Mundarija: Kirish. I bob. Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə12/13
tarix13.06.2022
ölçüsü49,11 Kb.
#61333
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu amir temur va temuriylar shajarasi

Boysung‘ur Mirzo Shoxruh Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1397 yilda tug‘ilgan. U tabiatan o‘qimishli odam edi. 1414-1416 yilgacha Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlarida hokimlik qiladi.
1416-1420 yilgacha Hirotda otasiga vazirlik qiladi. Vazirlik paytida Hirotda kutubxona tashkil qiladi. 1431 yilda otasi unga Astrobod hokimligini topshiradi. Keyingi davrlarda kasalllika chalinib 1433 yilda vafot etadi. Undan uch o‘g‘il qoladi, Alouddavla Mirzo, Abulqosim Bobur Mirzo va Sulton Muhammad Mirzolardir.
Suyurg‘atmish Mirzo Shoxruh Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1398 yilda tug‘ilgan. Onasi Mulkat Og‘o begimdir. U yoshlik davrini otasining hashamatli saroyida o‘tqazadi. U avval otasi saroyida xizmat qiladi keyinchalik esa 1418 yilda Qobul hukmdorligini oladi.
Biroq 1426 yil u to‘satdan og‘rib, vafot etadi. Undan 2 o‘g‘il qoladi, Ma'sud Mirzo va Qorachar Mirzolardir.
Muhammad Juki Mirzo Shohruh Mirzoning 5 o‘g‘lidir. U 1403 yilda Hirotda tug‘ilgan. Onasi Gavharshod begim edi. U yoshligidan kasalmand va nimjon bo‘lib o‘sdi. 1419 yilda unga Mo‘g‘uliston sobiq xoni marhum Sham'i Jahonning qizi Mehr Nigor Og‘oni nikoh qiladilar. U Baroq O‘g‘longa qarshi yurishida ishtirok etadi. 1433 yilda Shohruh Mirzo o‘g‘li Muhammad Jukiga Garmser va afg‘onlar viloyatini topshiradi. 1443 yilda esa Muhammad Juki Balx viloyatini hokimi etib tayinlanadi. 1445 yilda 45 yoshida vafot etadi. Undan uch o‘g‘il qoladi, Ali Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzolardir.13


XULOSA
Amir Temur saltanati tarixiy zarurat edi. Ijtimoiy hayot, xalqlarning hayoti tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi. Turon, binobarin, Mavorounnahr, Eron, Ozarbayjon, Xuroson mo‘g‘ullar oyog‘i ostida ingrar, najot istar edi. Shunday najot farishtasi Temur bo‘ldi. U tarix sahnasiga chiqib, Turon zaminini mo‘g‘ullardan tozaladi.
Amir Temur davrida madaniyat, san'at, ilm fan gurkirab o‘sdi va rivojlandi. Jahongir qaerga bormasin o‘sha yerdan eng qo‘li gul ustalarni, hunarmand va san'atkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Uning davrida Samarqand yer yuzining sayqaliga, Buxoro islom dinining quvvatiga aylandi. Turon yurti o‘z madaniy taraqqiyoti bilan jahonning ko‘zini qamashtirdi.
Kurs ishida Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari, uning hokimiyat tepasiga kelishi, Amir Temur davlatining tashkil topishi, temuriylar shajarasi, Amir Temurning harami haqida, Amir Temur farzandlari, Jahongir Mirzo va uning avlodi haqida, Mironshoh Mirzo va uning avlodi haqida, Umar Shayx Mirzo uning avlodi haqida, Shohruh Mirzo uning avlodi haqida qisman bo‘lsada ma'lumotlar berildi.
Shuni ta'kidlash lozimki, temuriylar shajarasi ustida ish olib borgan olimlar, o‘z asarlarida faqat taxtga o‘tirib hukmronlik qilgan shahzodalarnigina e'tiborga olib, hukmronlik qilmagan yoki kichikroq lovazimlarda bo‘lgan shahzodalarni esa shajara ro‘yxatiga kiritmaganlar. Turg‘un Fayzievning “Temuriylar shajarasi” kitobida ushbu sulolaga mansub bo‘lgan barcha shahzodalarni shajara ro‘yxatiga kiritilgan. Zero sulola tarixini o‘rganishda ularni chetlab o‘tish mumkin emas.

Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin