Mundarija kirish Korxona to’g’risida umumiy ma’lumot


Asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditini o’rganish



Yüklə 76,3 Kb.
səhifə14/18
tarix17.05.2022
ölçüsü76,3 Kb.
#58259
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
amaliyot 20222222]

Asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar va nomoddiy aktivlar hisobining auditini o’rganish.

Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar dastlab 0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotining debetida yig‘iladi. Asosiy vositalar foydalanishga topshirilganda ulaming summasi 0820 schyotdan 0100-“Asosiy vositalar” guruhi schyotlariga o‘tkaziladi.

Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularning ke- lib tushish manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar korxonaga kelib tushish manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

- kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan obyektni qabul qilish-topshirish;

- oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish;

- ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi;

- ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;

- tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);

- ayirboshlash;

- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;

- moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;

- qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;

- asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash.

Korxona tomonidan asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq tegishli xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ularning boshlang‘ich qiymati shu xarajatlar summasiga ko‘payadi.

Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

- asosiy vositalar obyektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

- bojxona bojlari va yig‘imlari;

- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

- asosiy vositalar obyektlarini olish (barpo qilish) bilan bogMiq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

- asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

- asosiy vositalar obyektini olishdagi vositachilarga to‘lanadigan Imqlar;

- asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

- aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vo- sitalarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (bank xizmatlari), asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlami xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.

Misol. MChJ xo‘jalik usuli bilan ishlab chiqarish sexini quradi. Obyektning smeta qiymati 72000 ming so‘m, qurilish muddati 15 oy. Qurilish materiallarini xarid qilish uchun korxona tomonidan 18 oyga 30000 ming so‘m summada kredit rasmiylashtirildi. Shartnomaga ko‘ra asosiy qarz kredit olingan oydan keyingi oydan boshlab qaytarib boriladi. Kreditdan foydalanganlik uchun korxona 6800 ming so‘m summada foizlarni to‘lashi lozim boiadi, ulardan 1200 ming so‘m — qurilish tugallangandan keyin to‘lanadigan foizlar.

Ishlab chiqarish sexining boshlang‘ich qiymatiga kreditdan faqat qurilish davridagina foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar — 5600 ming so‘m (6800 — 1 200) kiritiladi. 1200 ming so‘m summa moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.

Asosiy vositalarni ta’mirlashni rejaga va rejali-ehtiyot ta’mirlash tizimiga muvofiq o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ta’mirlash rejasini korxona mustaqil ravishda, asosiy vositalarning texnik tavsiflari, ulardan foydalanish shartlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqadi. U ta’mirlanadigan asosiy vositalar turlari bo‘yicha pulli ifodada shakllantirilishi kerak.

Asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish ularni ta’mirlash (joriy, o‘rtacha va kapital tarzda) vositasida amalga oshiriladi. Joriy ta’mirlash deganda, asosiy vositalar obyektini ishchi holatda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlash tushuniladi. 0‘rtacha ta’mirlashda ta’mirlanayotgan agregatni qisman ajratish va detallaming qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.

Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to‘liq ajratib yig‘ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan detallar va uzellami almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig‘ish, sozlash va sinab ko‘rishdir.

Binolar va inshootlami kapital ta’mirlash - bazaviy va korpus detallari va uzellarini ta’mirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini almashtirish yoki tiklash amalga oshiriladigan ta’mirlashdir.




Yüklə 76,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin