2
Rekreatsiya va turizm geografiyasi. O‘quv qo‘llanma.
UDK. 911.338(075,8)
Mazkur qo‘llanmada rekreatsiya va turizmga oid fanlarni o’qitishda
va amaliyotda zarur bolgan tushuncha
va atamalar hamda turizm va
rekreatsiya geografiyasining hozirgi zamonda iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy va ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek o’quv
qullanmada madaniy va tarixiy rekreatsiya hamda rekreatsiyaning
rivojlanish omillari, rekreatsion
faoliyat klasifikatsiyasi, rekreatsiyani
rivojlantirishda turistik tashkilotlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari geografiya,
geografiya o‘qitish metodikasi, geografiya
va iqtisodiy bilim asoslari
yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan magistrantlar,
katta ilmiy xodim-izlanuvchi va tadqiqotchilar hamda rekreatsiya va
turizm sohasi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar:
3
Kirish
O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida
ishlab chiqarish kuchlarini, xususan
sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini jadal rivojlantirish va oqilona
hududiy tashkil etish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Mamlakat
iqtisodiy strategiyasining o‘zagini tashkil
etgan Rekreatsiya va turizm
sohasining samaradorigi va uning sifat ko‘rsatkichlarini rivojlantirish
hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish
bo‘yicha “Taraqqiyot strategiyasi” III- qismining 5 bandida “Viloyat,
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan
samarali va optimal
foydalanish: hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan
tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish
yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish” masalalari belgilab
berilgan.
Rekreatsiya va turizm sohasining
rivojlanish jarayonlari, tabiiy,
moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mamlakat ishlab
chiqarish kuchlarini, uning tarmoqlarini samarali
hududiy tashkil etish
bilan uzviy bog‘liq. Iqtisodiy dasturlar, xususan tuirizm sohasini
kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish tarmoq va hududiy
rejalashtirish tamoyillarini samarali amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi.
Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish
jarayonida maqsadli
dasturlarni ilmiy asoslash, eng muhim ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy