4 Funksional sxema tavsifi



Yüklə 327,9 Kb.
səhifə1/4
tarix10.04.2023
ölçüsü327,9 Kb.
#95465
  1   2   3   4
kurs loyihasi Xayrullayev tayyor




Mundarija;

  • Kirish……………………………………………………………..2

  • Tabiiy gazni siqib haydash jarayoni tasnifi……........................4

  • Funksional sxema tavsifi ……………………………………....8

  • Nazorat qilish va rostlash vositalari spesifikatsiyasi ………....13

  • Prinsipial elektr ta’minot sxemasi tavsifi…………..................17

  • Xulosa……………………………………………………………19

  • Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………...20


KIRISH
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, inson boshqarishga qodir bo’magan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirish, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik tizimlarning turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo'gan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan tizimining avtomatlashtirish tizimlarini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo'ladigan tilda ifodalanishi kerak demakdir. Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimining asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va buyruq liniyalarini, va manba liniyalarini o‘tkazish sohasida tushuncha yagona bo'lishi kerak.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti — asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va energetik resurslarning sifati ham da barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va boshqalar) gaz sanoatining tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.
Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois gaz sanoatining dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.
Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932-yildan olina boshlandi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln.m3). Respublikada 50-yillar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-yillarga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962-yilga kelib Gazli gaz-neft konining ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Olmaota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968-yilga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uzunligi (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olmaganda) 8500 km ga yetdi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Gaz sanoatini rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyasi ham tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari rejalashtirildi.

Yüklə 327,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin