Mundarija kirish ma’ruza matnlari


Xarajatlar haqida hisobot



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə49/83
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#202418
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
G’aznachilik hisoboti-fayllar.org (1)

Xarajatlar haqida hisobot

Xarajat nomi


Bo’lim

Kichik bo’lim

Bob

Aniqlangan reja

Moliyalash


tirish

Bajarilishi


qabul qilingan yuridik majburiyat


qabul qilingan moliyaviy majburiyat


kassa

xaqiqiy









































Jami



















Davlat maqsadli jamg’armalari tomonidan tuziladigan Respublika byudjetlar ijrosi to’g’risida yillik buxgalteriya hisobotlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;

3. Xarajatlar;



9-Mavzu. Byudjet ijrosiga oid hisobotlarni umumlashtirish, ko’rib chiqish hamda tasdiqlash tartibi
REJA:

1. O’zbekiston Respublikasi byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni umumlashtirish tartibi va ularning xususiyatlari.

2. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi.

3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni tasdiqlash tartibi.


  1. O’zbekiston Respublikasi byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni umumlashtirish tartibi va ularning xususiyatlari.

O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan Davlati byudjeti kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasiga tegishli hududiy moliya organlariga quyidagi muddatda taqdim etadi



Hisobot nomi

Davriyligi


Taqdim etish muddati


Davlat byudjeti Bosh boshqarmasiga taqdim etiladigan hisobotlar


1.

Xududiy g’azna tarnzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi xaqida axborot

Kunlik



2.

Xududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar xaqida axborot

Kunlik



3.


O’zbekiston Respublikasi Respublika byudjeti xarajatlari ijrosi bo’yicha hisobot


Choraklik


Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)


Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha

Tegishli xududiy moliya organlariga taqdim etiladigan hisobotlar


1

Xududiy g’azna tarnzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi xaqida axborot

Kunlik



2

Xududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar xaqida axborot

Kunlik



3

Qoraqalpog’iston Respublikasi va maxalliy byudjetlar daromadlari ijrosi to’g’risida hisobot

Choraklik


Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)


Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha

Choraklik


Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)


Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha


2.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosiga oid hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash tartibi.

O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan Davlati byudjeti kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni asosida respublika byudjeti daromadlari:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;


  2. yagona soliq to’lovi;


  3. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;


  4. qo’shilgan qiymat solig’i;


  5. aksiz solig’i;


  6. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;


2) bojxona bojlari;


3) qo’shimcha foyda solig’i;

4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;

5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanktsiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.

Respublika byudjetining loyihasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan respublika byudjetini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.

Respublika byudjetining loyihasini tuzish:


  1. byudjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;


  2. byudjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;


  3. byudjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;


  4. byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.


Respublika byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:


  1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;


  2. vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo’yicha.


Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:


  1. makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;


  2. daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;


  3. byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning byudjet so’rovlari va O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;


  4. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.


Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.

Davlat byudjetining loyihasi:

  1. Byudjet kodeksining 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari prognozidan;


  2. Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.


  3. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.


Respublika byudjetining ijrosi byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan daromadlarining tushishini ta’minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.

O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanadi.

Respublika byudjetining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi. G’azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag’lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.

Respublika byudjetining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.

Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun respublika byudjetining ijrosi amalga oshiriladi. Moliya vazirligi Respublika byudjetining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.

Respublika byudjeti daromadlarining yoyilmasi:

byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini;


daromadlar ijrosining monitoringini ta’minlash maqsadida tuziladi.

Daromadlar yoyilmasining tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo’lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi.


Daromadlar yoyilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tuziladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin