Mundarija Kirish I bob qashqadaryo okrugining foydali qazilmalari qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari 2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#186278
  1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi mavzu Qashqadaryo vohasining arxeologik o rganilishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish



Mundarija

Kirish 3
I BOB QASHQADARYO OKRUGINING FOYDALI QAZILMALARI 5
1.1Qashqadaryo vohasining foydali qazilmalari 5
1.2Qashqadaryo okrugi to‘g‘risidagi yozma manbalar tahlili 9
II BOB QASHQADARYO OKRUGINING SANOATI VA UNING HUDUDIY TUZILMASI 16
2.1Qashqadaryo sanoati va uning o‘rganilishi 16
2.2 Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi 24
Xulosa 28
Foydalanilgan adabiyotlar: 29


Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Qashqadaryo okrugi O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi g‘arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi.
Qashqadaryo vohasi o‘zining ko‘hna va boy tarixiga ega. Bu ko‘hna voha o‘zining uzoq tarixi davomida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasida muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy etnik va madaniy ahamiyat kasb etgan mintaqa bo‘lgan. Shu sababli Qashqadaryo vohasi antik davri arxeologiyasini o‘rganish O‘rta Osiyo tarixinig bosqichlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari tarixini o‘rganishda turli manbalar bilan birga arxeologik ma’lumotlarga ham tayaniladi. Qashqadaryo vohasi antik davri tarixini yoritishda vohaning qadimgi shaxarlari Yerqo‘rg‘on, Uzunqir, Qalandartepa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biridir . Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. 1 Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonning qadimgi tarixi, madaniyati, qadriyatlari, o‘zbek xalqining kelib chiqishi, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar mavzularga katta diqqat-e’tibor paydo bo‘ldi.
Okrug O`zbekiston hududining janubiy qismidagi Qarshi botig`ini o`z ichiga oladi. U shimolda Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog`lari bilan, sharqida Hisor tizmasining janubi-g`arbiy qismining quyi etaklari bilan o`ralgan. Qashqadaryo okrugining janubidan O`zbekistonning Turkmaniston bilan bo`lgan davlat chegarasi o`tadi. G`arbda esa okrug Quyi Zarafshon okrugi bilan chegaradosh. Jarqoq va Dengizko`l platolari bu ikkala okrugni bir-biridan ajratib turadi.
Okrug o`zining vujudga kelishi va yer yuzasining tuzilishi jihatidan shimoli-sharqdagi Hisor-Zarafshon okrugidan farq qiladi. Chunki, Hisor-Zarafshon okrugi paleozoy va mezozoy cho`kindi va otqindi yotqiziqlari bilan qoplangan, gertsin va al`p orogenetik jarayoni ta`sirida burmalangan. Qashqadaryo okrugi esa qalin allyuvial, prolyuvial va eol-akkumulyativ jinslaridan iborat bo`lib, ularning tagida tub jinslar yotadi. Allyuvial-prolyuvial jinslar kompleksi o`zlarining yoshiga ko`ra o`rta va yuqori antropogen davriga xosdir. Okrugning o`rta qismidagi qirlar va qoldiq tog`lar esa bo`r, paleogen va neogen davr jinslaridan tashkil topgan. Qashqadaryo okrugining yer yuzasi o`r-qir tekislikdan iborat bo`lib, shimoldan, sharqidan va janubi-sharqdan g`arbiy tomon cho`zilgandir, janubi-g`arbga tomon esa pasayib boradi. Biroq bu ok­rug hududida onda-sonda (pastroq) qoldiq tog`lar va platolar ham uchrab turadi. Qarshi shahrining shimolida Qo`ng`irtog` (517 m), Koson shahrining janubida Kosontog`, Maymoqtog` (500 m), Sandiqli qumligining sharqida Olovuddintog` (485 m), okrug­ining g`arbida Jarqoq platosi (397 m) va Dengizko`l (380 m) platosi, Qarshi, Nishon, Qarnob, Malik cho`llari va Sandiqli qum cho`li kabi qator cho`llar bor.
Okrugning markaziy qismida allyuvial jinslar bilan qoplangan Qarshi vohasi joylashgan. Qarshi vohasining g`arbi Sandiqli qumligi bilan tutashib ketadi. Sandiqli qum cho`lining yuzasi qator-qator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan tashqari, bu erda ko`chma qumlar va taqirlar ham uchraydi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin