Mundarija: Kirish. Mashina traktor agregatlari va yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni aniqlash Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanishni


Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanishni tashkil etish



Yüklə 75,27 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü75,27 Kb.
#167549
1   2   3   4   5
Fozil 20

2. Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanishni tashkil etish


Traktorlarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun tuzilgan 3.1-jadvalning ustunlari quyidagicha to‘ldiriladi, ya’ni 2.1-jadvalga mos holda har bir bajariladigan ishning tartib raqami (1-ustunga), qishloq xo‘jaligi mashinasining rusumi (2-ustunga), ishning bajarish muddati (3-ustunga) qo‘yib chiqiladi. Ishning bajarish muddatiga (3-ustun) qarab kalendar kunlar soni aniqlanadi va hisoblar 4-ustunga yozib chiqiladi.
5-ustun. Har bir ishni MTAlari tomonidan bajarishdagi ishchi kunlar soni quyidagicha aniqlanadi:
= =20 kun (3.1)
Bu ishchi kunlari belgilangan ishlarni qancha kunda bajara olish imkoniyatini ko‘rsatadi.
So‘ngra 2.1-jadvalning 13 va 16-ustunlariga asosan har bir ishni bajaradigan MTAlarining soni va ishning bajarish uchun ketgan yoqilg‘i sarfi 3.1-jadvaldagi ishning bajarish muddatiga (3-ustun) mos holda oyma-oy 6- va 17-ustunlarga qo‘yib chiqiladi. Bajariladigan ishning kalendar muddati (3-ustun) bir oydan boshlanib boshqa bir necha oyda tugatilishi belgilangan bo‘lsa, birinchi navbatda ushbu ishni MTAlar tomonidan bajarish kunlar soniga (4-ustun) va xo‘jalikning sharoiti hamda ishning agrotexnik talablarga asosan bajarish mumkinligiga qarab u yoki bu oyga surilishi mumkin.
Agarda yuqoridagi usulni qo‘llash imkoniyati bo‘lmasa, u holda MTAlar soni har oyga bir xil qo‘yiladi, yonilg‘i sarfi esa kalendar kunlarga mos holda har bir oyga bo‘lib yoziladi.
Har bir traktor rusumi bo‘yicha MTAlar soni va yonilg‘i sarfi oyma-oy (6- va 17-ustunlar) qo‘yib chiqiladi va qaysi oyda ishlatiladigan MTAlar soni ko‘p bo‘lsa, ushbu miqdor har bir traktor rusumiga bo‘lgan talab miqdorini belgilaydi.
Har bir traktor rusumiga bo‘lgan talabga ko‘ra fermer xo‘jaligidagi mavjud traktorlar sonini hisobga olgan holda shartnoma asosida va ijaraga olinadigan traktorlarga bo‘linadi va ularga xo‘jalik raqamlari beriladi (№1, №2 va hakozo).
So‘ngra har bir xo‘jalik raqamli traktorning yil davomida bajaradigan ishlari turli rangdagi chiziqlar bilan belgilanadi.
Ushbu jadvalni namunaviy to‘ldirilishi 4- ilovada keltirilgan.
Xuddi shunday har bir qishloq xo‘jaligi mashinasiga bo‘lgan talab ham yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda aniqlanadi.
Agar bir necha turdagi mexanizatsiyalashtirilgan ishlar bir rusumdagi qishloq xo‘jaligi mashinasi bilan bir paytda (oy davomida) amalga oshirilsa yoki bir necha bor qayta bajarilsa, masalan, g‘o‘zani 1,2 va hakozo kultivatsiya qilish (KXU-4B), zararkunandalarga qarshi kurash va defoliatsiya qilish
(OVX-600), o‘t o‘rish (KIR-1.5), paxtani tashish (2PTS-4-793A) va boshqalar, ularni bajarishda qatnashadigan MTAlaridagi qishloq xo‘jaligi mashinasining har oyda ishlagan miqdorlari solishtirilib, ularning eng katta miqdori (soni) olinadi.
Bunda fermer xo‘jaligidagi mavjud traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarini imkoniyati boricha ko‘proq ishlarni bajarilishida qatnashishiga alohida ahamiyat berilishi talab etiladi. Chunki mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning bajarishni bu usulda tashkil etish, ushbu ishlarni belgilangan agrotexnik muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda fermer xo‘jaligiga qarashli barcha traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarish uchun talab etiladigan traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari (QXM), shartnoma asosida ishlatiladigan va ijaraga olinadigan MTAlar soni hamda ularni ishlatish muddatlari, ishni bajarish kunlari va yangisini sotib olish bo‘yicha tavsiyalar 3.2-jadvalga kiritiladi. Ushbu jadvalni namunaviy to‘ldirilishi 5- ilovada keltirilgan.

Yüklə 75,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin