Ular Amudaryo va Kaspiy dengizi orqali Qora dengiz va Kavkazga o‘tar edi. Quruqlik yo‘llari dengiz yo‘llariga nisbatan ancha xavfsiz bo‘lsa-da, bu yo‘llarning tinchligi davlatlararo munosabatlarga bog‘liq edi. G‘arbda hind mollaridan qalampir va zanjabilga talab katta edi. Xushbuy moddalar va dori-darmonlar, mushkanbar, lak va buyoq, oziq-ovqat mahsulotlari va zeb-ziynatlar xaridorgir bo‘lgan. Hindlar boshqa o‘lkalarga tovus, to‘ti kabi ekzotik qushlar ham olib borganlar. Fil suyagi va toshbaqa kosasidan yasalgan buyumlar mashhur bo‘lgan. Hindiston po‘lati ham qimmatbaho hisoblangan. Sanab o‘tilgan mahsulotlarning bari tilla tangalarga sotilar edi. Hindlarning tashqi dunyo bilan savdo-sotiq aloqalari Hindiston foydasiga bo‘lgan. Rim imperiyasidan oltinning Hindistonga oqib kelishi Rim uchun katta iqtisoday tanglikni keltirib chiqargan. Pliniy oltinning Sharqqa oqishi yiliga 100 mln sestersiyga teng ekanligini taʼkidlagan. Hindistonda tashqi savdoning rivojlanishi ichki savdoning ravnaq topishiga turtki bo‘lgan. Ayniqsa, zeb-ziynat buyumlari bilan savdo qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu narsa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga ijobiy taʼsir ko‘rsatgan. Shaharlar yuksalib, pul muomalasi rivoj topgan. Savdogar, sudxo‘rlar boyigan. Podsho xazinasiga savdo va turli to‘lov, soliqlardan katta miqdorda mablag‘ tushgan. Shu bois davlat tijoratni qo‘llab-quvvatlar va mansabdor shaxslarni o‘z mansablarini suisteʼmol qilishga yo‘l qo‘ymasdi.
Budda davrigacha Shimoliy Hindistonda shaharlar rivoj topgan. Jumladan, Varanasi yoki Kashi, Kaushambi kabi shaharlarni keltirish mumkin. Qadimgi haqida keyingi davrlarda bir qancha asarlar yaratilgan. 1-asrda diqqatga sazovor bir buddaviy maʼlumot saqlanib qolgan. Budda og‘ir kasal paytida uning shogirdi Anand afsus chekib: „Mening ustozim Kushinagardek bir kichik shaharda olamdan o‘tibdi“ degan. U Budda olamdan o‘tayotganda o‘sha vaqtdagi yirik shaharlardan oltitasining nomini sanab o‘tgan. Bular: Kashi, Sakata, Rajagrixa, Shravasta, Champa va Kaushambi shaharlari edi. Bundan tashqari, quruqlikdagi katta yo‘llar va daryolar kesishgan joylarda, daryolar quyiladigan joylarda azaldan mavjud bo‘lgan Bxrigukachxa va Tampramati portlari, Kanakubji, Madxura, Valapxi, Diyashipura, Prushapura, Taksila, Shakala shaharlari ravnaq topgan. Pataliputra, Vayshali, Ujayan kabi shaharlar o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Shu bilan birga, ilgari Shimoliy Hindiston poytaxtlari bo‘lgan Kapilavata, Kushinagap kabi shaharlar tanazzulga uchragan. 1-asrda Janubiy Mazuran, Kanchi, Tanjavu, Pratishxana va boshqa shaharlar mashhur bo‘lgan. Antik mualliflar, Janubiy Hindiston va Xitoy sayohatchilari hind shaharlari haqida maʼlumotlar qoldirganlar. Bu shaharlarda 100 minglab aholi yashagan. Qadimgi hind shaharlarida ko‘plab ehromlar mavjud edi. Ularda kohinlar, musiqachilar xizmat qilar, ibodatxonalar ko‘pincha maktab, kasalxona va boshqa ehtiyojlar uchun ham xizmat qilar edi. Bu davrda bizgacha yetib qelgan turli yuqori sifatli tangalar mavjud edi. Jumladan, oltin va kumush tangalar keng tarqalgan. Bu jarayon mamlakatda savdoning keng quloch yoyganidan darak beradi. Oltin tangalarni ko‘p ishlab chiqarish Kushon davlatiga mansubdir. Bu tangalar dinor , suvarn deb atalgan. Kushon davlati tangalari 100 foiz oltindan tayyorlanib, ularning og‘irligi 7,6 grammni tashkil etgan. Tangalarning andozasi Rim tangalaridan olingan. Guptalar davrida tangalarning og‘irligi 9,8 grammgacha bo‘lgan. Chandragupta davridagi tangalar tarkibidagi oltin 80 foizni tashkil etgan bo‘lsa, keyinchalik 50 foiz va undan ham kamroq nisbatni tashkil etgan. Oltin tangalarning eng katta dafinasi 2100 dona bo‘lib, Sharqiy Rojastondan topilgan. Guptalar davrida pul muomalasining rivojlanishi tufayli sudxo‘rlik ham avj olgan. O‘sha davr adabiyotida qarz olish huquqiga ko‘proq eʼtibor berilgan. Sudxo‘rlarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar kamaytirib borilgan11. Yerni garovga qo‘yish tez uchraydigan hol bo‘lgan. VI asrdan boshlab mamlakat, avvalo, shaharlar inqirozga yuz tuta boshlagan. Syuan Szan VII asrning 40-yillarida Hindistondagi Pataliputra , Vayshali, Rajagrixa shaharlari huvillab qolganligi, baʼzi tumanlar xarobaga aylangani, ayrim hududlarning chakalakzor, o‘rmonlarga aylanib qolganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini bayon qiladi. Gang vodiysining qoq o‘rtasidagi Varanasi, Prayaga va Kushamba oralig‘idagi yerlarni o‘rmonlar qoplab, unda yovvoyi fillar kezib yurgani, yo‘llar qaroqchilar bilan to‘lib-toshgani, Gang daryosida ham ular beboshlik qilganliklarini taʼkidlaydi. U Gandxara o‘lkasining markazi Pataliputrada bo‘lgani haqida ham so‘z yuritadi. Bir vaqtlar ravnaq topgan ehromlarning qismati ham shunday bo‘lgan. Taksiladek yirik shaharlar tanazzulga yuz tutgan. Guptalardan keyingi davrda Kashmirda ham shahar hayoti so‘nib borgan. Bunday tanazzul Xaryana , Rajaston va Uttar-Pradesh hududlarini ham qamrab olgan.
Manbalarda qarovsiz qolgan savdo yo‘llari haqida ham maʼlumotlar keltirilgan12. Iqtisoddagi bu holat tashqi savdoga salbiy taʼsir ko‘rsatgani, buning esa hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan shaharlar ahvoliga taʼsir qilgani, bunday holat ilgariroq Rim imperiyasi va qadimgi Xitoyda ham ro‘y berganligi aytib o‘tiladi. Mavjud vaziyat mamlakatlarda yangi ijtimoiy munosabatlar paydo bo‘layotgani va rivojlanishdan dalolat beradi.


Yüklə 74,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin