III-BOB. TUMANNING REKREATSION-TURISTIK IMKONIYATLARI VA RIVOJLANISHI ISTIQBOLLARI
3.1. Rekreаtsiya resurslаri va aholi salomatligini geogrаfik oʼrgаnish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmonining 1-ilovasida “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ning 3-bobida mamlakatimizda xilma-xil va yil fasllarida jozibador va raqobatbardosh turistik mahsulotlar, tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish orqali turizmning istiqbolli turlarini (ziyorat, maʼrifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, rekreatsion, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik va boshqalarni) hisobga olgan holda yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish koʻzda tutilgan [3]. Konsepsiyani amalga tatbiq etish uchun 2019-yilning 15-avgustida “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-sonli farmonida 3 ta turistik zonalarni tashkil etish va rivojlantirish, 1 turistik, 2 kichik turistik hamda 3 ta dam olish zonalari infratuzilmalarini yaxshilash koʻzda tutilgan.
Maʼlumki, rekreatsiya geografiyasi bu- hududiy rekreatsiya tizimlari va obʼektlarining vujudga kelishi, joylashishi, ularning inson sogʼligʼini tiklashi hamda hordiq chiqarish masalalarini oʼrganadi. Rekreatsiya geografiyasining oʼrganish obʼektlari hududiy rekreatsiya obʼektlar va tizimlarni joylashuvi, shakllanishi, rivojlanishi hamda geografik tarqalishi hisoblanadi. Mazkur fan kurortologiya, iqlimshunoslik, tibbiyot geografiyasi, turizm geografiyasi bilan chambarchas uzviy bogʼliq holda rivojlanadi.
Rekreatsiya geografiyasi XX asrning ikkinchi yarmidan yaʼni 60-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Mazkur fanning rivojlanishida I.P.Gerasimov, V.S.Preobrajenskiy, N.S.Mironenko, I.T Tverdoxlebov, Yu.А.Vedenin ,I.V.Zorin, B.B.Rodoman, P.G.Tsarfis, D.V.Nikolaenko va boshqalar izlanishlar olib bordi.
“Rekreatsiya” tushunchasi xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan chuqur oʼrganilgan. Rekreatsiya (tiklash, oʼrnini toʼldirish) ning qamrovi katta boʼlib, odamning mehnat qilgandan soʼng dam olishi, sogʼligʼini tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi maʼnosida ishlatiladi. Rekreatsiya (polyakcha rekreacja – dam olish, lotincha rekreatio – tiklanish), bu: 1) tanaffus, bayramlar, taʼtillar; 2) dam olish inshooti; 3) dam olish, insonning mehnat jarayonida sarflangan kuchini qayta tiklash maʼnolarini anglatadi.
D.Nikolaenko tomonidan esa rekreatsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Rekreatsiya (dam olish) - insonning doimiy yashash joyida ham, undan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin boʼlgan inson kuchlarini tiklashga qaratilgan har qanday faoliyatdir[10]”. Аyrim adabiyotlarda rekreatsiya resurslari insonning fiziologik holatini tiklash va insonlarning dam olish faoliyatini tashkil qilish uchun foydalaniladigan resurslar sifatida koʼrsatib oʼtilgan.
Tibbiy-biologik nuqtai nazardan rekreatsiya geografiyasi organizmning jismoniy va ruhiy funktsiyasini tiklashga qaratilgan fandir. Bu maqsadda funktsional kasalliklari boʼlgan kishilarning davolanishi va dam olishini toʼgʼri tashkil etishda eng zaruriy fizik-kimyoviy hamda davolovchi xususiyatlarga ega tibbiy omillardan foydalaniladi.
P.G.Tsarfis taʼkidlashicha, rekreatsiya geografiyasi, eng avvalo,: charchoqning mohiyatini ochib berish, turli kasalliklar rivojlanishining mexanizmini yechish, hududiy rekreatsion tizimlar (HRT) va insonning dam olishi hamda davolanishi uchun bunday rekreatsion tizimdan toʼgʼri foydalanish istiqbollarini ishlab chiqish masalalarini oʼrganishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan.
Rekreatsiya va turistik adabiyotla tahlili asosida tuman turizmini quyidagicha tahlil qilish maqsadga muvofiq. Pop tukmanida joylashgan eng muhitm turistik obʼektlarni alohida rayon sifatida qaraydigan boʼlsak uni Shimoli-gʻarbiy turistik-rekreatsion rayon deb qarash mumkin. U oʼz tarkibiga Chodak, Parda-Tursun, Gʻova singari hududlarni qamrab oladi.