AB yo‘nalishidagi juft qadamlar soniga teng bo‘lgan, ya’ni 142 juft qadam bosib o‘tish lozim bo‘ladi.
D nuqtada to‘siqdan oldin bo‘lgan yo‘nalishga (135º) mos keladigan yo‘nalish harakati magnit azimuti aniqlanadi. A nuqtada o‘lchangan juft qadamlar soni BS (238 juft qadam) miqdoriga qo‘shib oldin belgilangan marshrut burilishigacha harakat davom ettiriladi.
Marshrut bo‘yicha mashinada harakatlanishda to‘siqlarni aylanib o‘tish uchun, mashina ekipajidan 1-2 kishi to‘siqni piyoda tartibda razvedka qilib yo‘nalish harakatini aniqlaydi va harakatni yo‘nalish bo‘yicha davom ettiradi.
Azimut bo‘yicha harakatlanishni navigatsiya asboblari bilan amalga oshirish. Azimut bo‘yicha harakatlanishni navigatsiya asboblarida amalga oshirish berilgan yo‘nalishdan kafolatli va eng ishonchli tarzda og‘ishmaslik hamda manzilni adashmasdan topib olish imkonini beradi. Azimut bo‘yicha harakatlanishning bu turida harakatlanishning kunduzi yoki tunda bajarilayotgani, ob-havoning noqulayligi, ko‘rish maydonining chegaralanganligi yohud boshqa omillarning zarracha ham ahamiyati yo‘q.
Navigatsiya asboblari bilan Azimut bo‘yicha harakatlanishda quyidagi ishlar bajariladi:
marshrut tanlanadi;
tanlangan marshrut o‘rganiladi;
tanlangan marshrut qismlarga bo‘linadi;
burilish nuqtalari belgilanadi.
xaritadan marshrutning burilish nuqtalari koordinatalari o‘lchab olinadi;
o‘lchangan koordinatalar asbobga nuqta sifatida kiritiladi;
burilish nuqtalarini ketma-ket tutashtirish yo‘li bilan marshrut tuziladi;
marshrut faollashtiriladi;
marshrut bo‘ylab harakatlanish boshlanadi.
Montana-600 asbobida marshrut bo‘ylab harakatlanish uchun quyidagi amallar bajariladi (105-rasm).
marshrut tanlanadi;
tanlangan marshrut o‘rganiladi;
tanlangan marshrut qismlarga bo‘linadi;
burilish nuqtalari belgilanadi.
xaritadan marshrutning burilish nuqtalari koordinatalari o‘lchab olinadi;
o‘lchangan koordinatalar nuqta sifatida asbobga kiritiladi.
105-rasm.
Izoh: agar navigatsiya asbobida batafsil xarita mavjud bo‘lsa, oxirgi ikki band bajarilmaydi.
Buning uchun “Отметить Точку” (105-a rasm) ishorasiga kiriladi, paydo bo‘lgan ekranda “Правка” qatori tanlanib (105-b rasm), ekrandagi (105-d rasm) zaruriy kataklarga kirish yo‘li bilan nuqtaga nom, shartli belgi va nuqta joylashuv o‘rnining koordinatalari kiritiladi (105 e va f rasmlar), so‘ngra “Сохранить” qatorini tanlab, bosh menyuga chiqiladi;
|
|
|
|
|
а)
|
b)
|
d)
|
e)
|
f)
|
|
|
|
|
|
g)
|
h)
|
i)
|
j)
|
k)
|
106-rasm.
burilish nuqtalarini ketma-ket tutashtirish yo‘li bilan marshrut tuziladi. Buning uchun “Планир-ик маршрутов” ishorasiga kiriladi (106-a rasm), so‘ngra paydo bo‘lgan ekranda “Создать маршрут” qatori tanlanadi (106-b rasm). Marshrutning boshlang‘ich nuqtasini tanlash uchun paydo bo‘lgan ekrandagi “Выберите первую точку” qatori tanlanadi (106-d rasm). Shunda bizda zaruriy nuqtani qaysi obyektlar turidan izlash ilovasi paydo bo‘ladi. Bizning nuqtalarimiz “Маршрутные точки” qatorida saqlanadi (106-e rasm), uni belgilab, ekrandagi zaruriy nuqta topib olinadi va tanlanadi (misol uchun
106-f rasmdagi “A” nuqta). Shundan keyin nuqta va uning o‘rni asbob xaritasida ko‘rsatiladi (106-g rasm). “Использ” ishorasi tanlansa,
106-h rasmda tasvirlangan ekran paydo bo‘ladi. Eng so‘nggi qator “Выберите след. точку” belgilash (106-a rasm) va yuqoridagi ishlarni qayta bajarish ikkinchi nuqtaning marshrutga kiritilishiga olib keladi (106-e, f, i, j, k rasmlar). Marshrut necha nuqtadan iborat bo‘lsa, bu ish shuncha marta takrorlanadi;
shunda asbob xotirasida yangi bir marshrut (uning barcha ma’lumotlari bilan birga) paydo bo‘ladi. Lekin u hali faollashtirilgani yo‘q. Buning uchun “Планир-ик маршрутов” ishorasiga kiriladi
(107-a rasm), ekrandagi marshrutlar ro‘yxatidan zaruriysi tanlanadi (bizning yuqorida tuzgan marshrutimiz 107-b rasmda asbobning o‘zi tomonidan “Маршрут 009” deb nomlangan). Buning natijasida marshrut menyusining ilovasi ekranda aks etadi (107-d rasm). Ilovadagi “Изменить имя” qatorini tanlab, uning nomini o‘zgartirish mumkin. Marshrutni faollashtirish uchun ilovadagi “Обзор карты” qatori tanlanadi, so‘ngra paydo bo‘lgan ekrandagi “Старт” ishorasi belgilanadi (107-e rasm); “Старт” ishorasi belgilanishi bilan marshrut bo‘ylab harakatlanish boshlanadi (107-f rasm).
107-rasm.
Dostları ilə paylaş: |