Mundarija kirish maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati


Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati



Yüklə 81,52 Kb.
səhifə2/6
tarix30.05.2022
ölçüsü81,52 Kb.
#60112
1   2   3   4   5   6
ILK QADAM AZIMOVA NAFISA

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati

    1. Maktabgacha ta’lim dasturining yosh bolalar hayotidagi ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
 davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
 maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
 maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
 maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydir.
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ulami komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» ma’nosini bildiradi. Insonning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatini o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Abdulla Avloniy tarbiyachiga alohida e’tibor berib: «Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir», degan edi.
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunigacha bo‘lgan davrda har tomortlama yetuk barkamol qilib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuyidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalami maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar asosida tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasi belgilanadi. Tarbiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligi, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi.
Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta’limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika insonlaming voqelikka, san’atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilaming rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolami to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni belgilashda pedagogikaga yordam beradi. О‘sib borayotgan organizm tuzilishi va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Bu xususiyatlarni bilmay turib, tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg‘u lotlari shakllarini to‘g‘ri belgilab bo'lmaydi. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘- risidagi xulosalari pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan.




    1. Yüklə 81,52 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin