10-modda. Rezidentlarning valyuta qimmatliklari va ulardan foydalanilishi
Rezident jismoniy shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
o‘z mulkida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan, o‘tkazilgan yoki jo‘natilgan, O‘zbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga va ulardan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishga;
nosavdo tusidagi xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta qimmatliklarini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishga, o‘tkazishga va jo‘natishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga, o‘tkazishga hamda jo‘natishga haqli.
(10-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
o‘z mulkida valyuta qimmatliklariga ega bo‘lishga;
Oldingi tahrirga qarang.
chet el valyutasini qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan o‘tkazishga haqli.
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Dostları ilə paylaş: |