Har qanday ishlab chiqarish korxonasida sog`likni saqlash va havfsizlik choralarini ko`rish doimo diqqat markazida bo`lgan. Atrof-muhit muhofazasi mehnat qonunchiligi, texnika havfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat gigiyenasi, yong`in havfsizligi choralari kabi savollarga javob berish bilan birga ushbu talablarga amal qilinishni ham nazorat qiladi.
Zamonaviy energotexnologik ammiak ishlab chiqarish agregatlari yuqori bosim va issiqlik jarayonlari bilan boradi.Bu kabi agregatlarda ishlovchi ishchi personal toksikologik, portlovchi moddalar bilan va 22 MPa gacha bosim, 40-5000C oraliqdagi haroratda ishlovchi qurilmalar bilan ishlashiga to`g`ri keladi.Shuninh uchun ammiak ishlab chiqaruvchi sexni loyihalayotganda, texnika havfsizligini choralarini ko`rish, sanitar-gigiyenik sharoitlarini yaratish, jarohatlanish, kasallanishni oldini olish kabi holatlar yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi –ish joyida zaharli va zararli ta`sirlarni oldini olishga qaratilgan va bajarilishi shart bo`lgan gigiyenik, sanitar-texnik chora-tadbirlar yig`indisi.
Havo muhiti.
Ishlab chiqarishning zaharli moddalari bilan zararlangan havo muhiti ishlab chiqarishda sog`likning yomonlashishiga,turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ammiak ishlab chiqarishda ishchi personal uchun zarali bo`lgan quyidagi moddalar qo`llaniladi:
gidrazingidrat (N2H4∙2H2O) – ko`z qatlamlarini va yuqori nafas yo`llarini kuchli yemiradi, markaziy nerv sistemasini ishdan chiqarib teriga jiddiy zarar yetkazadi. Havoda chegaraviy ruhsat etilgan konsentrarsiyasi 0,1 mg/m3.Trinatriyfosfat (Na3PO4∙12H2O) – chang holatida ko`z, nafas yo`llari va teriga zarar yetkazadi. Ishlab chiqarish korxonalarida chegaraviy ruhsat etilgan konsentratsiyasi 10 mg/m3.
Monoetanolamin – markaziy nerv sistemasiga toksikologik ta`sir etadi. O`limga olib keluvchi miqdori – odamning 1 kg og`irligiga 1 g to`g`ri keladi. Ishlab chiqarish hududlarida havoda chegaraviy ruhsat etilgan konsentratsiyasi 0,5 mg/m3.