Mundarija kirish I. Bob. Xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Xromosomalarning sitologik xaritalarini tuzish



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə8/21
tarix10.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#127967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
kurs ishi Yaxyobek

1.4. Xromosomalarning sitologik xaritalarini tuzish
Buning uchun dastavval biologik obyekt - tadqiq qilinadigan organizm turi kariotipining mukammal tavsifi tuziladi. Gaploid holatdagi xromosomalar o‘lchami, shakli tasvirlanadi. Bundan tashqari xromosomalami maxsus differensial bo‘yoqlar bilan bo‘yab, ulaming ichki tuzilishida namoyon bo ‘ladigan ko‘ndalang turli qora chiziq shaklidagi qurilmalar aniqlanib tasvirlanadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, bunday ichki tuzilish belgilari har xil nogomologik xromosomalarda har xil va faqat o ‘ziga xos ekanligi aniqlanadi. Yuqorida bayon etilgan belgilar bo ‘yicha gaploid sondagi har qaysi xrom osom a uchun mukammal tavsif tartib raqamlari qo‘yiladi. Bundan kcyin xrom osom alar sitologik xaritasini tuzishning ikkinchi va asosiy bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda amalga oshiriladigan ishlar xromosom aning genetik xaritasini tuzish bilan bog‘liq holda murakkab sitologik metodlarni qo‘llash orqali olib boriladi. Masalan, drozofilada sitologik xarita tuzish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi.
Sitologik tadqiqotlar natijasida drozofila pashshasining so‘lak bezlarida juda yirik (gigant) politen xromosomalar mavjudligi aniqlangan. Politen xromosomalar birinchi marta 1881-yilda E. Balbiani tomonidan topilgan edi. Bunday xromosomalar hujayrada bo‘ladigan endomitoz jarayoni tufayli hosil bo‘ladi. Bunda boshlang‘ich xromosoma juda ko‘p marta (1000 ga yaqin) ko‘payib, bir-biri bilan birikkan holda qoladi. Buning natijasida politen xromosoma kuchli ravishda uzayadi va yo‘g‘onlashadi. Ularni bo‘yab, mikroskop ostida ko‘rilganda xromosoma ichida ko’p va har xil joylashgan qora disklami ko‘rish mumkin. Disklarning soni, ko‘lami va ularning xromosomada joylashish tartibi har qaysi tur uchun o ‘ziga xos bo‘ladi. Politen xromosomalar genetik va sitogenetik xaritalarni tuzishda hamda xromosomalarda sodir bo‘ladigan translokatsiya kabi ular tuzilishidagi o‘zgarish katta ahamiyatga ega. Drozofilada bu metoddan foydalanish qator genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlash imkonini berdi. drozofilaning IV xromosomasining sitologik va genetik xaritasi namoyish etilgan. Genlar xromosomaning qaysi joyida joylashganligini T. Paynter metodi bilan aniqlanadi. Buning uchun u xromosomalaming turli kichik hajmdagi qayta qurilishlari - strukturaviy o ‘zgarishlari (duplikatsiya, deletsiya, defishensi) dan foydalandi.
Genetik va sitologik xaritalarni o‘zaro taqqoslash xromosoma uzunligi bo‘yicha krossingover chastotalarining har xil ekanligini isbotladi. Bu narsa so‘lak bezining xromosomalarida ko‘rsatib berildi. Drozofilaning hamma to‘rtta politen xromosomalarining genetik xayaratish masalasi qo‘yildi. Xromosomaning birinchi sitologik xaritasini rus olimi F. Dobjanskiy yaratdi. Bu kashfiyotda drozofilaning xromosomalari har xil genlar bilan nishonlandi. Bu genlarning xromosoma genetik xaritasida joylashish dalillariga asoslanib, xromosomalarda translokatsiya ta’siridagi strukturaviy o‘zgarishlar sitologiyasi tadqiq qilindi. Olingan dalillarga asoslanib, marker (nishonli) genlarning xromosomada joylashish tarkibi va ular orasidagi masofa aniqlandi. Olingan dalillarga asoslanib, xromosomaning sitologik xaritasi tuzildi. Oqibatda, xromosomaning genetik va sitologik xaritalarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yaratildi.
Xromosomaning genetik va sitologik xaritalarini qiyosiy tahlil qilish natijasida quyidagi qonuniyatlar aniqlandi:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin