Mundarija kirish I. Bob. Xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə3/21
tarix10.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#127967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
kurs ishi Yaxyobek

Kurs ishining maqsadi: Bu kurs ishining maqsadi odam kariotipini o’rganish ularning turlari haqida ma`lumotga ega bo`lish, uning tirik organizmlar hayotidagi, nasllar gallanishidagi ahamiyatini o’rganishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifasi: Kurs ishiga quydagicha maqsad va vazifalar qo‘yildi;

  1. Xromosomalarning molekulyar tuzulishini o’rganish.

  2. Kariotip haqidagi bilimlarni boyitish.

  3. Odamdagi 23 juft xromosomalarni vazifasi va tuzilishi bilan tanishtirish.

  4. Kartalashtirish dasturlari, genlarning filogenetik shajaralarini o’rganish dasturlarini o’rganish.

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Xromosoma irsiyatni belgilaydi. Shunday ekan, undagi o`zgarishlar, almashinuvlarni o`rganish organizmlarda namoyon bo`lgan foydali va zararli xususiyatlar haqida ma`lumotlarni qo`lga kiritishda zarur omildir.


I.BOB. XROMASOMA. XROMOSOMALARNING MOLEKULYAR TUZILISHI
1.1. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi
Tirik organizmlar hujayrasini o’rganuvchi fan sitologiya deb ataladi. Bu fanda qo’llaniladigan tsitologik metodning irsiyat, irsiylanish va o’zgaruvchanlikning moddiy asoslarini tadqiq qilishda ahamiyati juda katta. Bu metod yordamida hujayraning irsiy axborot manbai bo’lgan genlarni tashuvchi va ularning faoliyatini ta’min etuvchi qismlar, ayniqsa, xromosomalarning tuzilishi va funktsiyasiga oid dalillar olindi. Bu metod yordamida duragaylarni genetik tahlil qilish metodiga bog’liq bo’lmagan holda, hujayra yadrosining, undagi xromosomalarning irsiyatdagi roli kashf etildi. TSitologik tadqiqotlar natijasida hujayraning mitoz, meyoz usulida bo’linishi, gametalar hosil bo’lishi, ularning qo’shilib zigota hosil qilishi jarayonida xromosomalar holati va faoliyatiga oid qonuniyatlar aniqlandi.
Sitologiyaning genetika fani rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari asosan quyidagilardan iborat:
O’simlik va hayvon organizmlarining har qaysi turi ma’lum va turg’un sondagi, har xil shakl va katta-kichiklikdagi (ko’lamdagi) xromosomalar to’plami (kariotip) ga ega.
Bir xil masshtabda tasvirlangan har xil o’simlik va hayvon turlarining kariotiplari.

1 – rasm. 1-diatom suvo’ti (Cocconcis placentula); 2-meva pashshasi (Drosop’ila melanogaster); 3-murakkab gulli (Crepis capillaris); 4-chigirtka (Gomp’ocerus rufus); 5-qo’ng’iz (Gerris lateralis).

Ularning tana hujayralarida jinsiy hujayralardagiga nisbatan xromosomalar soni ikki hissa ko’p bo’ladi. Tana hujayralaridagi xromosomalar soni diploid deb atalib «2n» bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralardagi xromosomalar soni gaploid deb atalib «n» bilan ifodalanadi (Bu nazariyaga binoan genlar muayyan sonda, muayyan tartibda qator tizilgan holda xromosomalarda joylashgan. Bitta xromosomada joylashgan genlar kelgusi avlodlarga odatda birikkan holda irsiylanadilar.


Sitologiyaning yuqorida bayon etilgan yutuqlari genetika fani kashf etgan irsiylanish va irsiyat qonunlarining to’g’ri ekanligini tasdiqladi, yangi qonuniyatlar ochish uchun asos bo’lib xizmat kildi.
Mendel qonunlarining qayta kashf etilishidan ko’p vaqt o’tmasdan 1902 yilda T.Boveri Germaniyada, V.Setton Amerikada bir vaqtning o’zida gomologik va nogomologik xromosomalarning meyoz va jinsiy hujayralarning hosil bo’lishi va ularning urug’lanib zigota hosil qilishi jarayonidagi faoliyati bilan allel va noallel genlarning belgilar irsiylanishini ta’min etishdagi faoliyati orasida parallelizm (o’xshashlik) bor ekanligi haqidagi xulosaga kelishdi. Qayd etilgan dalillar negizida genlarning xromosomada joylashganligi haqidagi tushuncha shakllana boshlandi. Amerikalik olim T.Morgan va uning shogirdlari – G.Meller, A.Stertevant va K.Bridjeslarning tsitogenetik tadqiqotlari natijasida irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi (1911 y.).

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin