Mundarija: kirish I. Bob. Vokal xor malakalarini shakllantirishning ahamiyati



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#120888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
xumora kurs ishi

Kurs ishi ob’ekti umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinflarida “Musiqa madaniyati” darslari.
Boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish jaryoni. Qo’shiq kuylash faoliyati o’quvchilarining ijrochilik mahoratlarini, ovoz ijrosini boshqarishni, aytim yo‘llarini yo‘lga qo‘yadi. Qo’shiq kuylashda o’quvchilarining individual xususiyatlarini, ovoz diapazonlarini hisobga olish zarur. Mazmun va g‘oyaviy jihatdan bu yoshdagi bolalarga mos keladigan lekin diapozon jihatdan to‘g‘ri kelmaydigan asarlar tranpozitsiya qilinib, repertuarlarda qo’llash mumkin. Qo’shiq kuylash faoliyati asar bilan tanishtirish vaqtida musiqa tinglash kabi to‘rt bosqichda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.

I.BOB. VOKAL XOR MALAKALARINI
SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
1.1. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati.
Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nihoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”,2 “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p janrlidir.
Musiqiy hisni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste'dodni ma'lum sharoitda o’stirish mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda. Musiqani his eta olishning, ya'ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma'nosini idrok etishning - agar bu vazifaga to‘g‘ri yondoshsa barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush balandligini xis etish, ritm hissi, ladlar hissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni his etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning ma’nosini tushinishni o‘rganish mumkin.
O‘quvchini musiqaning ma'nosini ochishga o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifalaridan, bu protsessni u musiqiy texnikani o‘zlashtirishi bilan bir vaqtda olib borishi shart.
Musiqa inson uchun istiroblar, hissiyotlar va obrazlar xaqida so‘zlovchi til bo‘la olishi kerak. Bu o’rinda repertuarni to‘g‘ri tanlash lozim. Repertuarni tanlashdan avval oson tushiniladigan, keyinroq, sekin-asta kiyinroq asarlarni tanlash maqsadga muvofiq.
Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani hal etmoq lozim, bular: ijro apparatini ko‘rmoq, ya'ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bu etapda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya'ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi.
Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin.
Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi o’rinda bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal ijroga qadar musiqiy tasavvur bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak.
Quyidagi 3 etap musiqiy bilimni o‘zlashtirishda eng muximlaridandir. Ovoz apparati ustida ishlashning to‘g‘ri yo’lini tanlash, ikkinchisi shu yo‘lni mustaxkamlash jarayonini aniqlash, uchinchisini rivojlantirib, saqlash. Bu uch etapni doim yodda tutish o‘qituvchidan talab etiladi, kuylash bilimining ko‘pqirrali tomonlarini o‘zlashtirish, asarga ijodkorona yondoshishga va ijro erkinligiga erishishga yordam beradi.
O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saqlash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish jarayoni samarali kechadi.
Chunonchi:
-musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
-musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish;
-kuylash malakalarini o‘stirish;
-musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish;
-musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.
Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxsga xos fazilatdir. Zero, musiqa o’quvchilarni estetik jixatdan tarbiyalaydi, ularda dunyoga nisbatan o‘ziga xos «shaxsiy nuqtai nazar» tarkib topadi, unga (dunyoga) faol va ijodiy ko‘z bilan qarash xissi shakllana boradi. Musiqa alohida shaxsga va keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g‘oyaviy, pedagogik, fiziologik va hokazo). Bu haqida musiqa madaniyati o’qituvchisi doim unutmay, bir xususiyatni shakllantirish hisobiga, boshqasini chegaralab o‘tmagan holda dars o‘tmog‘i lozim.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin