Mironshoh Mirzo Mironshoh Mirzo Amir Temurning 3 o‘g‘li bo‘lib, 1366 yil tug‘ilgan. U Temurning Xurosonga yurishlarida 14 yoshidanoq ishtirok etgan. Xarbiy kuchni yaxshi egallagan. 1393 yil Temur Shimoliy Eron, Iroq va Zakavkaziyani Mironshoxga topshiradi.
Abubakr Mirzo 1382 yil Mironshohning mo‘g‘ul xotinidan tug‘ilgan. Temur uni otasini o‘rniga taxtga o‘tqazganda unga tegishli yerlar ko‘payadi. Ukasi unga nisbatan dushmanlik ruhida qaraydi va akasini 1405 yilda Umar Mirzo tomonidan qal'aga qamatadi va tegishli boylik va xaramlarini oladi.
Keyinchalik Sultoniyani qo‘lga kiritgach Umar Mirzoga tegishli beklar tomonga o‘tadi. 1408 yilda Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda yengiladi.
Umar Mirzo Mironshoh Mirzoning 2 o‘g‘lidir. U 1383 yilda tug‘ilgan.
Xurosonda Shoxruh Mirzo mulozamatida bo‘ladi. 1407 yilda vafot etadi.
Xalil Sulton Mirzo Mironshoh Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1384 yilda tug‘ilgan. U yoshligidan Saroy Mulk Xonimni tarbiyasida bo‘lgan. U juda shijoatli bo‘lgan, bobosining Hindistonga yurishida 15 yoshidan ishtirok etgan. U Temurning 1399-1404 yilgi 7 yillik urushlarida faol qatnashadi va 1402 yilda Turkiston chegaralarini qo‘mondonligini topshirgan edi. 1405 yilda Temur vafot etgach u o‘z qo‘shinlari bilan Samaqand taxtini egallaydi. U 1411 yil vafot etadi. Undan bir o‘g‘il qoladi.
Iyjal MirzoMironshoh Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1387 yilda tug‘ilgan. 1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.
Suyurg‘atmish Mirzo Mironshoh Mirzoning 5 o‘g‘lidir. U 1399 yilda tug‘ilgan. U biron viloyatga hukmronlik kilmasdan 1411 yil vafot etgan.
Sulton Muhammad Mirzo Mironshox, Mirzoning 6 o‘g‘lidir. Uni qachon to‘g‘ilib va qachon vafot etgani noma'lum. U haqida faqatgina Bobur Mirzoning mashhur “Boburnoma” asarida to‘xtaladi. Lekin Shohruh Mirzo hayotlik davrida tuzilgan "Nasabnoma"da Mironshoh Mirzoning Sulton Muhammad Mirzo nomli o‘g‘li bo‘lganligi haqida hyech qanday ma'lumot yo‘q. Unga ko‘ra undan bir o‘g‘il qolganligi aytib o‘tiladi.