1.2 Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari. Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bolgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y Bu erda: M muomaladagi pul miqdori; V pulning aylanish tezligi; P baholar darajasi (baho indeksi); Y real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bolganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u ozgarishi mumkin. V doimiy bolgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha boladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y M= ----------- V* P · Y nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bolgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi ozgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM ozgarishiga bogliq. Muomaladagi pul massasining ozgarishi, klassik nazariyaga kora, Y sekin ozgarishi tufayli asosan baholar darajasiga tasir korsatadi. Bu holat pulning neytralligi nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga kora hukumat pul massasining osish suratini, real YaMMning ortacha osish surati darajasida taminlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror boladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k*PY
Bu erda: k= 1/V pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini
korsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bolgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri korinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini kozda tutadi.
Pulga real talab quyidagi korinishda hisoblanadi: