1.2. Turli tipdagi maktabgacha talim muassasalarining tashkiliy tuzilmasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiya muassasalari. Oʻzbekistonda bu muassasalarga bolalar yaslisi, yas.sh-bogcha, bolsiar bo/chasi kiradi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m. 2 bosqichdan iborat. l-bosqich bolalar yaslisi boʻlib, u bulgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirish. nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof-olam bilan tanishtirish hamda gigiyena masalalari boʻyicha amaldagi tayanch dastur asosida taʼlimtarbiya beriladi. 2-bosqich bolalar bogchasi boʻlib, boʻlgan bolalarni kamrab oladi. Bu bosqichda bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning maʼnaviy kamolotini taʼminlash, jismoniy jihatdan baquvvat boʻlishlari uchun yoʻnaltirilgan taʼlimtarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ham Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m. mavjud bulib, ular maxsus dastur hamda texnik vositalar bilan taʼminlangan.
Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m.ning moddiy texnika bazasi hamda metodik taʼmi-notini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m. uchun joriy qilingan "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch das-turi ped. va psixologiya fanlari yutuklari hamda davlat va jamiyat talablariga tayangai holda yaratilganligi bilan alohila ahamiyatga ega. Davlat va nodavlat Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m. mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramogida boʻlishidan qatʼi nazar OʻzR Xalq taʼlimi vazirligi uni kadrlar bilan taʼminlaydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogik jihatlan rahbarlik qiladi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarib.m. uchun tarbiyachi va metodistlar Toshkent ped. unti, ped. institutlari va kollejlarida tayyorlanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi OliyMajlisipalatalariningqarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o'z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga ega bo'ladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o'rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyprlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalardaxalqimizningyuksakma'naviyativainsonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni- ga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkre- ditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dastur- lar bilan belgilanadi.
Muassasa o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv- chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbir- lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga .oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |