Mundarija Kirish I bob: XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari


II bob: Jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari



Yüklə 297 Kb.
səhifə7/9
tarix14.12.2023
ölçüsü297 Kb.
#179192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Feruza

II bob: Jahon hamjamiyati va O’zbekiston munosabatlari .
II. 1. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik aloqalarning boshlanishi.
Mustaqillikka erishganimizdan buyon o’tgan tarixan qisqa davr ichida O’zbekiston dunyo hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi. Bunda mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan har tomonlama puxta ishlagan, chuqur o’ylangan tashqi siyosati hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston tashqi siyosat negiziga quyidagi ustuvor tamoyillar asos qilib olindi:

  • davlat milliy manfaatlarining, xalqaro huquq meyorlarining ustuvorligi;

  • boshqa davlatlarning ishki ishlariga aralashmaslik;

  • barcha nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;

  • o’zning milliy – davlat manfaatlari ustuvorligida o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;

  • biron – bir davlat ta’sir doirasiga kirmaslik;

  • to’la ishonch;

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va ularni rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik erishgandan so’ng, rijovlangan mamlakatlar bilan to’g’ri turib hamkorlik qilmoqda. O’zbekiston 1993 – 1996 – yillarda xalqaro munosabatlarda muhim o’rin egalladi.
O’zbekiston Respublikasi Parlamenti 1993 – yil yanvar oyida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) Parlament Assambleyasining a’zosi bo’ldi. Fevral oyida Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi. O’zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa’y – harakatlari natijasida BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish Dasturi, sanoat taraqqiyoti Dasruti, Bolalar jamg’armsi singari ixtisoslashgan muassasalarni io’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1993 – 1997 – yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) vakolatxonasiga boshchilik qilgan Holid Malikning ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi.
1993 – yil yanvarda Minskda bo’lib o’tgan kengashda MDH ning nizomi qabul qilindi. Davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik kengashi tuzildi.
Afg’oniston – Tojikiston chegarasini mustahkamlash uchun MDH ning tinchlik o’rnatuvchi harbiy qismni yuborish to’g’risidagi bitim imzolandi. 4 – yanvar kuni Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Toshkentda uchrashuv o’tkazdilar. O’rta Osiyo atamasi birinchi marta tilga olindi. Bir – birlariga elchilar yuborishga qaror qilindi. Orolni saqlab qolish bo’yicha xalqaro jamg’arma tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Toshkent Markaziy televideniya, Almatida gazeta chiqarishni tashkil etishga qaror qilindi. Mart oyida Qizil O’rdada bo’lib o’tgan anjumanda Orol bo’yi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash haqida bitim. Orol muammolari bilan shug’ullanuvchi xalqaro kengashi tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
Aprel oyida Minskda bo’lib o’tgan kengash Yelsinga ishonch bildirish haqidagi referendum arafasida shoshilinch bo’lib o’tdi. Davlat boshliqlari MDH ni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini bildirdilar. Qabul qilingan 270 ta hujjatlar etarli darajada amalga oshimayotganligi tanqid qilindi. Birorta ham hujjat imzolanmadi.
1993 – yil 27 – aprel – 1 – may kunlari I.A.Karimov Germaniya Federativ Respublikasiga amaliy tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan G.F.R hukumati o’rtasida sarmoyalarni qo’yishni amalgam oshirish va o’zaro himoya qilishga ko’maklashish to’g’risida bitim imzolandi.
14 may kuni Moskvaga kengash bo’lib o’tdi. Ushbu kengashda M.D.Hning muvofiqlashtirish maslahat qo’mitas va ijroiya kotibiyati tuzishga qaror qilindi. Deklaratsiya qabul qilindi. Tojikistonga yordam berishga qaror qlindi. Rubl zonasi muhokama qilindi. O’zbekiston rahbari I. A.Karimov 8 – 14 iyun kunlari diplomatic munosabatlar o’rnatish, do’stlik rishtalari bog’lash maqsadida Niderlandiya Qirolligida bo’ldi. Unda O’zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o’rtasida davlatlararo munosabatlar haqida qo’shma Bayonot O’zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik to’g’risida qo’shma bitim Gaaga shahrida 9 – iyunda imzolandi.
24 – sentabr kuni Moskvada bo’lib o’tgan kengashda davlatimiz rahbari ham ishtirok etdi. ushbu kengashda iqtisodiy ittifoq barpo etish bo’yicha shartnoma; tashqi ishlar vazirlar kengashi to’g’risida nizom; birlashgan qurolli kuchlar Bosh qo’mondonligini qayta tuzish haqida qaror qabul qilindi.
Inson huquqlar va erkinliklari sohasidagi xalaqaro majburiyatlar haqida Bayonotnoma; Tojikistonda tuziladigan birlashgan mudofaa kuchlari haqida nizom; Davlatlararo Yevroosiyo ko’mir va metal birlashmasini tuzish haqida bitim. Rubl zonasini saqlash borasida kelishib olindi.
I.A.Karimov 28 – 30 – oktabr kunlari Fransiyada amaliy tashrif bilan bo’ldi. Ushbu amaliy tashrifdan maqsad O’zbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolash; Madaniyat, ilmiy – texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim. Sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim imzolash edi. Bu tashrifda I.A.Karimov “Parij xartiyasini” ham imzoladi. “Kredit Kommirsal de Frans ” banki, “Texnik” firmasi, “Elifakiten” neft himiya konsernini bilan Buxoroda neftni qayta ishlashi zavodi qurish haqida kelishib olindi.
1993 – yil 29 – oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonning YUNESKOga a’zoligiga qabul qilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi.
I.A.Karimov BMT Bosh assambleyasining sentabr oyida bo’lgan 48 – sessiyasida ishtirok etdi va nutq so’zladi (28 – sentabr 1993 - yil).
Jahon hamjamiyati e’tiborini O’zbekiston Respublikasi nomidan bir qator takliflarga qaratdi; O’rta Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha Toshkentda BMT ning doimiy ishlovchi seminarini chaqirish; BMT xavfsizlik kengashi huzurida yuzaga kelayotgan xalqaro mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo’yicha maxsus guruh tashkil qilish, O’rta Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb e’lon qilish, O’rta Osiyo mintaqasida kimyoviy va bakteriologik quroli tarqatmaslik ustidan xalqaro nazaorat qilish; Narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish; Orolni va Orol bo’yini qutqarishmasalalari haqida nutq so’zladi. I.A.Karimov 22 – 25 – noyabr kunlari Yevropaning kuchli rivojlangan mamlakatlardan biri Angliyada amaliy tashrif bilan bo’ldi. Ikki davlat o’rtasida o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma imzolandi. Sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim; Havo yo’llarini ochish to’g’risida bitim; ikki davlat o’rtasida fuqarolarning erkin yurish haqida Memorandum ; “Lonro” komponiyasi bilan O’zbekiston o’rtasida oltin biznes haqida bitim; Rotshildlar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan o’zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi.
1994 – yil 11 – yanvar kuni Nukus shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Rossiya davlati rahbari konferensiya o’tkazdilar. Ushbu konferensiyada Orol muammolari bo’yicha xalqaro Kengash Nizomi qabul qilindi. Xalqaro kengash ijroiya organining rahbarini tayinlash haqida qaror qabulqilindi.
30 – aprel kuni O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlat rahbarlari Cho’lponotada uchrashuv o’tkazdilar. Ushbu uchrashuvda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Iyul oyida Almatida bo’lib o’tgan uchrashuvda ham uch davlat rahbarlari (O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston ) ishtirok etdilar. Unda o’zaro integratsiyani kuchytirish bo’yicha bitim. O’rta Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankiga asos solindi. Davlatlararo kengash tuzildi. Bosh Vazirlari, Tashqi Vazirlar va Mudofaa Vazirlari kengashi tuzildi.
21 – oktabr kuni Moskvada bo’lib o’tgan kengashda – MDH doirasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida Memorandum. Iqtisodiy ittifoqning Davlatlaro iqtisodiy qo’mitasi tuzildi. O’zaro to’lov ittifoqini tuzish to’g’risida bitim. Xalqaro tashkilotlarda MDH vakilligini amalga oshirishga ahdlashildi. N.Nazarboyevning Yevroosiyo ittifoqini tuzish haqidagi taklifi muhokama qilindi. G’alabaning 50 yilligini nishonlash haqidagi masala ko’rildi.
Shu yilning oktabr oyida Parijda Ulug’bek haftaligi tantanalari o’tkazildi. Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta obyekt bor.
Samarqand, Buxoro, Xivaning me’moriy, majmualarini qayta tiklash ishlariga YUNESKO eksperti qayta tiklovchi me’mor Jovanni Bokkardi O’zbekistonga ishlashga yordamlashdi.
Dekabr oyida respublikamizda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi.
YUNESKO O’rta Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommaviylashtirishga katta ahamiyat berildi. YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda O’rta Osiyoni tadqiq qilish xalqaro institute tashkil etildi.
YUNESKO bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida institute tantanali ravishda ochildi. 1995 – yil 10 – fevral kuni Almatida bo’lib o’tgan kengashda – MDH ning mamlakatlarini integratsiyasi bo’yicha 13 ta bitim imzolandi. MDH mamlakatlari chegaralarini qo’riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. O’zbekiston Rossiya – Belarusiya – Qozog’iston o’rtasida yagona bojxona tuzish haqidagi shartnomaga qo’shilish istagini rasmiy ravishda izhor etdi.
3 – mart kuni Toshhovuzda bo’lib o’tgan uchrashuvda O’rta Osiyo davlat rahbarlari ishtirok etdi. unda Orolni qutqarish bo’yicha xalqaro jamg’arma tuzish, davlatlararo kengash faoliyati va rejalari muhokama qilindi. Prezidentlar tomonidan qo’shma Bayonot imzolandi.
1995 – yil 14 – aprel kuni Chimkent kengashida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlat rahbarlari ishtirok etdilar. Ushbu kengashda Bayonot imzolandi. Davlatlararo integratsiyani jadallashtirish bo’yicha kommyunike imzolandi. 2000 – yilgacha integratsiya dasturi ma’qullandi. Tinchlikni ta’minlovchi birlashgan batalon tuzishga kelishildi. 26 – may kuni Belorusiya poytaxti Minsk shahrida bo’lib o’tgan kengashda – MDH chegaralarini qo’riqlash Mustaqil Davlatlar to’g’risida shartnoma (7 davlat imzoladi). Kolliktev tinchlikni saqlash kuchlarini (K.T.S.K). tojikiston va Abxaziyada saqlab turish muddatlarini uzaytirish haqida bitim. Parlamentlararo assambleya tuzish masalasi ko’rildi. Iqtisodiy sud faoliyatini takomillashtirish haqida qaror qabul qilindi. Fuqarolarni Jukov medali bilan mukofotlash to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekiston bilan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotlari – NATO o’rtasida o’zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995 yil iyul oyida O’zbekiston NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga qo’shildi. “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga tomonidan 1995 yilda AQShgan harbiy mashqlarida O’zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy texnik tayyorgarligini yanada ko’tarishga xizmat qildi. Iyul oyidan O’zbekistonda aniqrog’I poytaxtimiz Toshkentda YXHTning aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda 15 – 16 sentyabr kunlari O’rta Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkentda Kengash seminari bo’lib o’tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 ta xalqaro tashkilotdan kelgan Muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish yuzasidan o’z takliflarini aytdilar. 1995 – yil 15 – dekabr kuni O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat rahbarlari Jambulda bo’lib o’tgan kengashda ishtirok etdilar.
2000 – yilgacha bo’lgan integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturi bo’yicha qaror qabul qilindi. Mudofaa Vazirlar Kengashi tasdiqlandi. BMT boshchiligida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikasining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil etish va shakllantirish haqida qaror qabul qilindi.
1996 – yil 3 – yanvar kuni Prezident I.A. Karimov Koreya Respublikasining “DEU” komponiyalari raisi Kim U Jun boshchiligidagi deligatsiya a’zolarini qabul qildi. Mamlakatimizni rahbari Andijon viloyatining Asaka shahrida jadal sur’atda qurib bitkazilayotgan “O’zDEU avto” qo’shma korxonasi haqida to’xtalar ekan, bu loyihaning qisqa muddatda amalg oshirilishi jahon avtomobilsozligi tarixida noyob hodisa ekanligi ta’kidlangan edi. “DEU” kompaniyalari raisi Kim U Jun Asakadadagi qo’shma korxonaga tashrifi haqida so’zlab, loyihadan ko’zlanhan maqsad ishlarning yuqori sifat va tezkor sur’atda amalga oshirilayotganidan mamnun ekanini aytgan edi. Suhbat chog’ida “O’z DEU” qo’shma korxonasi faoliyati, avtomobilsozlik sohasid mutaxassislar tayyorlashni keng yo’lga qo’yish va o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
5 – yanvar kuni I.A.Karimov mamlakatimizga amaliybilan kelgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo’stlik ishlari vaziri Malkomi Rifkindni qabul qildi. Ushbu tashrifning suhbat chog’ida O’zbekiston - Buyuk Britaniyaning hamkorligini yanada rivojlantirish bilan bog’liq masalalar yuzasidan muhokama qilindi.
10 – yanvar kuni Moskvada bo’lib o’tgan kengashda – o’ndan ziyod masalalar muhokama qilindi. Bojxona va to’lov ittifoqini shakllantirish. MDH mamlakatlari madaniyat arboblarining kongressini o’tkazish to’g’risida qonun qabul qilindi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Yelsin yana bir yil muddatga MDH davlat boshliqlarining kengashi raisi etib saylandi.
19 – yanvar kuni Ko’kchatov bo’lib o’tgan yig’ilishda bo’yicha O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari rahbarlari ishtirok etdilar. Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning 2000 – yilgacha bo’lgan dasturi yuzasidan fikr almashildi. O’rta Osiyo ziyolilari vakillariga Toshkent qurultoyida yuksak baho berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1996 – yil 27 – may kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi.
Prezident saroyida I.Karimov va Ozarbayjon Prezidenti H.Aliyev o’rtasida yakkama – yakka muloqot bo’ldi, so’ng kengaytirilgan tarkibda muzokaralar boshlandi. Muzokaralar so’ngida ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash soliq, bojxona, havo yo’llari, avtomobil vat emir yo’llar aloqalari, yuk tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin hujjat imzolandi. Islom Karimov Boku universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u talabalar bilan uchrashdi. O’zbekiston Davlat rahbariga iqtisodiyot, fan, maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Boku Universiteti doktori degan faxriy unvon berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov shu yili 28 – may kuni rasmiy tashrif bilan Gruziyaga keldi. Islom Karimov va Gruziya Respublika Prezidenti Eduard Shevard Nadze o’rtasidagi muzokaralarda har ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. So’ng Prezidentlar ishtirokida kengaytirilgan Muzokaralar bo’ldi va unda Trans – Kavkaz yo’lining Gruziyadan o’tadigan qismini jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bosh mavzu bo’ldi. Muzokaralar nihoyasida O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to’g’risida Deklaratsiya qabul qilindi, ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga doir 15 ga yaqin hujjat imzolandi.
1996 – yil Saraxsda Markaziy Osiyo bilan Eron temir yo’l tarmoqlarining tutashtiriligan Traseka loyihasini amalga oshirishda dastlabki katta ishlardan biri bo’lgan edi. Huddi o’sha, 1996 – yil 13 – may kuni O’zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston o’rtasida o’zaro erkin transit to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Bo’yog’i Yaponiyadan to Adriatika dengiziga qadar cho’zilgan ushbu qadim karvon yo’lining muhim bo’lagidan foydalanishning boshlagan respublikalarning sarf – harajati kamayadi. Birgina O’zbekiston uchun mazkur shartnoma kuchga kirgandan so’ng paxta tashishga ketadigan harajatning 12 million dollar iqtisod qilinadi. Chunki Traseka shimoliy yo’nalishga nisbatan 2 ming kilometr qisqadir. Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil – 12 oy to’xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Yana bir misol: O’zbekiston o’z paxtasini, Qozog’iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag’ sarflaydi. Traseka orqali tashilganda esa ushbu ko’rsatgich 55 dollarni tashkil etadi, xolos.
Traseka loyihasining amalga oshishi O’zbekistonni Yevropa va Osiyo transport tarmoqlariga tutashtirib qolmasdan, uning eksport imkoniyatlarini oshiradi, loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar bilan savdo aloqalarni yanada kengaytiradi. 1996 – yil Transkavkaz yo’lagi bo’yicha O’zbekistonga keltirilgan va olib chiqib ketilgan mahsulot hajmi salkam 140 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1997 – yil bu ko’rsatgich 285 ming tonnaga yetdi. O’zbekiston butun Traseka dasturi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, transport kommunikatsiyasi imkoniyatlarni kengaytarish borasida ham boshqa loyihalarni amalga oshirayotir.
O’zbekiston qo’shni Qizrg’iziston hamda Xitoy bilan Toshkent – Andijon – O’sh – Irkeshtom yo’lini qurish va ta’mirlash bo’yicha yaqindan hamkorlik qilayottir. Buyuk Ipak yo’lining bir qismi hisoblangan bu yo’nalish Yevropa mamlakatlarini Osiyo davlatlari bilan bog’laydi.
Konferensiyada ishtirok etgan davlatlar rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari Traseka yo’lagini rivojlantirish, transport infratuzulmalarini yanada takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Traseka doirasidagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida o’z nuqtai nazarlarini bayon qildilar. Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning takliflari konferensiya ishtirokchilari tomonidan qizg’in kutib olindi.
Islom Karimov Traseka loyihasini amalgam oshirish, umuman, qadimiy Buyuk Ipak yo’lini qayta tiklash zarurati ayrim kishilarning hoxishidan emas, balki vaqt, sharoit, dunyoviy taraqqiyot talablari natjasida paydo bo’layotganini alohida ta’kidladi. Qadim zamonlardayoq hayotning o’zi odamlarni o’zaro hamkorlik uchun qisqa va qulay yo’llarni qidirishga majbur qilgan, dedi Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo – sotiq ehtiyoji emas, balki mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalarni o’rnatish zaruriyati ham sabab bo’lgan.
Ayrim kuchlar Traseka doirasidagi hamkorlikka siyosiy tus berishga harakat qilmoqda. Ularning maqsadlari aniq: o’zlaricha guyoki dunyoning yangidan bo’linishi va shunga o’xshash o’yinlarni o’ylab topib, mamlakatlar, xalqalar o’rtasiga nifoq solish, taraqqiyotga to’siq bo’lish mamlakatimiz rahbari masalaning shu jihatiga e’tibor qaratib, bunday harakatlarga mutlaqo barham berish kerakligini aytdi. Shuningdek, Islom Karimov Yevropa – Kavkaz – Osiyo transport yo’lagi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish mazkur yo’nalishda joylashgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, qolaversa, millatlararo hamda davlatlararo muammolarni yechishda katta samara berajagini ta’kidladi. Hozirga qadar jahonning 50 ta mamlakati Traseka yo’lagi orqali o’z yuklarini manzillariga yetkazmoqda. Mazkur loyihaga qo’shilishni istovchi mamlakatlar soni ham tobora oshib borayotir. Traseka dasturini amalga oshirishda Yevropadagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar yaqindan yordam ko’rsatyapti. Mazkur yo’lakdan Sharq va G’arb ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yo’l ochiladi. Yevropa mamlakatlari uchun esa o’z mahsulotlarini Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlariga kiritishi, Mazkur mintaqalarda O’zlarining moliyaviy ishtirokini kuchytirish imkoniyati tug’ildi. Boku konferensiyasida Traseka loyihasini amalga oshirish bo’yicha hukumatlararo komissiyani tashkil etish, uning doimiy kotibiyatini ta’sis qilish va bosh qarorgohini Bokuda joylashtirish bo’yicha o’rtaga tashlangan taklif ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. Traseka loyihasini amalga oshirishda uni mablag’ bilan ta’minlash masalasi ham ishtirokchilar tomonidan atroflicha ko’rib chiqildi va Traseka banki tashkil etish taklifi bir ovozdan qo’llab quvvatlandi. Anjuman nihoyasida Yevropa – Kavkaz – Osiyo yo’lagini rivojlantirish bo’yicha xalqaro transport to’g’risidagi ko’p tomonlama bitim imzolandi. Shuningdek, anjumanda Boku Deklaratsiyasi hamda Buyuk Ipak yo’lini tiklashga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’yicha kommyunike qabul qilindi.
23 – 28 – iyun kunlari O’zbekiston Respublikasi rahbari I.A.Karimov amaliy tashrif bilan AQSH da bo’ldi. Ushbu tashrif chog’ida O’zbekiston va AQSH Prezidentlari o’rtasida uchrashuv va o’zaro hamkorlik haqida fikr almashildi. “O’zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan “Enron” korporatsiyasi va OPIK o’rtasida loyihalarini mablag’ bilan ta’minlash va sug’urta qilish to’g’risida Bitim imzolandi. O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan “Keys” korporatsiyassi bilan “Teksiako” kompaniyasi o’rtasida qo’shma korxona tuzish to’g’risida shrtnoma imzolandi. “O’zbekneftgaz” kompaniyasi bilan “Enron oyl Gaz interneshnl” o’zrtasida gaz konlarini razvedka qilish va ishga tushirish bo’yicha qo’shma korxona tuzish to’g’risida shartnoma imzolandi. I.A.Karimov va Gennesi shtati gubernatori T.Sandvist O’zbekistonda “Gazomotors” va “Gazkompressor” qo’shma korxonalari tuzish to’g’risida hujjatlarni imzoladilar. O’zbekiston geologiya davlat qo’mitasi bilan “Nyumont Mayning” va “Mitsui” korporatsiyalari o’rtasida O’zbekistonda oltin konlarini qidirib topish, razvedka qilish va birgalikda ishga tushirish borasida qo’shma korxona tuzish haqida bitim tuzildi. Shu yilning (1996 - yil) iyul oyida Florensiya shahrida Yevropa ittifoqi bilan O’zbekiston O’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekiston, Yevropa ittifoqi va unga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy negizi bo’lib, siyosiy iqtisodiy , ilmiy – texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi.
1996 – yilning 11 – 13 – sentabr kunlari O’zbekistonning tashabbusi bilan Toshkentda YXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo’yicha Byurosi (DMIHB) ning “Inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar” mavzusidagi xalqaro seminar kengashi bo’lib o’tdi. Unda O’rta Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminar kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada ombudsman instituti, inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini shakllantirish xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari ko’rib chiqildi.
O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonch, Yevropa ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo’shilmaslik harakativa boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda. 1996 – yilning oktabr oyida Parijda Amir Temurga bag’ishlangan xalqaro haftalik anjuman bo’lib o’tdi. Dekabr oyida YXHT ning Lossabonda bo’lgan sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo’ldi. O’zbekistonning mojarolar yuz bergan hududlarga yashirincha qurol yarog’ yetkazib berishni to’xtatish YXHT ning O’rta Osiyo faoliyatini kuchytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi.
Bugungi kunda O’zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatic aloqa o’rnatgan. Toshkentda 42 ta elchixona, 1 ta bosh konsulxona, 9 ta faxriy konsul, 10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonasi, 5 ta xalqaro maliyaviy tashkilot vakolatxonasi, 3 ta savdo vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda1.



Yüklə 297 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin