Mundarija: Kirish



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/8
tarix01.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#121640
1   2   3   4   5   6   7   8
turdiyev12

1.2. Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti va ishlatiladigan qurilmalarning ishlash tartibi.
Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda qo‘laniladi:

  1. Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash;

  2. Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash;

  3. Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda olib borish(oltin va kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash).

Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sianil eritmalariga qatron ionitlar ta'sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan cho’ktirishdagidek, bunda rux o’rniga qatron (smola) ishlatiladi. Shu yo’sin xomaki oltin metali olish jarayoni ham soddalashadi. Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va regeneratsiya jarayonining qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha olmaydi.
Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki agitator yoki pachuklarda tanlab eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta'sir ettiriladi. Ikkinchi usulning avzaligi qimatbaho filtirlarning qo‘llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, dastgohlarning ko’p joy egallashi va ko’p kapital xarajatlarning sarflanishi.
Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya tugatishi bilan oltinini olingan bo’tana tashlanma hovuz (otval arga) yuboriladi.
Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday qilib, qatronni oddiy g’alvirlash yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi. Bo’ tanada nodir metal arni ajratib olishning asosiy maksadi ham, ushbu bo'tananing filtrlashdan ko’ra, g`alvirlashga almashtirishga asoslangan.
Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash bilan birga qo’shib olib boriladi. Tanlab eritish paytida ionitlar, to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin va kumush zarralari bilan aloqada bo’lishi kerak. Bu usulda ham tanlab eritilgan bo’tana suzish jarayonini chetlab o’tadi. Jarayonning afzal iklari quyidagilar:
Oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab qiluvchi va qimatbaho filtrlarning qo‘lanilmasligi; b) sianlash jarayonida oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kam; v) Sorbsiyalash jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) oltining ajralishi yuqori darajada (98-99 %) va yuqori sifatda olinishi.
Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib borilib unda eritishga keladigan yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, miqdori 80-90 % da bo’ladi. Agar ruda zarralarining o'lchami undan katta bo'lsa qatronni ruda bilan ezilishi hisobiga yo’qotilishi oshishi mumkin. Sorbsiya jarayonida ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu bo’tanadan qatronni oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiglari olchami 0,4-0,45mm undan yirik qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi bo’tana esa keyingi pachukka o’tadi.
Boshlang‘ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga o‘tadi. Oltining qolgan qismi sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga o‘tib so‘ng sorbciyalanadi dastlabgi sianlash jarayonini olib borish anioning oltin va kumushga bo‘lgan ishchi hajmining oshishiga olib keladi.
Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12) tashkil topgan bo‘lib ular butanani katrondan ajratish uchun setkalar va xavo yordamida ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama- qarshi oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgoxlardan birlashmasidan iborat.
Dastlabki sianlashdan o‘tgan pulpa birinchi sorbsiyalash dastgohiga keladi va barcha dastgohlardan anionit bilan qarama-qarshi harakatda o‘tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va kumishning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi dastgohdan pulpa chiqadi, kam miqdorda oltin va kumush pachuk setkalaridagi kamchiliklar sababli butanada katron bilan qolgan bo‘ladi. Shuning uchun butana nazoratchi g‘alvirda katron ajratib olinadi va qolgan bo‘tana sianidlardan tozadanib chiqindi saqlanadigan joyga tashlanadi. Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o‘tgan kayta tiklangan katron va yokotilganlarini urnini tuldirish uchun kushimcha yangi katron kushilib sungra sorbsiya zanjirining oxirgi pachugidan yuklanadi. To‘yingan katron yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va regenerasiya jarayoniga jo’natiladi.

2 - rasm. Oltin tarkibli rudalarni sorbsiali sianlash jarayoni texnologik sxemasi:
1 — quyultirgich; 2 — dastlabki sianlash pachoklari; 3 — sorbsiyalash pachoklari;
a-bo’tana oqimi; b-dastgohlarda qatron oqimi; havo yordamida aralashtirgichli agitator yoki pachuk sharoitlari quyidagicha: munosabat Q:S = 2:1 erish jarayoni davgomiyligi 3—6 s, NaCN va СаО konsentratsiyasi (oksidlangan-kvarsli rudalar uchun 0,03-0,05% NaCN va 0,01-0,02% СаО).
Sorbsiya yo’li bilan tanlab eritiladigan bo’tana birinchi pachukka yuklanadi va eng so’nggi pachukdan tashqariga bo’shatib olinadi. Toza sof ionit eng oxirgi reaktorga yuklanadi. Oltin (nodir metallar) bilan tuyungan qatron birinchi pachuklan (reaktor) bo’shatiladi (chiqadi). Bir-birining oqimiga qarama-qarshi (protivotochnaya) yuborilgan bo’tana va qatron o’zaro yaxshi aralashib (to’qnashib), qatronning nodir metal ar bilan oz fursatda to’yintiradi.
Sian va ishqor sorbsiya jarayonida sarf bo’ladi shu sababli erituvchilarni konsentratsiyasi mustahkamlanib erkin NaCN 0,03-0,05% li konsentratsiyasi va himoya ishqori 0,005-0,01 Ca(OH)2 ga yetkaziladi. Bu jarayon sorbsiyali tanlab eritishnining 3- yoki 4-bosqichida amalga oshirililadi.
Sorbsiyali sianlash jarayonida asosiy ko’rsatgichlardan biri bu qatronning dastgoh bo’ylab oqimidir. Sorbsiya jarayoni davomiyligi bo’tananing sorbsiya dastgohlarida bo’lish vaqti bilan belgilanib,
oltinning rudadan eritmaga to’liq erib o’tishi va anionitga shimilish vaqtini o’z ichiga oladi. Sorbsiyali tanlab eritish jarayonlari tajribalar natijasida aniqlanadi. Agar rudalar oksidli - kvarsli va sulfidli-kvarsli bo’lsa unda erish jarayoni 6-12soat davom etadi, ko’pincha bu ko’rsatgich rudalar xossalariga va jarayonning o’tkazilish sharoitiga bog’liq bo’ladi (oltinning rudada joylashishiga, zichligi va qovushqoqligi, erituvchilar konsentratsiyasiga). Sulfidli ruda va boyitmalarni sianlash vaqtida sorbsiyalash jarayoni davomiyligi 12-18 soatgacha o’sishi mumkin.
Bo’tananing «kaskadda» bo’lish vaqti va bo’tanadan oltinni qatronga shimilish vaqti quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
(1)
Tsv – sorbsiyali tanlab eritish jarayoni davomiyligi, s ; V – kaskaddagi barcha sorbsiya dastgohlari hajmi, m3; П – dastgohning ishlab chiqarish unumdorligi(bo’tana oqimi), m3/s .
Bo’tananing bir sorbsiya pachugida bo’lish vaqti quyidagi formuladan aniqlanadi, s:
(2)
bunda N—kaskaddagi dastgohlar soni. Amaliyotda 1 sorbsiya pachugida bo’tana o’rtacha 0,5-2 soat bo’ladi, oksid-kvarsli rudalar uchun 1soatni tashkil qiladi. Har bir dastgohda bo’tananing qisqa vaqtda erib o’tishi kinetic jihatdan samaralidir va sorbsiya jarayoni kinetikasini qoniqtiradi.
Dastlabki sianlash jarayoni uchun pnevmatik yo’l bilan bo’tanani aralashtiruvchi «pachuk»lar qo’llaniladi(chizma-3).
Pachok po’latdan yasalgan silindirsimon chan -1dan iborat bo’lib, u poydevorga halqasimon tayanch va konussimon tub bilan o’rnatilgan.
Pachukning konussimon qismi gorizontal yuzasi 60° qiyalikda o’rnatilgan. Konussimon tubda pachukni ta’mirlash uchun qopqoq(lyuk)2 va avariyali holatda bo’shatish uchun qisqa turba 4(patrubok) joylashgan. Channing diametrini balandligiga nisbati 1:35 ni tashkil qiladi. Sirkulyator pachukka plankasimon(yassi qattiq jism) yordamida o’rnatiladi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin