Uchinchidan, jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari bugungi kuning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mavzuning o’rganilish darajasi: Mustaqillikka erishishi narijasida O’zbekiston o’z tarixiy taraqqiyot yo’lini o’zi erkin tanlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Istiqlol uning uchun jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo sifatida kirish imkoniyatlarini ochib berdi. O’zbekiston davlatining asosiy maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisoyotiga, samarali tashqi siyosatga ega bo’lgan huquqiy – demokratik davlatni barpo etishdan iborat bo’lib qoldi.
Mavzuni o’rganilish borasida to’xtaladigan bo’lsak, avvalo Prezidentimiz I.A.Karimovning mavzuga oid asarlari1 alohida o’rin tutadi. Chunki shu asarlarda xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatimizni jahon hamjamiyatida qo’shilishining asosiy tamoyillari va yo’nalishlari batafsil yoritib berilgan.
Bundan tashqari mavzuning turli davrlarga oid bo’lgan adabiyotlar ham mavjud bo’lib, ular ham mavzuning mazmun mohiyatini ochib berishda muhim manbabo’lib xizmat qiladi.
Ayniqsa, Yu.E.Ivaninning “Yangi davrda Yevropa diplomatiyasining tarixshunosligi” asarida xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga M.S.Gaferli va A.N.Kosayevlarning “Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot asosi” nomli asari ham mavzuning nazariy jihatlarini ko’rsatib berishda muhim manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi2.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari:XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar diplomatiya tarixini kompleks tarzda tadqiq etish ishning asosiy bosh maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqot ishining yuqorida qayd etilgan maqsadlaridan kelib chiqib ishda quyidagilar asosiy vazifalar tarzida belgilab olindi.
- O’rganilayotgan mavzuni to’laligiga yoritib berish uchun ushbu mavzuga oid ilmiy manba va adabiyotlarni to’plash va tahlil etish;
- XX asr oxiridagi xalqaro vaziyatning o’ziga xos xususiyatlarni ochib berish;
- Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishini obyektiv shart – sharoitlarini yoritib berish;
- mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonning xalqaro siyosati tamoyillarini ilmiy tahlil qilish;
- O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik aloqalarning boshlanishini yoritib berish;
- Markaziy Osiyoda tinchligini saqlashda O’zbekistoning tutgan o’rnini ko’rsatib berish;
- tadqiqot natijalariga ko’ra yangi ilmiy xulosalar qilish hamda mavzu yuzasidan tayyor amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi va obyekti:XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar va jahon diplomatiyasi tarixi ishning davriy chegarasini va obyektini tashkil etadi.