Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Korxonalarning xususiy kapitali tarkibi tahlili



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə12/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
amaliyot 20222222]

Korxonalarning xususiy kapitali tarkibi tahlili

Yangi tashkil etilayotgan korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy icsurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona lu’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush siliatida qo‘shish bilan yaratiladi.

Kompaniya faoliyatini tashkil etish davrida kompaniya ta’sischilari tomonidan o‘z moliyaviy resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga yo‘naltiradi.

Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etish bosqichida xususiy kapitalning shakllanishi hisobiga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Korxonaning xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan uning moddiy va nomoddiy boyliklari, pul mablag‘lari va moliyaviy qo‘yilmalarining jami - korxonaning kapitalidir. Korxonaning xususiy kapitali - bu uning netto-aktivlari bo‘lib (sof aktivlar, mol-mulkning mulkdorlarga tegishli bo‘lgan sof qiymati), u aktivlar bilan majburiyatlar o‘rtasidagi ayirma sifatida aniqlanadi.

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali la’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogiiq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Jamiyatning o‘z hissasini to'la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining tolanmagan qismining qiymati doirasida bahamjihatlikda javobgar bo‘ladilar.

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav kapitali ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda bahamjihatlik tarzida subsidiar javobgar bo‘ladilar. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.

Ustav kapitali jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazi!gan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.

Agar bir (asosiy) xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo‘lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo‘jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlami belgilab berish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu ikkinchi xo‘jalik jamiyati shu’ba xo‘jalik jamiyati hisoblanadi.

Xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi.

Davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi murnkin.

Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.

Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Fermer xo‘jaligi 0‘zbekiston Kespublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.

Xususiy kapital - bu korxonaning aktivlari va majburiyatlari olrtasidagi farqdir. Mol-mulk bilan bog‘liq barcha qarzlar to‘langanidan so‘ng, o‘z kapitalingizni har qanday aktivga egalik qilish huquqiga ega deb hisoblashingiz mumkin.


Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin