Mavzular:
Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi.
Fermentlar ularning tuzilishi, fermentlarning tasir etish mexanizimi.
Nuklein kislotalar ularning kimyoviy tarkibi.
Uglevodlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati.
Oqsillar kimyoviy tarkibi. Aminokislatalar ularning fizik kimyoviy xosalari. Oqsillar klasifikatsiyasi.
Oqsil biosintezi.
Uglevodlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati.
Moddalar almashinuvi.
Vitaminlar klasifikatsiyasi tuzilishi, funksiyasi.
Tirik organizmlarning hayot faoliyati bir me'yorda kechishi uchun zarur bo`lgan biologik faol moddalardan biri vitaminlardir.
Inson va hayvonlarning normal hayoti uchun ovqat tarkibida oqsillar, yog`lar, uglevodlar, mineral moddalar va suvdan tashqari yana qo`shimcha vitaminlar ham zururligi aniqlangan. Ular tirik materiyaning struktura komponentlari bo`lmay, energiya manbai sifatida ham xizmat qilmaydi. Ko`pchilik vitaminlar odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi. Ular asosan o`simlik tanasida va ichak mikroflorasi yordamida sintezlanadi. Organizm hayotiy zarur bo`lgan vitaminlarni asosan ovqat orqali qondiradi. Inson va hayvonlarning vitaminlarga bo`lgan talabi har xil bo`lib, ularning jinsiga, yoshiga, atrof-muhitning ta'siriga bog`liq. Ko`pchilik vitaminlar fermentlarning kofermentlari sifatida, muhim biokimyoviy vazifani bajaradilar. Ularning ayrimlari nerv impulslarining uzatilishida, ko`rish jarayonida va boshqa fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda muhim rol o`ynaydi. Vitaminlarning ayrimlarini, ba'zi hayvonlarga zarur emasligi ham aniqlangan. Masalan, L-askorbin kislota odam, maymun uchun zarur bo`lib, boshqa hayvonlarda u sintezlanmaydi va hayotiy faoliyati uchun zarur emas.
1911- yilda polyak olimi K.Funk guruch kepagidan ovqatga oz miqdorda qo`shib berganida, beri-beri kasalligini davolaydigan kristall, faol modda olishga muvaffaq bo`ladi. Funk shu birikmaning tarkibida amin guruhi borligini aniqlab, unga "vitamin" nomini beradi. "Vita" - lotincha hayot, "amin" - tarkibida azot tutuvchi kimyoviy guruh, binobarin, vitamin "hayot amini" ma'nosini anglatadi. Keyinchalik bu atama ozuqa moddalar tarkibida uchraydigan barcha qo`shimcha omillar uchun qo`llaniladigan bo`ldi. Tekshirishlar natijasida bu qo`shimcha omillarning ayrimlarida amin guruhi va umuman, azot tutmasligi aniqlangan bo`lsa ham, vitamin so`zi biologiya va tibbiyotda saqlanib qolgan.
Нozirgacha 30 dan ortiq vitamin aniqlangan bo`lib, ular eruvchanligiga qarab, ikki guruhga: suvda eriydigan va yog`da eriydigan vitaminlarga bo`linadi. Barcha vitaminlar lotin alifbosining bosh harflari: A, B, C, D va hokazo bilan ifodalanib, keyinchalik ularga kimyoviy nomlar ham berildi.
Dostları ilə paylaş: |