1.2. Bir naychali prujinali manometrlar turlari Naychasimon prujinali manometrlar. Asbobning sezgir elementi =270° burchakka aylana yoyi bo`yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naycha Tnay dan iborat. Naychaning A uchi yopiq, V ochiq uchi esa Holati o`zgarmaydigan shtutser S ga ulangan va u orqali naychaning ichki qismi o`lchanayotgan (manfiy yoki musbat) ortiqcha bosim R bilan ulanadi. Bosim ortib borishi bilan naycha to`g`rilanishga Harakat qiladi va burchak kichiklashadi, bosim pasayib borishi bilan naychaning A yopiq uchi teskari yo`nalishda Harakatlanadi. Naycha uchining siljishi naycha ichidagi bosimning katta-kichikligiga bog`liq bo`ladi va bosim kattaligini ifodalaydi. Naycha uchining siljish qonuniyati murakkab bo`lgani tufayli, buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Ma`lumki, Har qanday dumaloqmas kesimli naycha (misol uchun rezinali) undagi bosim ortishi bilan naycha devorida baravar taqsimlangan kuchlanish ta`sirida dumaloq shaklini egallashga Harakat qiladi. Naycha kesimining perimetri va uning uzunligi bosim o`zgarishida o`zgar- mas bo`lib qoladi, bunda bosim ortishi bilan naycha kesimining kichik o`qi kattalashadi, kattasiniki esa kichiklashadi. Bitta strelkali ko`rsatuv asboblari 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 6; 10; 16; 25; 40; 60 va, keyinchalik ko`rsatuvning 10000 kg-k/sm2 yuqori chegarasigacha ishlab chiqariladi, barcha asboblarning pastki chegarasi 0 ga teng. Vakuummetrlar 0-1 va 0-0,6 kg-k/sm2 shkalalari bilan ishlab chiqari- ladi. Monovakuummetrlar 1 kg-k/sm2 vakuummetrik bosimga va 0,6 dan 24 kg-k/sm2 gacha ortiqcha bosim chegarasiga ega.
Asboblar 40, 60, 100, 160, 250 mm diametr korpusli qilib ishlab chiqariladi.
Asboblarning aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6; 2,5 yoki 4,0 bo`lishi mumkin. 160 va 250 mm diametr korpusli asboblar eng yuqori aniqlik klassiga ega.
Ortiqcha bosim o`lchovining ish chegarasi (eng yuqori ish bosimi) doimiy bosimda 3/4 ni va o`zgaruvchan bosimda yuqori o`lchash chegarasining kamida 2/3 ini tashkil qilishi kerak. Texnikaviy ko`rsatuv asboblari qo`shimcha qurilma (qo`shimcha nazorat strelkasi)ga ega bo`lishi mumkin, bu esa ishlatish jarayonida olingan eng yuqori bosim qiymatini o`lchash uchun talab etiladi.
O`ziyozar deformatsion manometrlar, vakuummetr va mono-vakuummetrlar.
Bir o`ramli naychasimon prujinali asboblarda, agar ko`rsatuv strelkasini yozuv qurilmasi perosi bilan almashtirilmasa, o`lchashning yuqori aniqligi ta`min- lanmasligi mumkin. Shuning uchun o`ziyozar asboblarda yuqori sezgir ele -mentlar: ko`p o`ramli (gelikoidalli) naycha prujina yoki garmonika membranali — silfon shaklidagilari qo`llaniladi. Xuddi shunday sezgir elementlar odatda telemetrik qurilmalarga ega asboblarda bo`ladi, ular ko`rsatuvni masofaga uzatish imkoniga ega.
Ko`p o`ramli prujinalar 10 kg-k/sm2 va undan yuqori 1600 kg-k/sm2 gacha (standartga ko`ra) chegaraga ega bo`lgan manometrlarda qo`llaniladi. Vakuummetr va ko`p sonli
monovakuummetrlarda Hamda 0,25 dan 6,0 gacha yuqori o`lchash chegara- siga ega bo`lgan manometrlarda odatda silfonlar ishlatiladi, ular h kattaligiga, bosimga proportsional, o`zining balandligiga ega..
Standartlarga ko`ra 600 dan 4000 kg-k/sm2 gacha o`lchash chegaralariga ega bo`lgan o`ziyozar silfonli tyago- va naporomerlar-ni ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan.Asbob va avtomatlashtirish vositalari uchun odatda 36 NXTYu yoki 149 qotishmadan (uning tarkibi Ni = 25%, Mn = 14%, Al = 1,3%, Cr = 1,2%, Si = 0,5%, Cu=58% dan iborat) tayyorlangan choksiz bir o`ramli silfon- lardan foydalaniladi.
Silfonlar yupqa devorli naychalarni presslash bilan tayyorlanadi. O`ziyozar asboblar diskli yoki tasmali diagramma qog`ozida olingan natijalarni yozib
olishi mumkin. Diskli diagrammalar odatda bir sutkada bir marta aylanish tezligi bilan aylanadi. Diagramma qog`ozining aylanishi elektr dvigatel yoki elektr ulanishga imkon yo`g`ida soat mexanizmi bilan amalga oshiriladi.
Bosim o`lchash asboblari boshqa o`lchash asboblari kabi ulardan to`g`ri foydalanishni ta`minlaydigan sharoitlarda ishlatilishi lozim. Bosim o`lchash asboblariga yuqori Haroratli o`lchanayotgan muHitning ta`sir etishini bartaraf qilish lozim, chunki bu asbobning sezgir elementiga ta`sir etib, qo`shimcha xatoliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, bosim o`lchash joyi va asbob orasi issiqlik izolatsiyasiga ega emas, ichki diametri 6—10 mm ni tashkil
etadigan ulanish naychasi bilan ta`minlanishi lozim bo`ladi. Ulanish naychasining uzunligi shunday tanlanishi lozimki, unda naychaning Harorati asbob yaqinida atrofdagi Havo Haroratiga deyarli teng bo`lishi lozim.
Suv bug`ining bosimini o`lchashda oddiy ulanish naychasi Har doim Ham manometrni yuqori Haroratlardan Himoya qila olmaydi. Agarda manometr o`lchash nuqtasidan yuqoriroq joylashgan bo`lsa, unda bug` naychada kon- densatlanadi. Kondensat naychadan oqa boshlaydi, naycha va asbobning sezgir elementi Har doim yuqori Haroratli bug` bilan kondensatlanib va
uning ichki qismini to`ldirib qo`yadi. Shuning uchun, bug`ning bosimini o`lchash- da manometr oldida Halqasimon sifon o`rnatiladi, unga asta-sekin, atrof-muhit Haroratigacha soviydigan kondensat to`planadi va u suv to`sig`i vazifasini bajaradi.
Manometrlarning bevosita oldida uch yo`lli ventillar o`rnatilishi ko`zda tutiladi, ular manometrni o`chirish uchun, manometrni atmosfera bilan bog`lab, nolni tekshirish, nazorat manometrini parallel ulanishini va ulash liniyasini puflashni ta`minlaydi. Uzun liniyalar
mavjudligida qo`shimcha ventillar o`lchash vositasining ulanish joyida o`rnatiladi, bu esa
avariyalarda ulash liniyalarini o`chirish uchun xizmat qiladi.
Havoning Haroratida qotib qoladigan agressiv (tajovuzkor) muHitlar (misol uchun, ayrim
mazut turlari) bosimini o`lchashda bevosita bosim o`lchash joyida ayiruvchi idishlar o`rnatiladi.
Ayiruvchi idishlarning taxminan yarmi o`lchanayotgan muHit bilan, ulanuvchi liniyasi esa
o`tkazadigan suyuqlik, asosan, suv bilan to`ldiriladi. Ayiruvchi idishlarning pastki qismida
nisbatan og`ir (zichligi katta) suyuqlik joylashtiriladi.
Ulash liniyasi shunday joylashishi kerakki, unda suyuqliklar bilan to`ldirilgan liniyalarda
gaz-Havo pufakchalarining Hosil bo`lishi yoki gaz bilan to`ldirilgan liniyalarda esa kondensat
Hosil bo`lishi bartaraf etilishi lozim. Buning uchun ulash liniyalari qiya qilib o`rnatiladi, bu esa
uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan gaz, Havo va kondensatni chiqarib yuborishiga imkon beradi.
Chang bilan aralashgan gazli muHit bosimini o`lchash Hollarida o`lchash joyining
oldida maxsus chang yutgichlar o`rnatilishi ko`zda tutiladi.
Bosim o`lchash asboblari ko`rsatkichlari yuqori aniqlik klassiga ega bo`lgan asboblarning
ko`rsatkichlariga solishtirish yo`li bilan qiyoslanadi. Namunali asbobning yuqori o`lchash
chegarasi tekshirilayotgan asbobning yuqori o`lchash chegarasidan yuqori yoki unga teng
bo`lishi lozim.
Kislorod bosimini o`lchash uchun mo`ljallangan manometrni moyda qiyoslash mumkin
emas, chunki tekshirishdan so`ng qolgan moy yuqi kislorod muHitida portlashni keltirib
chiqarishi mumkin. Bu kabi manometrlar porshenli manometr qurilmalarida ayiruvchi idishlar
orqali qiyoslanishi mumkin.
Kislorod bosimini o`lchash uchun mo`ljallangan maxsus manometrlarning tsiferblatida,
standartlarga ko`ra, «Kislorod» yoki «Moyga xavfli» deb yoziladi. Undan tashqari, bunday
manometrlarning korpusi Havorangga bo`yaladi.
Texnik asboblarning qiyoslanishi ma`lum, tegishli aniqlik klassiga ega namunali
asboblarning ko`rsatkichlari bilan solishtirish yo`li orqali, ikkala asbobni bir xil bosimli muHitga
ulanishi bilan amalga oshiriladi.
Vakuummetrlar, naporomerlar va tyagomerlarning qiyoslanishi ma`lum, tegishli aniqlik
klassiga ega bo`lgan suyuqlikli shishali asboblar ko`rsatkichlari bilan ularning ko`rsatkichlarini
solishtirish yo`li orqali amalga oshiriladi.