1.3. Funksional sxema va prinsipial sxema tavsifi Avtomatlashtirish ob’ekti oltin tarkibli rudalarni sorbsion ajratish sexlari hisoblanadi. Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan rudani sobrsion ajratib olish sexi avtomatlashtirilgan boshqarish ob’ekti hisoblanadi. SHunga mutanosib unta sorbsion ajratish pachugi (2-1–2-10) dan iborat.
Pulpa sianlash pachukidan so‘ngra bundan keyin keladigan oltinni ajratish va uning sorbsiyasi amalga oshiriladigan oltinni sorbsion ajratish pachuki 2-1 ga tushadi.Pachuklardagi satxni nazorat qilish uchun satx ulchash qurulmasi (3-1,5-1,…24-1) xizmat qiladi.Bu qurilmalardan kelayotgan segnallar (3,5,....24) shetda urnatilgan satxni roslovchi qurilma(1-2,3-2,…24-2)ga boradi.Bu yerda qayta ishlangan segnal 3-4,5-4,...24-4 pozitsiyadagi (4,6,...25) rostlovchi organga boradi.Satx berilgan qiymatdan oshib ketgan xolda segnalizatsiya qurilmalari (1-3,3-3,...24-3) ishga tushadi.
Sorbsiyalash jarayonida tempraturani xam nazorat qilib turish talab etiladi.Buning uchun 2-1 pachukdagi tempraturani ulchovchi datchik 7-1 xizmat qiladi.Datchikdan kelayotgan segnal 7 shetda urnatilga tempraturani nazorat qiluvchi qurilma 7-2 ga keladi va tempratura berilgan qiymatdan oshib ketgan xolda segnalizatsiya qurilmasi 7-3 ishga tushadi. Regeneratsiyalangan yoki yangi smola 2-9 pachukka keladi. U pulpaga nisbatan teskari oqim bo‘ylab oxirgi apparatdan birinchisiga tomon harakatlanadi. To‘yingan smola o‘z oqimi bilan yuvuvchi kolonna 1ga tushadi.Kallonnadagi satxni ulchovchi aparat 1-1 nazorat qilish uchun ishlatiladi.kallonadagi satx normadan oshib ketsa, shetda urnatilgan 1-2 qurilma rostlovchi organ (1-3)dan kelayotgan xavo sarfini kamaytradi.YUvuvchi kolonna pastki qismida smolani pulpadan qisman ajratish uchun suv beriladi.So‘ngra smola aeroliftdan barabanli aylantiruvchi g‘alvir 3ga tushadi.Aeroliftga kelayotgan smolani sarfi(16-1)ga qarab roslovchi organ (16-4) kelayotgan suv sarfini kupaytradi yoke kamaytradi.Aeroliftga kelayotgan smolani zichligiga doimiy ulchanib(30-)1 turiladi.Zichlik qiymatiga qarab aeroliftga kelayotgan suv miqdorini rostlovchi organ(30-4) uzgartirib turadi. Bu erda ionit loyqa va qumlardan tozalanadi va undan so‘ng smolani regeneratsiyalash sexiga yuboriladi.
Smola quyulish pachukidagi muhit doimiy nazorat qilib turiladi.Muhitni nazorat qilish uchun 28-1 rNmetr qullaniladi. Muxit berilgan qiymatdan kamaysa 2-5 pachukga rostlovchi organ (28-4) NaOH qusha boshlaydi.
Ajratilgan pulpa 2-10 dan nazorat g‘alvirlariga (4-1,2,3, avtomatlashtirish sxemasida 4-1 nazorat g‘alviri keltirilgan) ionitning ayrim zarrachalarini ushlab qolish uchun tushiriladi. Smola 2-9 pozitsiyaga, ajratilgan pulpa esa zararsizlantirishga yuboriladi.Nazorat g‘alvirlariga kelayotgan ajratilgan pulpa sarfi(26-1) sarf ulchagichi orqali nazorat qilib turiladi.Sarf miqdori uzgarishiga qarab g‘alvirga kelayotgan suv miqdori , rostlovchi organ(26-3) orqali uzgartirilib turiladi.
Avariya yoki kapital remont holatida jarayonni to‘xtatish uchun 32-1 pult orqali sianlash jarayonidan kelayotgan pulpa 32-2 zadvishka orqali tuxtatiladi So‘ngra pulpani pachuklar orqali oxirgi pachuk tubiga bo‘shatiladi.So‘ngra 33-1 pult orqali barcha pachuklarga kelayotgan havo 33-2 zadvishka orqali tuxtatiladi.
Barcha o‘lchanayotgan parametrlarning belgilari shchit orqali chiqariladi. O‘lchov parametrlarining chiqishida belgilangan chegara uchun signalizatsiya quyiladi.
To‘yingan sorbentning jarayondan chiqishidan oldin u sianli pulpa bilan bog‘lanishi kerak.
Bu esa ruda yoki konsentratning sorbsiyali ajratishdan oldin avvaldan sianlash operatsiyasiga duch kelishiga olib keladi. Bu holda oltinning yarmidan ko‘pi yoki bir qismi qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tadi. Bunday ko‘rinishda sianlangan pulpa sorbsion ajratish jarayoniga yuboriladi.