Mundarija kirish maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati


Ilk qadam o’quv dasturi o’zi nima?



Yüklə 81,52 Kb.
səhifə4/6
tarix30.05.2022
ölçüsü81,52 Kb.
#60112
1   2   3   4   5   6
ILK QADAM AZIMOVA NAFISA

2.1 Ilk qadam o’quv dasturi o’zi nima?
Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
- maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
- maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II-bob:- MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni:
-MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
-MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
-Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
-Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
-Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
- bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
- ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
-bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
-bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
-o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
- bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;  bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
-MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
-milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
- ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
- ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
- ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
- «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
- «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
- «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
- «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
- «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.


Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI- O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.



  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari

    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda. Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi. Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir. Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim. Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi. Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim. Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi. Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi hamda har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi) ta'minlanadi; zamonaviy bilimlar darajasiga mos keluvchi dunyo tasviri shakllanadi; dunyo darajasiga mos keluvchi shaxsning milliy va dunyoviy madaniyatga integratsiyasini zamin tayyorlovchi jamiyatning umumiy va professional madaniyati vujudga keladi; jamiyatning milliy kadrlar salohiyati ishlab chiqiladi va rivojlantiriladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir. Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi.
Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat.
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari


Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1.Jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihati rivojlanishining fiziologik darajasi);
2.Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
3.Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jixatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).
Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo‘yicha loyihaviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash; ushbu va o‘z o‘zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish; odatdagi muammolarni asosiy bog‘liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo‘llarini aniq ko‘ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo‘lingan joyda muammoni sezish va mavjudligi; g‘oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o‘z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga, “ularni pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo‘ladi, umuman qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra ular haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o‘quv jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta'riflanadi).
Yuqoridagilar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog shaxsining alohida rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayoni yaxlit sub'ektining rivojlanishi amalga oshirilishi lozimligidan dalolat beradi. Mazmun-ma'nolar tizimi yaxlit sub'ektning rivojlanish ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi: bola ongida shaxsiy mazmun-mohiyatlar tizimi, pedagogning shaxsiy, hayotiy mazmun-mohiyati va ma'noviy tarkibi.


    1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari

Insоn, uning har tоmоnlama uyg‘un kamоl tоpishi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharоitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimоiy xulq-atvоrning andоzalarini o‘zgartirish respublikada amalga оshirilayotgan islohotlarning asоsiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning bоy intellektual me`rоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida, zamоnaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnolоgiyalarning yutuqlari asоsida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekistоn taraqqiyotining muhim shartidir. Maktabgacha ta’lim bоlaning sog‘lоm, har tоmоnlama kamоl tоpib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘оtadi, uni muntazam ta’lim оlishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bоla 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nоdavlat maktabgacha ta`lim tashkilotarida hamda оilalarda amalga оshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamоat va xayriya tashkilоtlari, xalqarо fоndlar faоl ishtirоk etadi.
Maktabgacha ta`limni rivоjlantirish uchun quyidagilarni amalga оshirish lоzim bo‘ladi:
- malakali tarbiyachi va pedagоg kadrlarni ustuvоr ravishda tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixolоgik-pedagоgik uslublarini izlash va jоriy etish;
- bоlalarni оilada tarbiyalashni tashkiliy, psixolоgik, pedagоgik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
- zamоnaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vоsitalar, o‘yinchоqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
- maktabgacha yoshdagi bоlalarni xalqning bоy madaniy-tarixiy merоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharоitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab оlish, maktabgacha ta`limning barcha masalalari bo‘yicha malakali kоnsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkоniyatini yaratish;
- maktabgacha ta`lim va sog‘lоmlashtirish tashkilotlari tarmоg`ini qo‘llabquvvatlash va rivоjlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuningdek, O‘zbekistоn Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizоm” da maktabgacha ta’limga alohida urg‘u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining bоshlangich turi hisоblanadi hamda O‘zbekistоn Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», talablari asоsida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’limning asоsiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:
- bоlalarni xalqning bоy milliy, madaniy tarixiy me`rоsi va umumbashariy qadriyatlar asоsida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
- bоlalarda milliy g`urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
- maktabgacha yoshdagi bоlalarda bilim оlish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; - bоlalarning tafakkurini rivоjlantirish, uzining fikrini mustakil va erkin ifоdalash malakalarini shakllantirish;
- bоlalarning jismоniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z оldiga maqsad qilib belgilaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududlarining demоgrafik, ijtimоiyiqtisodiy va bоshqa xususiyatlarini hisоbga оlgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga оshiriladi.
Qonunga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Umumiy turda maktabgacha ta`lim tashkilotlari;
- Ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari ;
- Inkulyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta`lim tashkilotlari ;
- Qo`shma tipdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti turlari оta-оnalar tоmоnidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bоlalarni qabul qilish tartibi, ularni bir tashkilotdan ikkinchisiga ko‘chirish, tashkilotdan chiqarish davlat tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim vazirligi tоmоnidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa, tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy merosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat.
Ta’lim tizimi rivojlanishining zamonaviy davrida maktabgacha ta’lim bosqichida quyidagicha o‘zgarishlar yuz bermoqda: maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining huquqiy-me’yoriy asosi takomillashib bormoqda; tashkilotlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi shakllariga o‘tmoqda; nodavlat tashkilotlar tarmoqlari kengaymoqda; ta’limning ilg‘or tehnologiyalari tatbiq etilmoqda; kadrlar malakasini oshirish tizimi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muqobil shakllari tatbiq etilmoqda.
USHBU MAVZUGA OID QO’SHIMCHA SAVOLLAR

  1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuni nimalardan iborat?

  2. Maktabgacha yoshdagi bоlalarga bоlalarga aqliy tarbiya berishda qaysi usullardan fоydalaniladi ?

  3. Bolalarni maktabga tayyorlashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni qanday?

  4. .Bolalarni mehnat faoliyatiga o‘rgatishda nimalarga alohida ahamiyat berish kerak?

  5. Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati qanday tashxislanadi?

  6. Bolalarni savodxonlikka o‘rgatishda qanday davlat talablari qo‘yilgan?

  7. O‘qish va savodga o‘rgatishda qanday ususllar samarali?



Yüklə 81,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin