Mundarija. Kirish…………………………………………………………………..2 I.BOB.Hindistonda XVI-XIX asrlarda ijtimoiy iqtisodiy ahvol. 1.1.Yangi davrda Hindistonning Ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy ahvol……..4
1.2.XIX asrning birinchi yarmida Angliyaning Hindistondagi bosqinchilik siyosati…………………………………………………………………..8
II.BOB.Hindiston mustaqillik uchun kurashi. 2.1.Hindistonning mustaqillikni qo’lga kiritishi………………………...17
2.2.XIX asr boshlarida Hindistonning tashqi aloqasi…………………....28
Xulosa……………………………………………………………………34 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………....37
Kirish. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Yurtboshimiz I. A. Karimov 1998-yil 14-iyulda bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarix fani, uning bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikr mulohazalarini bildirib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni qo‘ydi. Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini izohlash yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb ta’kidladi. Ushbu vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran anglatishdan iboratdir.
Birinchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.”. O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vatanimiz tarixida milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda.
Hindiston davlatining shakllanish tarixini o'rganish bizga bu davlatlarni naqadar uzoq tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. Bu davlatlar faoliyatini o‘rganish va yutuqlarini o‘z davlatimiz an'analariga moslashtirgan holda joriy etish kelajagimiz taraqqiyotini belgilash mumkin.Kurs ishining asosiy maqsadlaridan biri Hindistonning ilk o‘rta asrlarda shakllangan Gupta va Xarsha davlatlarining siyosiy tarixi, boshqaruv shaklini o‘rganish va ularni o‘z ma'naviyatimizdan kelib chiqqan holda zamon bilan hamohang holda milliylashtirish darajasiga baho berishdan iborat. Hozirgi texnika taraqqiy etgan davrda o‘z davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘z so‘zi bo‘lgan davlat bo‘lishini istar ekanmiz, biz bunday o‘z davrining rivojlangan davlatlari faoliyatini o‘rganishimiz va ularning ijobiy yutuqlarini o‘z davlatimizda joriy etishga intilmog‘imiz kerak, bular esa kurs ishi mavzusining dolzarbligini ko'rsatadi. "Hindistonning yangi davrda tarixiy rivojlanishning asosiy voqealar va jarayonlar"mavzusi bo‘yicha, bu hududda davlatlarning vujudga kelishi, davlatlarning tashkiliy tuzilishi, davlatlarda savdo va shaharsozlik an‘analarining rivojlanishi, Ilk o‘rta asrlar tarixida Hind davlatlarining tarix sahnasiga chiqishi va bu davlatlar vujudga keltirgan madaniyatning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi kabi masalalarini yangi manba va adabiyotlar hamda zamonaviy komunikatsiya vositalari orqali o‘rganish, tadqiq qilish mavzuni muhim jihati hisoblanadi