1.2. Dars samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnalogiya elementlarida foydalanish usullari. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida XIX-asrning 2-yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida pedagogika fani tarkibidan alohida yo’nalish, mustaqil fan bo’lib ajralib chiqdi. Pedagogik texnologiya fani hozirda pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida OTM.larida o’qitilib kelinadi. Pedagogik texnologiya fanining asosiy maqsadi-yosh avlodda mazkur fan orqali BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat va san’at bilan bosqara olishdir.
Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan boshqarishdir.
Pedagogik texnologiya – texnologiyaga nisbatan tor tushuncha bo’lib-unda faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish boshqarish tashkil etishning mexanizmidir. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. «Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir.
O’qitish texnologiyasi pedagogik texnikaga aqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. Pedagogik texnika esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi.
Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo ma'lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quvtarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta'sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko'rinadi. Yangi ta'lim tizimi mazmuniga o'tmishning qimmatbaho ma'naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba'zi birlarini qayta tiklashdan maqsad o'tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog'onasiga chiqish demakdir. Bugun biz yangi ko'rinishdagi ta'lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston sivilizatsiyasining eng ko'p gullab-yashnagati davridagi, ya'ni VII-XII asrlardagi inchnat va kasb ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va fanining asosini ta'lim tashkil etgan, rivojlanishning eng ynqori cho'qqilariga erishish yo'lida faylasuf va pedagoglarning aniq va konseptual g'oyalari sliakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta'lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda ma'naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. O'sha davr faylasuflari insonning ma'naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta'lim jarayonini shaxsning ma'naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e'tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham o'z aksini topgan edi. Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o'quvchilari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bo'lib ularning mazmuni ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg'ulotlar va ba'zi bir pandu nasihatlarni o'zida mujassamlashtirgan.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipda to’zilgan bo'lib odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh, payg'ambarlar va lining barcha choriyorlarini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu hunarmandchilikning Alloh ne'mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadigan va har bir xatti-harakati yoki lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa duolar usta-hunarmandlarning ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi. Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunar- mandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanma sifatida xizmat qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'larniz. O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi, ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi.
Milliy pedagogika tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biridir. Yoshlarni mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki. bugungi kunda yoshlarni ma'naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgarishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma'naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi larbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va talabalarning bilimini, iqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-talabalarda bilimlar yanada kengayadi.
3. Ta'lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo'ladi.
Jahonning ilg'or tajribalari va ko'plab pedagoglar mehnatining natijasi o'laroq, reyting uslubi bugungi kunning cng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi. Reyting deganda – baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazoratida test usuli ham samarali qo'llaniladi.
Test deganda aniq vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash hamda sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin:
Nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
Nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi;
Ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin;
Bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k.
Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan. Har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlari ballar bilan ifodalanadi. Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi tarzida talabaning o'zlashtirishini baholash jarayoni chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.
Bu nazorat o'qituvchi tomonidan qanday o'zlashtirganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir niavzusi bo'yicha aniqlab borishni ko'zda tutadi. Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga oladi va shu qism bo'yicha talabaning bilimini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish imkonini beradi. Yakuniy nazorat - bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to'liq o'qitib bo'lingach o'tilgan mavzular bo'yicha yozma yoki og'zaki usullarda, shuningdek, test sinovlari shaklida o'tkaziladi. Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo'yicha aniqlanadi. O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish va diploma oldi amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi. Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o'rin tutadi. Dasturda e'tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarida shu narsa alohida belgilandiki, ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish ta'lim – tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini ta'minlaydi. Demak, yangi asr- informatsion texnologiyalar asri bo'lishi bilan bir qatorda ularning o'quv jaryonlariga keng ko'lamda aralashuvini ham ta'minlaydi.
Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan 7 metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi.
Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi.