Kurs ishining maqsadi: Bioinformatika fanining mazmuni, zamonaviy bioinformatsion ma’lumotlar asoslari, zamonaviy ma’lumotlar bazasi. Genetikani o’rganishda bioinformatikaning ro’li
Kurs ishining vazifasi:
Zamonaviy bioinformatsion ma`lumotlar bazalari haqidagi ma`lumotlar bilan tanishish
Kus ishi predmeti. Bioinformatika faniga kirish. Zamonaviy bioinformatsion ma’lumotlar asoslari, zamonaviy ma’lumotlar bazasi va uning turlari.
Kurs ishining ob'ekti: Bioinformatika fanini o’rganish uchun kerak boladigan darsliklar, o’simliklar, hayvonlar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Zamonaviy biotexnologiya va bioinformatika fanlarining birgalikdagi rivojlanishi natijasida individual genotiplarga mos ravishdagi dori preparatlarini ishlab chiqarilishining yo’lga qo’yilishi organizmlarga uning individual holatidan kelib chiqqan holatda yondashish imkonini beradi. Bu jarayonda bioinformatika genotipning umumiy holatini uning nukleotidlar ketma – ketliklarini, yoki bu genotipdagi mutatsiyalar o’rnini aniqlaydigan bo’lsa, biotexnologiya ayni genotip uchun mos kelishi mumkin bo’lgan dori preparatini ishlab chiqadi.
Normal hujayraning turli kasalliklar vaqtida qanday o’zgarishini tadqiq etish uchun avvalo u haqidagi barcha biologik ko’rsatkichlar o’zaro umumlashtirilgan va bir butun sistemaga aylantirilishi lozim edi. Mana shundagina olimlar hujayraning holatiga yaxlit bir nazar sola olish imkoniga ega edilar. Xuddi mana shu nuqtada bioinformatika olimlarga juda qo’l kela boshladi.Uning metodlari yordamida hujayradagi barcha ko’rsatkichlarni umumlashtirish, tahlil qilish va biror yo’nalishga talqin etish imkoni mavjud edi.