Xromosomalar morfologiyasi va o’lchami. Xromosomalar shakli va katta-kichikligi hujayra bo’linishining metafaza davrida o’rganiladi. Chunki bu davrda xromosomalar qisqarib, yo’g’onlashib to’liq shakllanib hujayraning ekvator tekisligida yaxshi ko’rinadigan holatda joylashgan bo’ladilar. Har bir xromosomaning shakli, asosan unda tsentromera(birlamchi belbog’)ning qaysi qismda joylashganligiga bog’liq.
M etafaza bosqichidagi xromosomalarning har xil tiplari.
2 – rasm. 1 – metatsentrik (teng yelkali); 2 – submetatsentrik (kuchsiz yelkalari teng bo’lmagan); 3, 4, 5 – akrotsentrik (keskin yelkalari teng bo’lmagan); 6- telotsentrik (tsentromerasi qariyb xromosoma oxirida); 8- akrotsentrik ikkilamchi belbog’i bilan; 9- yo’ldoshli; tsentromeralar oq dumaloq shaklda berilgan.
Sentromeralarning joylashishiga qarab xromosomalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin
1. Metatsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromosomaning o’rtasida joylashib uni ikki o’zaro teng qismga bo’ladi. Har bir qism xromosoma yelkasi deb yuritiladi. Agar xromosoma uzun bo’lsa, tsentromera uni teng ikkiga bo’ladi va u lotincha V harfiga o’xshash shaklga ega bo’ladi rasmning 1 – shakli. Agar tsentromera qisqa bo’lgan xromosomaning markazida bo’lsa u rasmning 7 –shaklida ko’rsatilgan holatda bo’ladi.
2. Submetatsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromosoma tanasining bir uchiga yaqinroq joylashib, ularni noteng yelkali va bir tomon yelkasi juda qisqa qismlarga bo’ladi. rasmning 2 va 3-shakllari.
3. Akrotsentrik xromosomalar. Bu xromosomalar tayoqchasimon shaklda bo’lib, tsentromera ular tanasining bir uchida joylashgan bo’ladi. Ularda ikkinchi yelka juda ham kichik nuqtasimon shaklda bo’ladi rasmning 4 va 5-shakllari.
4. Telotsentrik xromosomalar. Ularda tsentromera xromosomaning uchida joylashgan bo’ladi rasmning 6-shakli.
5. Ikkilamchi belbog’ga ega bo’lgan akrotsentrik xromosomalar rasmning 8-shakli.