Mundarija Kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari


I.3. XXI asr boshlarida xalqaro siyosatning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 297 Kb.
səhifə6/9
tarix14.12.2023
ölçüsü297 Kb.
#179192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Feruza

I.3. XXI asr boshlarida xalqaro siyosatning o’ziga xos xususiyatlari.
Hozirgi kunda barcha xalqlar va davlatlar yer yuzida bo’layotgan voqealar, taraqqiyot jarayonlari bilan uzviy bog’langan sharoitda yashamoqdalar. Chunki dunyoning u yoki bu mintaqalarga ham o’z ta’sirini ko’rsatish tabiiy. Bu to’g’rida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 2000 – yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqini eslash joiz: “Kimki qandaydir tor xavfsizlik qobig’iga o’ralib, bu Yevropa, Amerika yoki boshqa biror mintaqaga taalluqli deya “o’zga” davlatlar muammolaridan go’yo chetda turishga intilayotgan bo’lsa, mavjud voqelikdan tamomila yiroqdir, bugun dunyo mamlakatlari bir – biri bilan uzviy bog’liq va ajralmasdir ”1. shu sababdan sodir bo’lgan bunday o’zgarishlarni chuqurroq o’rganib, ularga o’z munosabatimizni bildirishimiz muhim.
Prezidenti I. Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oyaga amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”2, - deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil 49 bet).
Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.
Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
Yer yuzida davlatlar sonining ko’payishi va rivojlana borishi ular o’rtasidagi munosabatlarning yanada takomillashib borishiga olib keldi. Mamlakatlar o’rtasida hamkorlikning xilma-xil shakllari tashkil topib bordi va ular xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Hamkorlikning bunday shakllari orasida siyosiy hamkorlik munosabatlari ham rivojlandi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir yangi tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama – qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. Bunday sharoitda voqelikka umumjahon tsivilizatsiyasi nuqtai-nazaridan sog’lom aql pozitsiyasidan turib qarash davr talabiga aylandi.
Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.
Chunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.
Asrimizning oxiriga kelib va XXI asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilishi zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri uning birligi va yaxlitligi tomon og’ishmay rivojlanayotganidir.
Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda tobora birlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo – Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va h.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bog’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bag’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning birbutunligidan kelib chiqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’siqlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Insoniyatning ko’p ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida oldinlari hech bo’lmagan va kutilmagan vaziyat yuzaga keldi: Ommaviy qirg’in qurollari, birinchi navbatda, termoyadro qurolining vujudga keltirilib, tobora takomillashtirib borilishi natijasida insoniyat hayot-mamoti, tsivilizatsiyasi uchun termoyadro xalokati xavfi tug’ildi, insonning ishlab chiqarish faoliyati ko’lami kengayib va ko’payib borgani sari jahon tsivilizatsiyasi va inson hayot mamoti uchun ekologik xalokat xavfi tug’ilib, kuchayib bormoqda.
Es-xushi joyida bo’lgan har bir odam shuni yaxshi tushunadiki, termoyadro va boshqa ommaviy qirg’in qurollarini qo’llab, olib borilgan urushdan keyin atmosfera, yer va suv radiatsiya bilan zaxarlanib, ob-xavoning mudxish tarzda o’zgarishi, yer yuzi buylab tarqalishi faqat odamlar avlodining qurib ketishigina emas, balki xayvonot hamda o’simlik dunyosining ham ko’pchilik qismi yer yuzidan yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Yer sayyorasida umuman ongli hayot yana qaytadan vujudga kelishi mumkin bulmay qoladi.
Jahon siyosati keng qamrovli, serqirra va xilma-xil xalqaro munosabatlar mazmuniga ega bo’lib borgani sari barcha umumbashariy muammolarni faqat “o’zining” tuzumi manfaatlari, faqat “o’zining” milliy-davlat maqsadi intilishlari nuqtai nazarida turib emas, balki hozirgi dunyoning birligi, yaxlitligi qonun-qoidalarini to’g’ri anglagan holda yechish yo’llarini topish ijobiy samara keltirib, maqsadga erishish imkoniyatini yaratib beradi.
“Xavfsiz dunyo, - deb ta‘kidladi Prezidentimiz I. Karimov, - umuman, butun insoniyat uchun ham, huquqlari uchun kurashda ozmuncha nayzasi sinmagan har bir inson uchun ham oliy maqsaddir. Bugungi kunda jahondagi ko’pgina mintaqalarda yuz berayotgan, odamlarni eng asosiy huquqi – yashash huquqidan mahrum qilayotgan qonli to’qnashuvlar to’xtatilmas ekan, inson huquqlari va insoniyat taraqqiyoti sohasida erishilgan yutuqlar to’g’risida jiddiy gapirib bo’lmaydi” (I. Karimov “Bunyodkorlik yo’lidan”. T., 1996 y, T-4, 35-bet).
Hozirgi jahon siyosatining o’ziga xos xususiyati shundaki, har bir davlat o’zining tashqi siyosatini belgilashi jarayonida boshqa mamlakatlarning ham maqsad manfaatlarini hisobga olishi shart. Bu davrning amri va talabidir.
Xozirgi davr muammolarini belgilab beruvchi ikki siyosiy moyillik – dunyo birligi va yaxlitligi aniq xisobga olingan holdagina to’g’ri xal qilish imkoniyati yaratiladi.
O’zbekiston Mustaqilligining dastlabki yillarida o’zining Konstitutsiyasi, Davlat bayro’gi, gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. 1991 – yil 18 – noyabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. Bayroqdagi havorang – zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy lojuvard – havorang sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham o’z bayrog’iga bu rangni tanlagan.
Hozirda O’zbekistonning mustaqilligini 165 ta davlat tan olgan. Shulardan birinchi bo’lib, Gruziya 10 oktyabr 1991 yil tan olgan.
Dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o’rnatilgan Toshkentda 35 ta mamlakat elchixonasi ochgan. Dunyodagi 20 dan ortiq davlatda AQSH, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Fransiya, va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi. Eng yirik bank va miloya organlari nodavlat va noxukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro’yxatdan o’tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkiloti ishlab turibdi. 1991 yil Ashgabodda 13 dekabr kuni O’zbekiston,Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, va Turkmaniston Prezidentlari uchrashub bayonet e’lon qildilar, Bayonatda besh davlat boshliqlari M.D.H.ga, uni ta’sis ekanliklarini bildirdilar. 1991 yil 21 dekabrda Almatida 11 – davlat Rossiya (B. Elsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorussiya (S. Shushkevich), Qozog’iston (N. Nazarboyev), O’zbekiston (I.A.Karimov), Qirg’iziston(A. Akayev), Tojikiston (R. Nabiyev), Turkmaniston (S. Hiyozov), Azarbayjon(A. Mutalibov), Armaniston (Ter - Petrosyan), Moldaviya (M. Snegur) – boshliqlarining kengashi bo’ldi. Almati uchrashuvida Almati Deklaratsiyasi, Rossiya SSSR o’rniga BMT va xalqaro tashkilotlarda a’zolikni davom ettirishni tasdiqlovchi qaror; Yadro quroli bo’yicha bitim, Qurolli kuchlarga qo’mondonlik qilishni E. I. Shaposhnikovga topshirish to’g’risida Bitim imzolandi.
1992 yil 15 may kuni Toshkentda o’tkazilgan kengashda – Kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim; - moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik to’g’risida bitim;
- havo bo’shlig’idan foydalanish haqida bitim;
- kosmik dasturni bajarishga pul ajratish to’g’risida bitim;
- yagona byudjetni shakllantirish to’g’risida bitim;
- chegara qo’shinlarini pul bilan ta’minlash to’g’risida bitim;
- qurolli kuchlarni qisqartirish haqida bitim imzolandi.
1991 yil 16 – 19 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’ldi. Unda quyidagi hujjatlar imzolandi.

  • O’zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o’rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnoma;

  • Ikki davlat o’rtasida iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim;

  • O’zbekiston Respublikasi bilan turkiya jumhuriyati o’rtasida konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida Bitim;

  • Ikki davlat o’rtasida 1992 – 93 yillarda madaniyat, ta’lim va ilm – fan sohasidagi ayirboshlash to’g’risida Bitim imzolandi.

  • Ikki davlat hukumati o’rtasida transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to’g’risida bitim;

  • O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya jumhuriyati hukumati o’rtasida madaniyat, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to’g’risida bitim;

  • O’zbekiston Axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadalu” agentligi o’rtasida axborot ayirboshlash va hamkorlik qilish to’g’risida Bitim;

  • O’zbekiston Respublikasi Televideniya va radioeshittirish davlat komiteti bilan Turkiyaning radio – television tashkiloti o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida Bitim;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan Turkiya jumhuriyati Prezidenti o’rtasidagi Bitim imzolandi.

O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillarida 1992 yil 2 martda jahonning eng nufuzli xalqaro tashkiloti bo’lmish BMTga a’zo bo’ldi. Shu kuni BMT bosh Assambleyasi binosi oldida O’zbekiston Respublikasining milliy bayrog’I ko’tarildi. Shu tariqa Toshkentga BMTning birlashgan vakolatxonasi ochildi. 1992 yil 26 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mustaqil davlat nomidan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT)ning hujjatini imzoladi. 1992 yilning sentyabr oyida O’zbekiston Parlamenti ko’hna xalqaro tashkilotlardan biri – Parlamentlararo Ittifoqning – 119 – a’zosi bo’ldi. Mustaqillik yillaida O’zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi kundan – kunga ortib bormoqda. 1992 yil 12 – 14 – mart kunlari O’zbekiston rahbari I. A. Karimov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrufdan maqsad ikki davlat o’rtasida do’stlik rishtalarini bog’lash diplomatic munosabatlar o’rnatishdan iborat edi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi Boshqarmasi bilan Xitoy Xaql Respublikasi aviatsiyasi boshqarmasi o’rtasidagi muzokaralar Bitim imzolandi.
Xitoy Banki bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milli banki o’rtasidagi banklararo Bitim imzolandi. O’zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Aloqa vazirliga o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi 13 – mart 1992 – yil.
Sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o’rtasida bitim imzolandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida hamjihatlik to’g’risidagi Bitim imzolandi. O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi o’rtasida maslahatlashuvlar o’tkazish to’g’risida Bitim imzolandi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati va Xitoy Xaql Respublikasi hukumati o’rtasida temir yo’l transporti sohasidagi hamkorlik to’g’risida Bitim; madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport sohasida hamkorlik qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xaql Respublikasi hukumati o’rtasida bitim; O’zbekiston – Xitoy qo’shma axboroti qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng arab davlatlari bilan ham xalqaro munisabatlarda katta mavqeini egallab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1992 – yil 13 – 14 aprel kunlari Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlari bo’yicha Qo’shma Bayonot imzolandi. Turkiya bosh vaziri S.Demirel 27 – 28 – aprel kunlari O’zbekistonga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan maqsad; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Turkiya jumhuriyati o’rtasida o’zaro kelishilgan bitim;
O’zbekiston Davlat Teleradiokompaniyasi bilan Turkiya radio va televideniie muassasasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida Bitim;
Ikki davlat hukumatlari o’rtasida kichik va o’rtacha ishxonalarni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik to’g’risidagi Bitim;
O’zaro hamjihatlik Memorandumi;
O’zaro tushunish Memorandumi imzolandi.
O’zbekiston rahbari I.A.Karimov 16 – 19 – iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasiga bo’ldi.
U yerda O’zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar va hamkorlik qilish to’g’risida Bayonnoma;
Ikki davlat hukumatlari o’rtasida vizalar berish masalalarida o’zaro hamkorlik to’g’risida memorandum; Ikki davlat hukumati o’rtasida kapital mablag’larni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish to’g’risida Bitim; Ikki davlat hukumati o’rtasida ilmiy – texnikaviy hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi.
Davlatimiz rahbari do’stlik rishtalarini mustahkamlash niyatida 19 – 22 – iyun kunlari Malayziyaga ham tashrif buyurdi.
O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Malayziya hukumati o’rtasida madaniy va ilmiy hakkorlik to’g’risidagi Bitim;
Ikki davlat hukumati o’rtasida iqtisodiy va texnik hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi.
O’zbekiston rahbari I.A.Karimov 22 – 23 – iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Indoneziya Respublikasida bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama munosabatlar o’rnatish to’g’risida qo’shma bayonot;
Ikki davlat hukumati o’rtasida diplomatic munosabatlar o’rnatish to’g’risida qo’shma axborot;
Ikki davlat hukumati o’rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
I.A.Karimov 13 – 14 – avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasida bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Banki bilan Pokiston Islom Respublikasi Milliy Banki o’rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to’g’risidagi Bitim;
O’zbekiston Respublikasi Milliy Banki va Pokiston Islom Respublikasi Davlat Banki o’rtasida Bitim; O’zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi hukumatlari o’rtasida pochta va telekommukatsiya sohasidagi Bitim 13 – avgust 1992 – yilda imzolandi.
30 – sentabr - 2 – oktabr kunlari Finlandiya Respublikasi Prezidenti M.Koyveston O’zbekistonga tashrif buyurdi. O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Finlandiya Respublikasi hukumati o’rtasida sarmoya qo’yishni amalga oshirish va uni o’zaro himoyalash to’g’risida Bitim; O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Finlandiya Respublikasi o’rtasida savdo, iqtisodiyot va texnologiya sohasidagi hamkorlik to’g’risida Bitim 1 – oktabr 1992 – yil imzolandi.
Hindiston tashqi ishlar vaziri L.Bxatiya 12 – oktabr kuni O’zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad; Ikki davlat hukumati o’rtasida savdo, iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiya to’g’risida Bitim;
Ikki davlat hukumati o’rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida 1992 – 1994 – yillarda mo’ljallangan hamkorlik to’g’risidagi Bitim; O’zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi bilan Hindiston Respublikasi madaniyat departamenti o’rtasida 1992 – 1994 – yillar mobaynida madaniyat sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Hindiston Respublikasi Ta’lim ishlari bo’yicha davlat komiteti o’rtasidagi hamkorlik Bitimi;
O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qo’mitasi bilan Hindiston Respublikasi yoshlar va sport ishlari departamenti o’rtasidagi sport sohasidagi o’zaro hamkorlik Dasturi imzolashdan iborat edi.
Afg’oniston rahbari B.Robboniy 13 – 15 – oktabr kunlari tashrif bilan O’zbekiston bo’ldi. Ushbu tashrifda O’zbekiston Respublikasi va Afg’oniston Islom Davlati o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida Bitim; Afg’oniston Islom Davlati rahbari B.Robboniyning O’zbekistonga tashrifi yakunlari to’g’risidagi qo’shma axborot.
Havo yo’li ochish haqida ikki davlat o’rtasida hamjihatlik Memorandum;
Ikki davlat hukumati o’rtasida iqtisodiy va savdo sohalarida hamkorlik to’g’risida ahdlashuv Bitimi imzolandi.
O’zbekiston rahbari I.A.Karimov 24 – 25 – noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Eron Islom Respublikasida bo’ldi. Ushbu tashrifda O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risidagi Deklaratsiya ikki davlat hukumati o’rtasida havo transporti sohasidagi hamkorlik to’g’risida Bitim; Ikki davlat o’rtasida transport sohasidagi hamjihatlik to’g’risida Memorandum O’zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan Eron Islom Respublikasi Pochta, telegraf va telefon vazirligi o’rtasida hamjihatlik to’g’risidagi Memorandum; Ikki davlat hukumati o’rtasida savdo hamkorligi to’g’risidagi Bitim; O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasining Markaziy Banki o’rtasida Bitim; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Eron Islom Respublikasiga tashrifi yakunlari bo’yicha qo’shma axborot Tehronda qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1992 – yilgi amaliy tashrifini 15 – 17 – dekabr kunlari Misrga tashrifi bilan yakunladi.
Tashrifda ikki davlat o’rtsidagi munosabatlar va hamkorlik asoslari to’g’risida bitim O’zbekiston Respublikasi bilan Misr Arab Respublikasi hukumati o’rtasida investitsiyalarni rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risida Bitim;
O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Misr Arab Respublikasi hukumati o’rtasida iqtisodiy va ilmiy – texnikaviy hamkorlik to’g’risida Bitim;
O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan Misr Arab Respublikasi hukumati o’rtasida havo yo’lini ochish va havo transporti sohasida hamkorlik qilish to’g’risida Bitim imzolandi.


Yüklə 297 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin