Mundarija Kirish Nazariy qism


-jadval. G‘ovak temir va Midreks briketlari tavsiflari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/17
tarix12.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#142854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI

1.2-jadval.

G‘ovak temir va Midreks briketlari tavsiflari


Ko‘rsakichlar nomlanishi

Zavod

Jorjtaun

Nord-ferro

OEMK

Xususiy ehtiyojlarga

Eksportga

Kimyoviy













tarkibi, %:













Feumum

92

91-93

89,7

>90

Femet




83-88

83

>86

Metallanish










>94

darajasi:







92,5

>1,2

C

1,4

1,0-2,5

2,0

<4,5

SiO2

1,2-1,4

2,0-3,5

4,34




Al2O3

0,5-1,2

0,5-1,5

0,3-0,75




CaO

0,3-1,7

0,2-1,6

0,18-0,2




MgO

0,1-0,5

0,3-1,1

0,31-0,36




MnO

0,039

0,1-0,2

0,06

<0,015

P

0,03

0,02-0,04

0,01




V

0,01

0,01-0,015

0,001




TiO2

1,0
0,01

0,017-0,30
0,01-0,2

0,048


<0,010

Pb, Sn,As, Sb,










<0,0037

Cu, Co, Ni, Zr,













Zn, Cr













Tabiiyqiyalik













burchagi, grad.

35

31-34

32




Mayda qoldiqlar










<3

miqdori,%

5

5

1,91




(-3,2mm)













Taxlamning eng yuqori balandligi 3 m dan, eng katta kengligi 10 m oshmasligi lozim, uzunligi cheklanmaydi. Taxlamni issiqlik trassalari ustida, shuningdek, isitilgan va qizdirilgan materiallar, oson alangalanuvchi moddalar va kuydirilgan ohak tashiladigantransport eskadalari ostida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Taxlamga namlangan okatishlarni joylashga yo‘l qo‘yilmaydi. Taxlamga joylashda okatishlar harorati hisobga olinadi. Agar harorat < 40 ºC bo‘lsa, unda taxlamning eng yuqori balandligi 3 m, agar 90-100 ºC bo‘lsa, unda balandligi 0,5 m oshmasligi lozim. < 100 ºC dan yuqori haroratli okatishlar 0,5 m gacha qatlamli qilib alohida maydonga tushiriladi.



    1. Shaxtali pechlarda g’ovak temir olish.


Shaxta pechlaridagi metallash jarayonlari, ko‘p tomondan, mo‘'tadil haroratlar sohasida domna pechlari shaxtasida boradigan jarayonlarga o‘xshaydi. Biroq, katta farqlari ham mavjud: temir oksidini tiklash jarayonlarida vodorod muhim rol o‘ynaydi; tiklovchi gaz jarayonning barcha issiqlik ehtiyojlarini ta'minlovchi issiqlikning yagona manbai hisoblanadi.
Shaxta pechida bo‘ladigan asosiy jarayonlar issiqlik tashuvchi gaz va tiklanadigan material o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi, temir oksidlarining tiklanishi va tushiriladigan shixta va ko‘tariladigan gaz o‘rtasidagi o‘zaro dinamik ta'sir hisoblanadi. Bundan tashqari, shaxta pechi ishlashining ko‘rsatkichlariga qizdirish va tiklash jarayonida temir rudali materiallarning yemirilishi, g‘ovak temirning uglerodlanishi va birikishi ta'sir ko‘rsatadi. Shaxta pechlarida metallashning eng ma'lum bo‘lgan jarayonlariga Midreks va Armko (AQSH), Purofer (GFR), XiL-III (Meksika) kiradi. Bizning mamlakatimizda shaxta pechlarida metallangan xom ashyo olishning ikkita usuli ishlab chiqilgan, ular Beloretsk metallurgiya kombinatining tajriba-sanoat qurilmalarida va “Zaporojstal” kombinatida ishlab chiqilgan.

    1. XiL-III jarayonida g’ovak temir olish jarayoni.


Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan g‘ovak temirning taxminan 25% XiL usuli bo‘yicha ishlaydigan bevosita tiklash qurilmalarida olinadi.
Energiyaning nisbatan yuqori darajadagi solishtirma sarfiga (17-19 GJ) bog‘liq holda, retortali davriy harakatlanuvchi qurilmalar 1980 yildan boshlab XiL- III usuli bo‘yicha uzluksiz harakatli qurilmalar bilan almashtirila boshlandi. Bunda XiL- I jarayonining tekshirib ko‘rilgan qoidalari va komponentlari saqlanib qolindi, masalan, tiklovchi-gaz olish usuli, uni vodorod bilan boyitish hamda yuqori bosim va yuqori harorat sharoitlarida tiklash jarayonini olib borish.
Hozirgi vaqtda Meksikada XiL usuli bo‘yicha umumiy quvvati 3mln.t/yil bo‘lgan shaxta pechili uchta qurilma ishlamoqda.
XiL usuli bo‘yicha shaxta pechida temir tarkibli material sifatida har xil navli okatishlarni va okatishlarning bo‘laklangan rudali aralashmalarini qayta ishlash mumkin.
HYL (XiL) jarayonida zavodlarda qo‘llaniladigan temir rudali materiallar kimyoviy tarkibi bo‘yicha namunaviy chegaralar quyidagicha:
Fe umum .................... ....................................................65-69%
Bo‘sh jinslar.............................................................1,4-7,0%
R..................................................................................0,01-0,1%
S.................................................................................0,001-0,05%
(SiO2 + Al2 O3).............................................................1,1-4,0%
(CaO+ MgO)................................................................0,1-3,0%
(Na2O+K2O)...............................................................0,05-0,2%
CaO/ SiO2 ...................................................................0,02-1,5
Eng ko‘p foydalaniladigan temir rudalari va okatishlarning kimyoviy tarkibi 1.3-jadvalda keltirilgan.
Shaxta pechining o‘ziga xlos xususiyati shundaki, bunda gaz bosimi kirishda 5,5∙105 Pa ga yetishi mumkin (1.1-rasm). Shuning uchun bosimi pechdagi bosimga teng bo‘lgan yuklash bunkeriga materiallar beriladigan shlyuzlar tizimi talab etiladi. Materiallar yuklash bunkeridan to‘rtta vertikal quvur orqali to‘kilmaning uzluksiz pasayadigan yuzasi bo‘ylab taqsimlanadi. 930ºC gacha qizdirilgan tiklagich-gaz halqali olovbardosh kanal orqali tiklash zonasiga puflanadi. Tiklash qarama-qarshi oqimda bajariladi. Pechdan chiqishda koloshnikli gaz 400-450ºC haroratga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin