2.1-jadval HYL jarayonida qo‘llaniladigan temir rudali materiallarning kimyoviy tarkibi.
Komponentlar
|
Okatishlar, %
|
Temir rudalari %
|
A
|
V
|
A
|
V
|
Fe umum
|
68
|
87,80
|
68,10
|
67,50
|
FeO
|
0,10
|
0,60
|
1,61
|
1,15
|
CaO
|
0,70
|
0,52
|
0,44
|
0,50
|
MgO
|
0,30
|
0,57
|
0,10
|
0,50
|
SiO2
|
1,08
|
1,56
|
0,47
|
1,00
|
Al2O3
|
9,60
|
0,34
|
1,24
|
1,00
|
S
|
0,003
|
0,005
|
0,002
|
0,007
|
P
|
0,018
|
0,023
|
0,030
|
0,030
|
Boshqalar
|
0,09
|
0,12
|
0,030
|
0,09
|
Bo‘sh jinslar
|
-
|
-
|
0,50
|
0,50
|
|
2,79
|
3,13
|
2,82
|
3,62
|
Tiklash zonasidagi yuqori harorat va yuqori bosim hamda tiklagich-gazda vodorodning yuqori miqdori g‘ovak temir bo‘yicha solishtirma unumdorlikning rekord ko‘rsatkichiga – shaxta ko‘ndalang kesimi bo‘yicha deyarli 3,5 t/(s∙m2) ga erishishni ta'minlaydi. Tiklash zonasidan g‘ovak temir avval teng bosimli zona deb ataluvchi zonaga tushadi, bu zona tiklovchi va sovituvchi zonani ajratibgina qolmasdan, balki tiklash zonasida qattiq materiallarning bir tekis tushishiga ham yordam beradi. Shaxta pechining pastki konussimon qismida g‘ovak temir pastdan sovituvchi gaz bilan puflanadigan qarama-qarshi oqimda sovitiladi. 50ºC yaqin haroratga ega bo‘lgan g‘ovak temir yacheykali ta'minlagichli shlyuz orqali uzluksiz tushiriladi va ikkita chiqarish quvurlaridan biriga beriladi. Bu yerda yuklash uchastkasidagi kabi shlyuzlar tizimi mavjud. Jarayon sxemasi 4.27-rasmda ko‘rsatilgan. Pechdan chiqadigan koloshnikli gazni changdan tozalash sachrovchi sovitgichda va yuvuvchi sovitgichda amalga oshiriladi. Reaksiya mahsuloti hisoblangan suv chiqarib yuboriladi va so‘ngra gaz 40ºC yaqin haroratgacha sovitiladi. Tozalangan koloshnikli gazning taxminan uchdan ikki qismi kompressor yordamida qayta aylanish tizimiga beriladi, uchdan bir qismi esa tiklashda hosil bo‘ladigan reformerdan toza gaz bilan kiradigan karbonat kislota gazi va azotni chiqarib yuborishni ta'minlash uchun tiklovchi-gaz aylanish siklidan qoldiq gaz sifatida chiqarib yuborilishi lozim. Qoldiqli gaz bilan faqat SO2 va SO emas, balki vodorod ham chiqarilishi sababli, aylanish konturiga tiklash uchun talab etiladigan toza gaz miqdorini qo‘shish zarur. Qoldiq gaz gaz qizdirgich va reformerni qizdirish uchun qo‘llaniladi. Reformerdagi toza gaz va qayta tiklash tizimidagi gaz aralashmasi tiklagich-gazni ifodalaydi, uning oksidlanish darajasi η 13-17% tashkil etadi:
|
H 2O CO2
|
CO2 H 2O CO H 2
|
tarkibi, % ƞ massada(1.2)
Tiklagich-gaz oldindan qizdirish qurilmasi orqali o‘tadi va harorati 930ºC gacha yetadi.
Shaxta pechining konussimon qismida g‘ovak temir sovitiladi va qarama- qarshi oqimda harakatlanadigan sovituvchi gaz bilan uglerodlanadi.
Sovitish zonasidan chiqishda 500-550ºC haroratga ega bo‘lgan sovituvchi gaz suvni 40ºC gacha bevosita purkash yo‘li bilan tiklagich-gaz singari soviydi va changdan tozalanadi. 40ºC gacha qo‘shimcha sovitish uchun sovituvchi gazning kompressori yordamida takroriy siqish uchun sovituvchi gaz tabiiy gaz bilan boyitiladi va yana qaytadan sovitish zonasiga beriladi. Tabiiy gaz bilan boyitish sovish samarasini yaxshilaydi, g‘ovak temirda uglerod miqdorini tartibga solish imkoniyatini ta'minlaydi.
XiL-III qurilmalarida tiklagich-gaz olish uchun XiL-I qurilmalarida va kimyoviy qurilmalarda bir necha marta tekshirib ko‘rilgan gazni va bug‘ni reformerlashning oddiy usuli ham qo‘llaniladi (4.28-rasm). Oltingugurtni yo‘qotish uchun tozalangan va ZnO qatlami orqali o‘tkazilgan tabiiy gaz 2,4 yaqin bug‘/uglerod nisbatda suvli bug‘ bilan birga nikelli katalizator bilan to‘ldirilgan quvurga beriladi.
Bu yerda 800ºC haroratda va 8 bar bosimda bo‘linish (parchalanish) reaksiyasi sodir bo‘ladi:
CnH(2n+2)+nH2O→nCO+(2n+1)H2(4.15)
Suvli bug‘/uglerod nisbati stexiometrikdan ancha oshadi, natijada katalizatorda, ayniqsa, tabiiy gazda uglevodorodlarning yuqori konsentratsiyasida uglerodning zararli aralashmalari hosil bo‘lishi bostiriladi.
Reformer quvuridan chiqadigan tozalanmagan gaz, fizikaviy issiqlikdan foydalanish bilan (issiqlik almashtirgichlarda to‘yingan bug‘ olinadi va qozondagi ta'minlagich suv qizdiriladi), 40ºC haroratgacha yuvib sovitgichlarda sovitishga duch qilinadi, bunda kondensatsiya tufayli unda mavjud bo‘lgan bug‘ chiqib ketadi. Bu sovitilgan gaz toza gaz sifatida tiklagich-gaz aylanishi konturiga beriladi.
Bo‘linish (parchalanish) endotermik reaksiyasi borishi uchun zarur bo‘lgan issiqlik tabiiy gazni tiklash jarayonining qoldiq gazili aralashmada yoqish natijasida olinadi. Tutun gazlar issiqligi issiqlik almashtirgichlarda (konveksiyali issiqlik uzatish) va tiklagich-gazni oldindan qizdirish qurilmalarida yetarlicha to‘liq qo‘llaniladi.
Jarayonda energiyaning quyidagi miqdori kiritiladi, GJ/t g‘ovak temir: bo‘linish (parchalanish) reaksiyasi uchun tabiiy gaz bilan 7,183, sovituvchi gaz aylanishi konturiga tabiiy gaz bilan 1,231 va reformerga yonuvchan gaz bilan 2,474.
XiL-III jarayonining tasvirlangan texnik o‘lchamlari asosida Lazaro Kardenasdagi (Meksika) “Sikartsa” firmasining bevosita tiklash qurilmasi barpo etildi. Qurilma 2 mln.t/yil miqdorda g‘ovak temir ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. U ikkita shaxta pechili, gazni qizdiruvchi ikkita qurilmali, bitta gaz reformerili va umumiy yordamchi qurilmali (har bir modul uchun berilgan) ikkita moduldan iborat.
Dostları ilə paylaş: |