Kurs ishining dolzarbligi: ma’lumki, inson hayoti uchun zarur bo’lgan o’simliklarning, hayvonlarning va mikroorganizmlarning yangi turlarini yaratishda, ya’ni sun’iy tanlashda chatishtirish, seleksiya va mutatsiya uslublaridan foydalanib kelinmoqda. 1975-80- yillardan boshlab bir organizmdagi bo’lgan xususiyatlarni ikkinchi organizmlarga o’tkazishda gen injenerligidan foydalanish uslublari yaratildi.
Bir organizm xromosomasidagi genlarni ko’chirib ikkinchi organizm xromosomasiga o’tkazish yo’li bilan, inson hayoti uchun muhim rolni o’ynovchi fiziologik faol moddalarni – fermentlarni, aminokislotalarni, oqsillarni, uglevodlarni, gormonlarni, shular jumlasidan har xil kasalliklarga qarshi kurashishda ishlatiladigan antibiotiklarni ishlab chiqarish hamda yangi gibridlar yaratildi.
Genetik injeneriya metodlarining rivojlanishi va mukammalashuvi natijasida qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, chorvachilikda yangi zotlarni yaratish hamda irsiy kasalliklarni davolash imkoniyati ortadi.
Gen injenerligi uslubi bilan mikroorganizmlardan olingan yangi gibridlardan shaker kasalligiga qarshi ishlatiladigan insulin garmoni, insonning o’sishini boshqaradigan somatotropin garmoni, avloddan-avlodga beriladigan irsiy kasalliklarni davolashda keng miqdorda ishlatiladigan interferon oqsili, inson organizmiga tashqaridan kiradigan yod faktorlardan (antigenlardan) himoya qilish uchun monoklon antitelalarni (immunitetlar) olish biotexnologiyalari yaratilgan.
Gen injenerligi uslubi asosida yaratilayotgan yangi o’simliklarning navlari ya’ni vilt kasalligiga, tuproqning va suvning sho’rlanish darajasiga, issiqqa hamda sovuqqa chidamli, ko’p hosil beruvchi navlarning yaratilishi, ko’p zotli nasldor, sersutli, sergo’shtli hayvon zotlarining yaratilishi, har xil kasalliklarni tarqatuvchi mikroorganizmlarga qarshi ishlatiladigan fiziologik faol moddalarning ishlab chiqarish sohasidagi ma’lumotlardan o’qitish jarayonida va xalq ommasiga targ’ibot qilishda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu fanning asosiy vazifasi zamonaviy gen muhandisligi yutuqlarini xalq xo’jaligi amaliyotida keng ko’lamda qo’llashdan iborat.
Gen ustida ishlash, uni o’zgartirish haqiagi fikrlar 20-asrning 30-40- yillarida aytilgan edi. Lekin bu sohadagi tekshirishlar asrimizning 60-yillaridan boshlab olib borildi. Bu vaqtda ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida irsiy apparatni fundamental o’rganish imkoniyatini yaratuvchi xilma-xil asbob-uskunalar yaratildi, molekulyar biologiya va genetika sohalarida muhim kashfiyotlar qilindi. Bularga genning tuzilishi va fuksiyasini; genetik kodning tuzilishi va universalligini aniqlash; asosiy genetik jarayonlarni nazorat qiluvchi fermentlarni ajratib olish, shuningdek, laboratoriya sharoitida nuklein kislotalar fragmentini sintezlash va ularni o’zaro biriktirish kabi kashfiyotlar kiradi.