Kirish jarayonning fizik-kimyoviy asoslari



Yüklə 381,89 Kb.
səhifə1/9
tarix01.02.2023
ölçüsü381,89 Kb.
#82223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
OOT8019


Mundarija.



  1. Kirish ……………………………………………....

  2. Jarayonning fizik-kimyoviy asoslari……………….

  3. Texnologik sxema bayoni………………………….

  4. Texnologik hisob…………………………………...

  5. Asosiy jihoz bayoni…………………………………

  6. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish…………

  7. Mexnatni va atrof-muhitni muxofaza qilish..………

  8. Xulosa ………………………………………..........

  9. Adabiyotlar…………………………………………


1.Kirish


Yurtimizda kimyo sanoatining rivojlanishi asosan neftni qayta ishlash va mineral o`g`itlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq. Dastlab 1906 – yilda Farg`onada neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Unda asosan kerosin olinar va yoritish maqsadida ishlatilar edi.
Keyinchalik Toshkentda lok-bo`yoq zavodlari (1920 y.), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 y.) qurilib ishga tushirilgan. O`zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xo`jalik bo`lgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo`lgan mineral o`g`itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigantic – Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o`sha yilning o`zidayoq qishloq xo`jaligimiz uchun 1 ming 600 t. mineral o`g`it ishlab chiqardi. 1942 – yilda Qo`qon superfosfat zavodi, 1962 – yilda Farg`onaazot ishlab chiqarish birlashmasi, 1965 – yilda Navoiy kimyo kombinati, 1975 – yilda Olmaliq ammafos zavodlari, 2001 – yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985 – yilga kelib Respublikamizda to`yimli moddalarini 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln 592 ming t. mineral o`g`it ishlab chiqarildi va o`g`it ishlab chiqarish bo`yicha Bolgariya, Vengriya, Polshadan ham o`zib ketdi. Hozirgi paytda O`zbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda o`g`it ishlab chiqarmoqda.
Mineral o`g`itlar (asosan azotli o`g`itlar) 1914-18- yillarda ammiakni havodagi azot va vodoroddan sintezlash sanoat miqyosida o`zlashtirilganidan keyin kimyo sanoatida ishlab chiqarila boshlandi. Farg`ona azotli o`g`itlar zavodi, Navoiy kimyo kombinatida asosiy turdagi azotli o`g`itlar ishlab chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi kimyo sanoatining azotli o`g`itlar ishlab chiqarish bo`yicha yillik quvvati 2.8 mln.t (1995- yilda 1012,1 ming t azotli o`g`itlar ishlab chiqarildi; 100% oziq modda hisobida). Azotli o`g`itlar ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy hom ashy obo`lib xizmat qiladi. Azotli o`g`itlar notuproq zonada, o`rmonli dasht zonaning nam joylari va sug`oriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xo`jalik o`simliklarining hosildorligini oshirishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. O`simliklar ko`pincha azotning mineral birikmalaridan, asosan, nitrat va ammoniy tuzlarini o`zlashtiradi. Mineral azotli o`g`itlarda azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amidli ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Bu o`g`itlar tarkibidagi azotni o`simliklar oson o`zlashtiradi va uning ta`siri tez bilinadi. Sug`orma dehqonchilik mintaqasida qo`llaniladigan azotli o`g`itning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi. Ammiakli o`g`itlarga ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy bikarbonat, suvli va suvsiz ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiakli azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.
Texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanayotgan korxonalarda haridorgir, zamon talablariga mos va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, ko`plab ish o`rinlari yaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2009 yil 11 martda qabul qilgan “Kimyo sanoati korxonalarini qurilishini jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o`zlashtirish bo`yicha chora-tadbirlar Dasturi to`g`risida” gi qarori bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirmoqda. Tarmoq korxonalari mamlakatimiz qishloq xo`jaligiga ko`plab miqdorda fosfatlashtirilgan ammiak selitrasi, A markali methanol, ammiak ishlab chiqarish uchun katalizatorlar, karbamid-ammiak aralashmasi, natriy nitrati, trinatriyfosfat, va karboksilmetilselluloza kabi keng turdagi kimyo mahsulotlari yetkazib berilyapti. Respublikamiz kimyo sanoatining asosiy korxonalari “O`zkimyosanoat” davlat -aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar, xalq iste`mol mollari va boshqa turdagi kimyoviy texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo`lib, ular “O`zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga va viloyatlar hokimliklari boshqaruvi tarkibida faoliyat ko`rsatadi. Birgina “O`zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda 250 dan ortiq nomad mahsulot ishlab chiqariladi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati korxonalari mahsulotlarining hissasi 50 % dan ortiqni tashkil etadi(2005). Respublika kimyo sanoatida tabiiy gaz, neft, ko`mir, oltingugurt, fosforitlar, ohaktosh, texnik osh tuzi, shuningdek, rangli metallurgiya, paxta va kanopni qayta ishlash chiqindilaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi.




  1. Yüklə 381,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin