Mundarija kirish I bob. Tasviriy san’at fanining o’quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi tutgan o’rni


I BOB. Tasviriy san’at fanining o’quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi tutgan o’rni



Yüklə 135,87 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü135,87 Kb.
#186906
1   2   3   4   5   6
kurs ishi

I BOB. Tasviriy san’at fanining o’quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi tutgan o’rni

    1. Maktabda tasviriy san’at fanining strukturasi va mazmuni

Tasviriy san’at ta’limi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-7-sinflarida haftasiga 1 soatdan o’qitilib, uch turdagi faoliyat (san’atshunoslik asoslari, tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash) hamda kompozitsion faoliyat) va olti yo’nalish (san’atshunoslik asoslarining yetakchi yo’nalishi - suhbat, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, me’morlik, amaliy va dizayn san’ati)dagi dars turlariga bo’linadi.


Ayrim dars turlari 1-4-sinflarda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir-biridan farq qilishi nazarda tutiladi. Jumladan, 5-7-sinflarda o’qitiladigan hamda o’quvchilarda san’at asarlarini badiiy-estetik idrok etishga o’rgatuvchi san’atshunoslik asoslari darslari boshlang’ich sinflarda suhbat tarzidagi borliqni va san’atni idrok etish shaklida olib boriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan tasviriy san’at o’quv fani o’z mazmuniga ko’ra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning mazmunida tasviriy san’atdan tashqari amaliy bezak san’ati, badiiy hunarmandchilik, me’morlik va dizaynga oid o’quv materiallarini o’zlashtirish belgilab qo’yilgan. Shuningdek, tasviriy san’at ta’limining mazmuni 1-4, 5-7-sinflarda o’qitilishida muayyan tafovutlar mavjud va tasviriy san’atning uzluksiz tizimi mantiqiy rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi. Masalan, boshlang’ich sinflardagi borliqni idrok etish darslari 5- sinfdan boshlab san’atni idrok etish tarzida davom ettirilib, asosiy e’tibor bevosita o’quvchilarda san’at asarlarini badiiy- estetik idrok etishga oid bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Faoliyat turlari bo’yicha tasviriy san’at o’quv fani quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi. Borliqni idrok etish. Bu yo’nalishdagi darslarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof-muhitni estetik idrok etishga o’rgatish vositasida insoniyat uchun dolzarblashib borayotgan inson va tabiat munosabatlarini teranroq anglash, tevarak-atrof va voqelikdagi go’zallikni idrok etish ko’nikmalarini shakllantirish orqali o’quvchilarda estetik va ekologik madaniyat elementlari tarkib toptirib boriladi. Bu bo’lim tasviriy san’at ta’limi mazmunida alohida o’rin egallaydi. U san’atning hayot bilan aloqasini tushunishga, kuzatilayotgan voqeliklarning turlituman holatlar, undagi shakllar, ranglar xilma-xilligini ko’ra olishni o’rgatadi.
Bu bo’limda tasviriy san’atda tasvirlangan voqeliklar, shuningdek, me’morlik obidalarini tabiat bilan hamohanglikda borliqning bir qismi sifatida anglash, estetik idrok etish ob’ekti tariqasida o’rganiladi. San’atni idrok etish. San’atshunoslik faoliyatining asosiy shakli sifatida bu turdagi darslarda keng ma’noda tasviriy san’at o’quv fani mazmuniga kiritilgan barcha san’at turlari bo’yicha namunalarni, shu jumladan umuminsoniy va milliy qadriyat darajasida e’tirof etiladigan mumtoz maqomdagi san’at asarlarini o’rganish orqali o’quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalash bilan bir qatorda ularda vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalash ko’zda tutiladi. Zero, tasviriy san’at ta’limi mazmunida O’zbekiston tasviriy va amaliy san’ati, me’morligiga oid o’quv materiallari bilan bir qatorda Sharq va jahon tasviriy san’ati, ularning muhim tendensiya va ana’analari, mashhur rassomlarning hayoti va ijodi bilan tanishtirib borish jarayonida ularda vatanparvarlik sifatlari tarkib toptirib boriladi. Shuningdek, san’atni idrok etish darslari san’at turlarining spesifik xususiyatlari, o’ziga xos ifodaviy vositalari, ularni tarixiy an’analari, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratish prinsiplarini o’rgatish yo’sinida tasviriy san’at ta’limini takomillashtirish, muayyan yo’nalishlarini rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.
Tasviriy faoliyat darslari, asosan, tasviriy san’at turlari (rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik) bo’yicha naturaga qarab tasvirlash darslari shaklida tashkil etilib, bu turdagi darslarda o’quvchilarning tasviriy savodxonliklari shakllantirib boriladi, ya’ni naturaga qarab tasvirlash darslarida o’quvchilarda ob’ekt (natura)ni maqsadli kuzatish, tahlil qilish, buyumlarning konstruktiv tuzilishi va boshqa parametrlariga ko’ra tasviriy vosita va material tanlash va amaliy tasviriy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda qo’llash kompetensiyalari tarkib toptiriladi. Bu darslarda olingan nazariy bilim va egallangan amaliy malakalar kompozitsion faoliyat dasrlari bilan uzviy aloqadorlikda tashkil etiladi. Kompozitsion faoliyat tasviriy san’at darslarining asosiy qismini tashkil etadi. Unda Rangtasvirda kompozitsiya, grafikada kompozitsiya, haykaltaroshlikda kompozitsiya, dizaynda kompozitsiya, amaliy bezak san’atida kompozitsiya yo’nalishlarida darslar tashkil etilib, asosiy e’tibor o’quvchilarning ijodiy fantaziyalarini rivojlantirish, naturaga qarab tasvirlash darslarida egallagan bilimlari, borliqni idrok etish jarayonida olgan tasavvur va taassurotlari, qolaversa davlat ta’lim standarti, o’quv dasturida ko’rsatilgan namunaviy mavzular, topshiriqlar, adabiy asarlar (ertak, rivoyat, she’r, hikoya va h.k.) syujetlari asosida kompozitsiya yaratishga oid bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish orqali bolalarda ijodkorlik kompetensiyalari rivojlantirib boriladi. Shuni qayt qilib o’tish joizki yuqoridagila fikrlardan kelib chiqib umumta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari soatini haftasiga hech bo’lmaganda 2 soat qilib belgilash zarur.
O'quvchilarning bilim olish jarayonini kuzatish va tadqiqot ishlarini olib borish. Tasviriy san'at metodlari deganda, o ‘qituvchining o'quvchilar bilan ishlash usullari natijasida o'quv materiallarini yaxshi bilib olish darajasiga erishish va o'zlashtirish darajasining oshirilishi nazarda tutiladi. Har bir o'qitish metodlari o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilimlar mazmuni (hajmi)ga monand tarzda ta‘lim maqsadiga, o'quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlariga bog'liq.
O'qitish usuli — bu ta‘llim-tarbiyaning alohida qismlari hisoblanib. Ularning yig'indisi o'qitish metodlariga kiradi. Umumiy yo'nalishga qaratilgan ma’lum bir o'qitish metodlari va usullarining majmuasidan o'qitish tizimi tuziladi.

Yüklə 135,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin