Davlat maqsadli jamg’armalari kassa ijrosi ijrosi bo’yicha davriy hisobotlarni shakllantirish.
Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Davlat maqsadli jamg’armalari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi. Davlat maqsadli jamg’armalarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar;
Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisob-kitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi.
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |