Mundarija kirish qismi. Asosiy qism. Jaloliddin Manguberdi Vatan Qaxramoni. Jaloliddin Manguberdi jasur sarkarda. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlari. Jaloliddin Manguberdi faoliyatini o’rganish ahamiyati


Yo‘qotilgan oriyentirlanishni qayta topish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə6/6
tarix19.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish qismi Asosiy qism Jaloliddin Manguberdi Vatan

Yo‘qotilgan oriyentirlanishni qayta topish. Turgan o‘rnini xaritadan topa olmagan hollarda oriyentirlanish yo‘qotilgan deb hisoblanadi. Oriyentirlanishni yo‘qotish qisman va to‘liq yo‘qotish turlariga bo‘linadi.
Marshrut bo‘ylab harakatlanayotganda oriyentirlanishni qisman yo‘qotish ehtimoli xaritani joy bilan ehtiyotsiz solishtirish hamda joyni to‘g‘ri va to‘liq tanimaslik tufayli kelib chiqadi. Bunday hodisa kunduzi ham, tunda ham uchrashi mumkin. Oriyentirlanishni qayta topish harakatlanishni to‘xtatish yoki sekinlashtirishni talab qiladi. Shundan so‘ng xarita joy bilan batafsil solishtiriladi, undagi yirik obyektlar
va relyef shakllari taniladi, so‘ngra turgan o‘rni aniqlanadi.
Amaliy ko‘nikmalarning yyetishmasligi tunda va ko‘rish cheklangan sharoitlarda oriyentirlanishda marshrutdan og‘ishga yoki boshqacha aytganda oriyentirlanishni to‘liq yo‘qotishga olib keladi. Uni qayta topish uchun turgan o‘rnini aniqlash, xaritani navigatsiya asbobi yoki kompas bilan gorizont tomonlariga nisbatan oriyentirlash, magnit azimutlarini aniqlash, spidometr ko‘rsatkichini tekshirish va vaqtni belgilash zarur. Shundan keyin xarita joy bilan solishtiriladi.
Agar oriyentirlanishni qayta topib bo‘lmasa, ehtimoliy turgan o‘rnini topish uchun quyidagi ishlardan birini bajarish zarur:
1. Navigatsiya asbobi yordamida turgan o‘rnining koordinatalarini aniqlash va bu koordinatalarni xaritadan topish.
2. Turgan o‘rnini bosib o‘tilgan yo‘l chizmasini chizish yo‘li bilan aniqlash. Chizma faqat oxirgi tanilgan obyektdan boshlab chiziladi.
Bu ishda burilishlarni alohida ehtiyotkorlik bilan eslash e’tiborga molikdir.
3. Turgan o‘rnini chiziqli oriyentirlar yordamida topish. Bu ishda birinchi navbatda joyda biror-bir chiziqli oriyentir topiladi, so‘ngra uning yo‘nalishlari xaritadagi chiziqli obyektlarning yo‘nalishlari bilan solishtiriladi. Chiziqli oriyentir magnit azimutini aniqlab, uni obyektning xaritadagi azimuti orqali topish va turgan o‘rnini belgilash eng maqbul yo‘ldir. Joyni xarita bilan solishtirishda relyef shakllari ham hisobga olinadi. Oriyentirni tanigandan keyin biror-bir nuqtali obyekt yoniga borib, turgan o‘rnini aniq topish mumkin.
Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin