Mundarija: Kirish I. Bob. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#176758
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
turli tipdagi maktabgacha ta\'lim muassasalarining tashkiliy tuzilmasi


Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………………..3
I.Bob. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilmasi
1.1. Maktabgacha ta’lim muassasasining turlari…………………………..5
1.2. Turli tipdagi maktabgacha talim muassasalarining tashkiliy tuzilmasi…………………………………………………………………..12
II-Bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruv tizimi
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishning umumiy tamoyillari………………………………………………………………..17
2.2. Maktbgacha ta`limni boshqarishining metodi va vositalari………...20
2.3. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari...25
Xulosa……………………………………………………………………….….30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………32

Kirish
Mavzuni dolzarbligi: O’zbekistonda bugungi shiddat bilan modernizatsiya, globall rivojlanish kechayotgan bir jarayonda davlat tomonidan ta‘lim tizimini isloh qilish orqali boshqarishining ahamiyati juda muhimdir. Ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan, ―Ta‘lim to’g’risida‖gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‖ning yangi loyixalari ustida ishlar olib borilmoqda, ya‘ni takomillashtirilmoqda.
SHuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish uchun innovatsion tavsifga ega bo’lgan ―Davlat – xususiy sherikchilik to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bor bo’lgan maktabgacha ta‘limni yanada rivojlantirish, yangilarini shakllantirsh va bunda davlatning rolini sherikchilik asosida kuchaytirishga qaratilgan. SHuningdek xukumat rahbari SH.Mirziyoevning 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-sonli «Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to’lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori ular faoliyatini rag’batlantirishga undaydi, bu esa davlat tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy ximoyasini ta‘minlaydi.
O’zbekiston Prezidentimiz SH. Mirziyoevning 2017 yilning 16 iyunida Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashriflari asosida hududlarda olib borilgan qat‘iy islohotlar natijasida majburiy to’qqiz yillik ta‘limdan keyingi ta‘lim, ixtiyoriy 11 yillik yoki 9-sinfdan so’ng akademik letseylarda yoki kasbhunarga yo’naltirilgan kollejlardagi ta‘limga aylantirildi, ya‘ni o’quvchiga va uning ota-onasiga to’qqiz yillik majburiy ta‘limdan keyingi ta‘limni tanlash imkoniyati yanada kengaytirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi 2909-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖ 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarorining ijrosi to’g’risida 2017 yil 24 aprel №244-son buyrug’lari nomlaridan ham ko’rinib turibdiki oliy ta‘lim tizimini, oliy ta‘limdan keyingi ta‘limni rivojlantirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan e‘tiboridir.
Yuqorida aytilgan davlatning ta‘lim tizimini boshqaruvidagi roli asosida takomillashuv sifatlariga ega shaxsni shakllantirishga nafaqat ta‘lim mazmuni, balki qo’llanilayotgan texnologiyalar, o’quv jarayoni, o’qish va bilishning o’qitish texnologiyasini tatbiq etishdan ham iboratdir.
SHuning uchun ushbu tanlangan bitiruv malakaviy ishining mavzusi mavjud ta‘lim tizimini bozor menxanizmi orkali takomillashtirish, yangilarini shakllantirish orkali ta‘lim sifatini ortishiga erishishga qaratilgan bo’lib, dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin