I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari. I.1. XX asr oxiridagi xalqaro vaziyat……….……………………….7
I.2. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va uning sabablari………15
I.3. XXI asr boshlaridagi xalqaro siyosatning o’ziga xos xususiyatlari………………………………………………………….20
II bob : Jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari. II.1. O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik aloqalarning boshlanishi…………………………………………………………. 28
II.2. Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlashda O’zbekistonning tutgan o’rni……. …………………………………………………………..38
Xulosa ……………………………………………………………..51 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati…………………52 Ilovalar. ……………………………………………………………54
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi:XX asrning so’nggi o’n yilligi ijtimoiy dunyoqarash va jahon hamjamiyatining jo’grofiy – siyosiy tuzulishida tub o’zgarishlar davri bo’lib tarixga kirdi. Jahon hamjamiyati yangi davrga qadam qo’ydi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “…bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun “Erkinlik va demokratiyani olg’a siljitish” niqobi ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini o’z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi”1.
Shuning uchun XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixini yangi adabiyotlar asosida yoritish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron – bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir – biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Mazkur tadqiqot quyidagi omillarga ko’ra dolzarbdir:
Birinchidan,XXasr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi yangi adabiyotlar asosida maxsus bitiruv malakaviy ish tarzida hozirga qadar tadqiq qilinmagan;
Ikkinchidan, globallashuv jarayoni ro’y berayotgan bir vaqtda xalqaro munosabatlar va diplomatiya masalalarini yoritish nafaqat ilmiy balki, amaliy ahamiyat ham kasb etadi;