Mundarija: Kirish I bob



Yüklə 54,84 Kb.
səhifə6/33
tarix19.04.2022
ölçüsü54,84 Kb.
#55769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
o`zbekiston respubli valyutasi

Milliy valyuta tizimi

Jahon valyuta tizimi

Milliy valyuta

Milliy valyutani konvertirlanish shartlari

Milliy valyuta pariteti

Milliy valyuta kursining tartibi

Valyutaviy chegaraning va nazoratning bor yukligi

Mamlakatning xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan foydalanishni tartibga solish

Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga keltirish

Milliy valyuta bozori va oltin bozorining tartibi

Mamlakatni valyuta munosabatlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi milliy

Xalqaro valyuta hisob-kitob birliklari valyuta zahirasi

Valyutalarni o`zaro konvertirlanish shartlari

Valyuta paritetini birxillashtirish tartibi

Valyuta kursining tarribining reglamentatsiyasi

Valyutaviy chegaralarning davlatlararo tartibga solish

Xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish

Xalqaro kredit ayriboshlash vositalaridan foydalanish qoidalarini yaxlitlashtirish

Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakllarini yaxlitlashtirish

Jahon valyuta bozori va oltin bozorining tartibi

Davlatlararo valyutaviy tartibga solishni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar

Xalqaro kelishuvlar, ikkiyoqlama va ko`pyoqlama shartnoma va aktlar, jahon valyuta tizimining huquqiy asosini tashkil etadi.

Jahon valyuta tizimining asosiy maqsadi - eksport va import uchun to`lovlarni, tovar, kapital, xizmatlar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarni tashkil etish orqali samarali vositachilik qilish, shuningdek, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish uchun, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda qulay muhitni yaratishdan iborat. Jahon valyuta tizimi yordamida iqtisodiy resurslarning bir mamlakatdan boshqasiga ko`chishi yoki aksincha, ushbu jarayon chegaralanishi, milliy iqtisodiyot mustaqilligi cheklanishi yoki kengayishi, iqtisodiy muammolarni (masalan, ishsizlik, inflyatsiya) bir mamlakatdan boshqasiga “ko`chib o`tishi” mumkin. Jahon valyuta tizimi faoliyat yuritish va tartibga solishning alohida mexanizmlariga ega va jahon xo`jaligining global maqsadlarini ko`zlasada, u milliy pul va hududiy valyuta tizimlari bilan chambarchas bog`langan. Jahon valyuta tizimi xalqaro pul munosabatlari tashkil topishining tarixiy shakli bo`lib, u davlatlararo shartnomalar orqali mustahkamlangan. Jahon, hududiy va milliy valyuta tizimlari doirasida, quyidagi moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladi: 1) Valyuta konvertirlanishi - milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish; 2) Tijorat banklari va birjalarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari. Bu valyuta dilingi deyiladi. Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o`tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari mavjud. 3) Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag`larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog`liq operatsiyalari. Bu operatsiyalar - o`zaro kreditlash, o`z va jalb qilingan mablag`larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog`liq banklararo operatsiyalardir. 4) Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko`rsatish; 5) Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug`urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o`z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko`ra amalga oshiradilar; 6) Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq operatsiyalar; 7) Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to`lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko`rsatish va h.k.) amalga oshirish. Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o`ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

• valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o`zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;

• bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o`sishi siyosatidan kafolatlovchi ma`lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish. Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o`zgarib, rivojlanib turadi. Bu o`zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo`jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o`zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog’liq. Xalqaro valyuta tizimlarining ma’lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda.


Yüklə 54,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin