Mundarija: Kirish


-Rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu metallarni olishga ketadigan xarajatlarning oshishi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə2/8
tarix01.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#121640
1   2   3   4   5   6   7   8
turdiyev12

-Rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu metallarni olishga ketadigan xarajatlarning oshishi;
-xom-ashyo mahsulotlari narxining stabillashuviga milliy va xalqaro bozorlarning doimiy aralashuvlarining kengayishi;
- atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat va xalqaro talablarni bajarish, chiqindilarni zararsizlantirish va chiqindi suvlarni neytrallash jarayonlaning qiyinliligi va qimmatliligi;
- xom-ashyo va elektr energiya narxininig tez suratda o’sishi.
Shuni e’tiborga olish lozimki nodir metallarning noyob fizik-kimyoviy xossalari tufayli ularning fan va texnikaning ko’p sohalarida keng qo’llanilishiga olib kelmoqda. Nodir metallarning asosiy vazifasi ularning yuqori narxi sababli belgilangan bo’lib, bu ularning davlat ichki va tashqi iqtisodiga ta’siri bilan aloqadorligidadir. Nodir metallar metallurgiyasi yo’nalishi juda murakkab soha bo’lib uni egallagan mutaxassisdan nafaqat oltin va kumushni birlamchi xom-ashyodan ajratib olishni, balki ikkilamchi xom-ashyodan ajratib olishni, boyitish jarayonlarini, gidrometallurgiya, pirometallurgiya jayonlanrini chuqur bilishni talab qiladi.
Bu xususiyatlar nodir metalning turli sohalarda qo‘llash uchun yetarli belgi hisoblanadi. Xuddi shunday oltin ham zargarlik buyumlari tayyorlashda va tabobatda keng qo‘llaniladi. SHuningdek oltin avtomatlashtirish va kosmik sohada hamda elektrotexnikada ham keng foydalaniladi.
Oltinning kimyoviy turg‘unligi va o‘zgarmas vaznga egaligi xususiyati uning butun dunyo moliyaviy tizimida kerakli element sifatida belgilanishiga sabab bo‘ldi. Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga birinchi metall sifatida qadimdan insoniyatga ma’lum.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi “Sorbsiya jarayonini SIMATIC S7 - Sorbsiyali sianlash jarayonining umumiy texnologik tavsiflari
Hozirgi vaqtda tarkibida oltin mavjud bo‘lgan rudalarni qayta ishlashda oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda rudalarning fizik-kimyoviy va mineralogik tarkibi, nodir metallarning rudada joylashish o‘rniga va texnik-iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra bir necha jarayonlarni o‘z ichiga olgan birlashtirilgan boyitish, gidrometallurgik va pirometallurgik jarayonlar qo‘llaniladi.
Ruda va konsentratlardan mayin oltin zarralarini gidrometallurgik usulda sianlash jarayonlari keng qo‘llaniladi, bunda mayda bo‘lakli zarra va qumlarni aralashtirish usuli bilan tanlab eritish jarayonlari, mayin yanchilgan mahsulotlarni agitatsiya va aralashtirish yo‘li bilan birlashtirib tanlab eritish olib boriladi. Zamonaviy amaliyotda ko‘pincha aralashtirishli eritish amalga oshirilib, olingan mahsulot suyuq va quyuq fazaga ajratiladi, so‘ngra esa oltinli eritma rux kukuni yordamida cho‘ktirishga yuboriladi. Bo‘tanani suyuq va qattiq fazaga ajratish jarayoni filtratsiya to‘xtovsiz qarshi oqimli quyultirgichlarda dekantatsiyalash yoki shu usullarnining birlashmasidan iborat.
Sian eritmalaridan oltinni ajratib olish usullari, ya’ni filtrlab-dekantatsiyalash va rux yordamida cho‘ktirish bir qancha kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Kamchiliklar quyidagilardan iborat: 1) oltinni uning birikmalaridan to‘liq ajratib olib bo‘lmasligi; 2) yomon filtrlanadigan va quyultiriladigan rudalarni qayta ishlashni qiyinligi; 3) yuqori energiya sarf bo‘ladigan va qimmatbaho filtr dastgoxlarini ishlatilishi; 4) past sifatli maxsulot olinishi; 5) oltinni rux bilan cho‘ktirish jarayonida qo‘shimcha metallar mis, mishyak, surma minerallarining jarayonning qiyinlashtirishi; 6) oltin va kumushli yuqori konsentratsiyali sianid keklarining yuvish jarayonining past darajada olinishi; 7) tayyor mahsulotning past sifatda olinishi (ruxli cho‘kmalar) va ularning murakkab qayta ishlash texnologiyalari kiradi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida hozirgi vaqtda sorbsiyali sianlash keng qo‘llanilib kelinmoqda. Jarayon oltin va kumushni tanlab eritishga va eritmaga yuklangan sorbentga yuttirishga (sorbsiya) asoslangan. Jarayonning asosiy qulay tomoni filtrlash va qarama-qarshi yo‘nalishdagi dekantatsiya jarayonining ishlatilmasligi va bu esa o‘z navbatida qiyin filtrlanadigan rudalarni qayta ishlash imkonini berishidan dalolat beradi. Jarayonning yana bir afzallik tomoni ruda tarkibidagi tabiiy sorbentlarni faolligi bo‘tanaga qo‘shilgan kuchli sorbentlar yordamida pasaytiriladi va bu esa oltin ajratib olish darajasini oshiradi.
Sorbsiya jarayonida 2 xil yig‘uvchi (sorbent) ishlatilishi mumkin:
1) Sun’iy ionalmashinuv qatronlar (smolalar) – ionitlar;
2) Faollangan (aktivlangan) ko‘mir.
Tindirilgan eritmalardan oltinni aktivlangan ko‘mirga cho‘ktirib olish jarayoni sianlash jarayoni paydo bo‘lgan vaqtlardayoq bir necha zavodlarda amalga oshirila boshlagan edi (1894yilda Avstraliyada). Keyinchalik bu usulni yaxshi cho‘ktiruvchi rux chiqqandan so‘ng qo‘llanilmay qo‘ydi, faqatgina rux metali tanqis bo‘lgan hollarda rux o‘rniga ishlatildi, masalan, 1 jahon urushi vaqtlarida. CHo‘ktirish jarayoni oltin tarkibli eritmalardan yanchilgan ko‘mirni vakuum ramalarida filtrlash orqali amalga oshirildi.
Sorbsiya jarayonida diametri 0,6-2 mm bo‘lgan dona-dona ko‘rinishidagi faollangan ko‘mir ishlatiladi. Tanlab eritish va sorbsiya jarayonidan keyin oltinga to‘yingan ko‘mir bo‘tanadan g‘alvirlash yo‘li bilan ajratiladi, bo‘tana va faollangan ko‘mir bir biriga qarama-qarshi yo‘nalishda beriladi. Olingan ko‘mir keyingi jarayonga ya’ni desorbsiyaga yuboriladi. Hozirgi kunda faollangan ko‘mir yordamida oltinni ajratib olish jarayoni AQSH, Kanada va bir qator mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
Ionitlar yordamida sorbsiyalash jarayoni birinchi marta 1945 yil taklif qilingan. 1968 yilda dunyoda birinchi bo‘lib yirik oltin ishlab chiqaruvchi fabrika Muruntau koni rudalarini sianlovchi sorbsiyalash texnologiyasini yo‘lga qo‘ydi va bu zavod hozirgi kunda ham muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda. 1975 yilda flotatsiya jarayoni chiqindilarini qayta ishlash uchun Angren oltin ishlab chiqaruvchi fabrikasida sorbsiya texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi.
Sun’iy ionalmashuv qatronlar, faollangan ko‘mir bilan taqqoslanganda, qatron yuqori sorbsiyalash hajmiga ega, mexanik mustaxkam va ko‘p marta qayta ishlash imkonini beradi.
Faollangan (aktivlangan) ko‘mir yordamida sorbsiyalash jarayoni oksidlovchi-tiklanuvchi jarayonda o‘tkaziladi.
Afzalligi:
- ko‘mirning solishtirma yuzasining kattaligi
- ionit bilan solishtirganda ko‘mirning tan narxining ancha arzonligi
- ko‘mirning regeniratsiya jarayoni kam vaqt talab qilishi.
Biroq, ko‘mirning asosiy kamchiligi bu uning mexanik mustahkamligining pastligi hisoblanadi. YAna uning oltin bo‘yicha sig‘imi anionalmashinuv qatronlaridan sezilarli darajada past.
Ionalmashinuv smolalari (ionitlar) yordamida nodir metallarni sobsiyalash jarayonini tindirilgan sianli eritmada shuningdek pulpani uzluksiz sianlash jarayonida ham amalga oshirish mumkin.
Bu usul tarkibida oltin mavjud bo‘lgan tindirilmagan eritmada ionit bilan birga olib boriladi. Sianli eritmada eritilgan nodir metallar suyuq faza ko‘rinishiga o‘tadi va ayni shu vaqtda ionit bilan sorbsiyalanadi.
Ajratib olish va sorbsiyalash jarayoni nihoyasida smola ajratiladi, tarkibidan oltin ajratib olingan pulpa esa zararsizlantirilgandan so‘ng ochiqindi saqlanadigan hovuzga yo‘naltiriladi.
Pulpani sorbsiyalashning afzalligi:

  • pulpani yuvish texnologiyasi va filtrlash bosqichining bundan mustasnoligi.

  • oltinning ancha ko‘p miqdorda ajratib olinishi. Alohida hollarda oltin ajratib olish ko‘rsatkichini 10-20% gacha oshirish mumkin.

  • oddiy sianlashga qaraganda ionit ishtirokida eritish jarayoni ancha tezroq o‘tadi.

Bunday holatda ionit oltin erish tezligiga ta’sir qiluvchi zararli aralashmani qisman sorbsiyalaydi.
Sanoatda ko‘proq sianlash va sorbsiyalash jarayoni ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida bu ikki jarayon birlashtirilgan holda qo‘llaniladi va bunday jarayon sorbsiyali sianlash deb nomlanadi.

Rasm 1. Sorbsiyalash jarayoning strukturaviy sxemasi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin