Mundarija Kirish Nazariy qism



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/17
tarix12.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#142854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI

Kelgusida rivojlantirish imkoniyatlari. XiL-III jarayonining moslanuvchanligini yaxshilashga va tejamliligini oshirishga yordam beruvchilar kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari qizdirib briketlash, tabiiy gazni almashtirish, tabiiy gazni o‘zi reforminglanishi hisoblanadi.
Qizdirib briketlashda taalluqlisi shuki, bunda qizdirib briketlash uchun presslar chiqarish patrubkalarida joylashishi mumkin, ular orqali qizdirilgan g‘ovak temir reaktorning pastki qismidan tushiriladi (1.7-rasm). Qizdirib briketlashni qo‘llashda sovituvchi gaz aylanishi konturi umuman kerak bo‘lmasligi mumkin, bundan tashqari, briketlar ikkilamchi oksidlanishga ta'sirli emas. Briketlar briketlanmagan g‘ovak temirga qaraganda, saqlashga va tashishga maqbuldir. Shu sababli g‘ovak temirni ishlab chiqarishda va yuklashda hosil bo‘ladigan mayda qoldiqlar muammosi mavjud bo‘lmaydi.
Tiklashning yuqori harorati tufayli g‘ovak temir haroratini 700ºC darajada saqlab turish yengillashadi, bu briketlash jarayonining muvaffaqiyatli borishi uchun zarurdir. Keyingi masala tabiiy gazni almashtirish masalasi hisoblanadi. Reformerda tiklagich-gaz olish uchun qo‘llaniladigan tabiiy gazni gaz olishning boshqa usullarida hosil bo‘ladigan sintez-gaz bilan almashtirish mumkin (1.8-rasm).
Tiklagich-gazni qizdirish uchun reformerni va qurilmalarni qizdirish uchun boshqa energiya tashuvchilarni (masalan, Kambag’algazni) qo‘llash mumkin. Bu XiL-III jarayoni energetik bazasini kengaytiradi hamda ushbu jarayonni gaz bilan tiklashning “noklassik” sohalarida qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish uchun stimul bo‘lib xizmat qiladi.

1.7-rasm. Qizdirib briketlash uchun pressli XiL-III shaxta pechidan qizdirilgan g‘ovak temirni tushirish:
1-shaxta pechi; 2-yacheykali ta'minlagichli shlyuz; 3-bosimni baravarlashtirish uchun sig‘im; 4-buferli sig‘im; 5-elevator; 6- briketir-press; 7-maydalagich; 8- sovituvchi nov



1.8-rasm. XiL-III jarayonida energiyaning har xil turlaridan foydalanish variantlari:
a- tiklagich-gaz olish manbalari; b- tiklagich-gaz aylanishi konturi; v-sovituvchi gaz aylanishi konturi; g- yonuvchan gaz olish manbalari; 1- tabiiy gaz/nafta reformeri; 2- mazut og‘ir fraksiyalarini gazlashtirish; 3-ko‘mirni gazlashtirish;
4-plazmali reformer; 5-koksli gaz; 6- SO2 dan yuvish uchun qurilma; 7-qoldiq gaz; 8- havo; 9-texnologik sovituvchi suv; 10-tabiiy gaz; 11- uglerod oksidi mavjud gaz;
12-koloshnikli gaz
HYL shaxta reaktorlarida g‘ovak temir (G‘T) ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ancha oshirishga tiklovchi gaz olishning yangi texnologiyasi, aynan, “Sidor/Danieli” firmasi ishtirokida “Hyl” firmasida ishlab chiqilgan (avvalgi Arex jarayoni) texnologiya asosida erishiladi. Birinchi reformersiz HYL sanoat agregati Montereedagi (Meksika) Nulsa 4M zavodida 1998 yilda ishga tushirildi. Reaktorning 675000 t dastlabki yillik quvvati 1,5 mln.t/yil ga oshishi mumkin. O‘zi reforminglanishidan tashqari, bu zavodda HYL reaktoridan bevosita yaqinida joylashgan elektrli po‘lat eritish pechiga qizdirilgan uglerodlangan G‘T berish uchun yuqori haroratli pnevmatik tashish tizimi (Hytemp Pneumatic Transport System) amalga oshirilgan.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin