Fermentlar ularning tuzilishi, fermentlarning tasir etish mexanizimi.
Tirik hujayralarda kimyoviy jarayonlarni va modda almashinuvini boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi, asosiy omillardan eng birinchisi-fermentlardir (lotincha fermeptum-achitqi). Ular oqsil tabiatga ega bo`lib, biologik katalizatorlik vazifasini bajaradi.
XIX asrning oxirlarida fermentlarga enzim (yunoncha en-ichki, zume-achitqi) deb ham nom berilgan. Biologik katalizatorlarga berilgan ikki nom achish jarayonini o`rganishdan kelib chiqqan.
Organizmda sodir bo`ladigan modda almashinuvi va bu jarayonning tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo`lishi, oddiy sharoitda, yengil holatda amalga oshishi fermentlarning bevosita faoliyatidandir. Tirik hujayrada sodir bo`ladigan reaksiyalarni laboratoriya sharoitida amalga oshishi kerak bo`lsa, reaksiyaga kirishayotgan substratni yoqish, kuchli bosim yoki konsentrlangan ishqor va kislotalar bilan ta'sirlantirilsa ko`zlangan maqsadga erishiladi. Organizmda esa, murakkab reaksiyalar katalizator-fermentlar yordamida osongina amalga oshadi. .
Dostları ilə paylaş: |