2.3.Tovarning xususiyatlari Tovar bilan bog‗liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema bo‗lib, uni so‗z bilan ifodalab bo‗lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda qo‗llaniladi. Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‗rinadi, iste‘molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‗liq. Markaning nomi avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to‗g‗ri kelmasligi kerak. Buyumlar vaxizmatlardan tashqari shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakllari va fikrlar, g‗oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‗pchilik rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e‘tibor qaratadilar, lekin ko‗pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar uchun mahsulot bu – o‗z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak. Bundan tashqari xizmatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tovarning ham o‘ziga xosliklarini ajratishimiz mumkin. Xususan tovarning yaroqlilik muddati bo‘ladi va ishlab chiqarish va iste‘mol jarayonlari orasida hatto yillar o‘tishi mumkin. Hatto ayrim turdagi vinolarni ishlab chiqarilganidan keyin 1-2 asr salqin joyda saqlanib, keyin qadoqlanadi. Mahsulot va xizmatning farqi: Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‗lib, uni ko‗rish yoki ushlab ko‗rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ko‗rasiz. Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‗rsatayotgan xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‗rsatganingizda, mijoz uni ko‗z bilan ko‗rib, qo‗l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste‘mol qiladi. Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar do‗konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijozdan ancha uzoqda bo‗lishi mumkin, lekin xizmat ko‗rsatuvchi va mijoz odatda yonma-yon turadi. Xaridorlarning sotib olish odatlariga asosan keng iste‘mol tovarlari quyidagi guruhlarga bo‗linadi: Kundalik xarid tovarlari. Masalan, choy, tuz, tozalash vositalari, tamaki, sovun, gazeta va h.k. Maxsus talab etiladigan tovarlar. Masalan, erkaklar kostyumi, avtomobillar, modadagi tovarlar. Sanoatda ishlatiladigan tovarlar. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadi: - materiallar va detallar; - kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar); - yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‗rinishi, xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot tannarxiga qo‗shiladi. Masalan, yozuv qog‗ozi, moylovchi yog‗lar, toshko‗mir – yoqilg‗i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k. Assortiment (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‗lchamlar va markalar bo‗yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste‘mol ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non turlari assortiment, deb ataladi. Assortiment kengaytirilishi — assortiment kengligi (tovar guruhlari miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari miqdori) bo‗yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi mahsulotni uning sifat xususiyatlari bo‗yicha tarkibi, marka, navi, profili kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi variantlarning qo‗shilishi. Bunga o‗xshash kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo‗lishi tavakkali bilan bog‗laydilar. Assortiment kengligi — bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori. Assortiment siyosati — ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va uni maqbullashtirish yo‗li muammosini hal etishni nazarda tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab chiqarish bo‗linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilarni aniqlash hisoblanadi: - yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an‘anaviy mahsulot, eskirgan mahsulot o‗rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash; -ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan sifat hamda miqdor ko‗rsatkichlarini belgilash; -ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va o‗zgargan turlarini aniqlash; -ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi bo‗yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiqbollarini aniqlash; - mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar texnologik umumiyligi darajasini aniqlash. Brend (ingl. Brend) — soddalashtirilgan va tor ma‘noda talqin qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. «Brending» – bu mahsulotni iste‘molchilarga osonlik bilan «toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ularning aralashmasidan foydalanish. Har gal iste‘molchi supermarketga borganda yangi mahsulot sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, o‗zi, biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ‗ibot qilish ham ishlab chiqaruvchiga, ham iste‘molchiga foydali. Yaxshi brend marketing xarajatlari va sotish vaqtini kamaytiradi. «Trademark» - ma‘lum bir so‗z yoki iboraning faqat bir kompaniya tomonidan o‗z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro‗yxatdan o‗tganligi. «Service mark» — trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun qo‗llaniladi.