Mundarija kirish


Tovar haqida F.Kotler yondashuvi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/12
tarix29.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#59999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ish joylariga hizmat ko\'rsatish shakllari

2.2. Tovar haqida F.Kotler yondashuvi
Tovarni yaratuvchi yoki ishlab chiqaruvchi g‗oyadagi tovardan iste‘molchi nimani xarid qiladi degan savolga javob berishi uchun Amerikaning taniqli olimi, marketolog F.Kotlerning tasnifiga ko‗ra tovarning uch darajasini o‗rganib quyidagi xulosalarni qilish mumkin: 1. Tovarni yaratish g‗oyadan boshlanadi. Bu g‗oyada yaratiladigan tovar (xaridor tasavvuridagi tovarlar) iste‘molchining qanday muammosini hal qilishi va undan qanday asosiy foyda olinishi o‗z aksini topadi. 2. Tovarning texnik tasnifi, dizayni, narxi, o‗rab joylanishi, sifati, markasi qanday bo‗lishi, ya‘ni real bajarilishi (real tovarlar)ni o‗ylab ko‗rish zarur hisoblanadi. 3. Tovarni sotish, yetkazib berish va o‗rnatish, sotishdan keyingi xizmat ko‗rsatish, kafolatlar, kreditlash, rag‗batlantirish, ya‘ni tovarni qo‗llabquvvatlovchi omillar (qo‗shimcha xizmatlar bilan sotiladigan tovarlar ) haqida ham o‗ylash kerak bo‗ladi. Tovar yaratishdagi yana bir muhim qoida shundan iboratki, tovarning «o‗rta statistik» iste‘molchilarga emas, balki potensial iste‘molchilarga mo‗ljallab loyihalashtirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo‗linadi: – Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi. – Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, gugurt, tuz, oziq-ovqatlarning boshqa turlarini kiritish mumkin. Xizmatlar – insonga foydali natija va qoniqish beradigan xattiharakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlarni tuzatish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari tovarlarga so‗nggi qo‗llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo‗linadi: iste‘mol tovarlari va ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‗ljallangan tovarlar. Iste‘mol tovarlari – bu bevosita insonlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga mo‗ljallangan eng zarur tovarlardir. O‗z navbatida, iste‘mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo‗lgan tovarlar, talab juda kichik bo‗lgan tovarlar guruhlariga bo‗linadiKundalik ehtiyoj tovarlari – bu iste‘mol tovarlari bo‗lib, xaridor uni o‗ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarli taqqoslamasdan, tez-tez xarid qiladigan tovarlardir. Jiddiy tanlov tovarlari – bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ko‗rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ko‗rsatkichlari bo‗yicha o‗xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyimkechak, mebel, elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin. Alohida ahamiyatga ega bo‗lgan tovarlar – bular tengi yo‗q tavsifga ega bo‗lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‗liq bo‗lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, o‗ta qimmatbaho taqinchoqlar. Talab juda kichik bo‗lgan tovarlar – bular kam iste‘mol tovarlari bo‗lib, odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‗ylamaydilar. Masalan, yangi tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina marketing harakatlarini bajarishga to‗g‗ri keladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‗ljallangan tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin